K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə50/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71
УМК 2023 (2)

Amaliy mashg’ulot-9.
Koksidiyalar turkumi. Vakillar: Theileria annulata va Piroplasma bigeminum.
Kerakli jihozlar: Koksidiyali har xil preparatlar, quyon fekali, osh tuzi (0,75%) eritmasi, tomizgichlar, buyum va qoplag’ich oynalar, immersion ob'ektivli mikroskoplar, ko’rgazmali vositalar.

Teyleridalar oilasining vakillaridan-Theileria annulata dastlab qoramollarning limfa hujayralarida, keyinchalik esa eritrositlarida parazitlik qiladi va teylerioz kasalligini qo’zg’atadi.
Teylerioz uy va yavvoyi kavsh qaytaruvchi hayvonlarning obligat transmissiv kasalligi hisoblanadi va chorvachilik xo’jaliklariga katta ziyon yetkazadi.
Teylerioz ham xavfli, o’limga olib keladigan kasalliklardan hisoblanadi. Kasallangan hayvonlarning 40-80 % o’ladi. Bu kasallik issiq iqlimli mamlakatlarda, shu jumladan, O’zbekistonda ham chorva mollariga, birinchi navbatda, qoramollarga katta zarar yetkazadi. Teyleriya ko’pga bo’linib yani shizogoniya usulida ko’payadi, natijada shizontlar-anor donachalari hosil bo’ladi.
Teylerioz qo’zg’atuvchisining shakli har xil eritrotsitlar ichida tayoqchasimon, halqasimon, oval, yumaloq, noksimon, vergulsimon, nuqtasimon (anor donagiga o’xshash) bo’ladi. Har bir eritrotsit ichida 1dan 7 gacha parazit bo’ladi.
Teyleriyalar xo’jayin almashish yo’li bilan rivojlanib, kanalar organizmida ko’plab bo’linish ( gametogoniya) yo’li bilan ko’payadi. Teleriya kanalardan issiq qonli hayvonlar organizmiga tushganda, dastlab limfa tizimida shizogoniya yo’li bilan ko’payadi, anor donachalarini hosil qiladi, keyin esa eritrositlarga o’tib oladi. Kasallik qo’zg’atuvchisini asosan voyaga yetgan yaylov kanalari tarqatadi. Tabiiy muhitda eng ko’p kasallangan hayvonlar asosan iyun, iyul va avgust oylariga to’g’ri keladi. Yosh mollarda teylerioz og’iz kechadi.
Qoramollar teylerioz bilan ko’proq molxonalarda kasallanadi. Kasallangan qoramollarda inkubatsiya davri 6-25 kunga, odatda, 9-12 kunga to’g’ri keladi. Kasallangan hayvonlarda dastlab limfa yo’llari kattalashadi va harorat ko’tarila boshlaydi, ishtahasi pasayadi, mahsuldorligi kamaya boshlaydi. Qon aralash ichi ketadi. Siydik ajralishi qiyinlashadi. MDH da, shu jumladan, O’zbekiston teyleriyalarning 7 ta turi uchraydi. Eng xavflisi Theileria annulata hisoblanadi. Bu parazit Markaziy Osiyo Respublikasida ko’p uchraydi. Tarqatuvchisi Hyalomma avlodiga mansub kanalar hisoblanadi. Kasallangan hayvonlarni ulardan qon surtmasi tayyorlab, mikroskop ostida ko’rish orqali aniqlanadi.
Piroplasma bigeminum kasallangan hayvonlar eritrositlarida ovalsimon, amyobasimon, halqasimon va juft noksimon shakldagi piroplazmalar uchraydi. Parazitlar eritrotsitlarning markazida joylashgan. Noksimon shakldagilari yirik bo’lib eritrotsitlarni to’liq qoplab olgan bo’ladi.
Piroplazmalarning kattaligi 2,2 mkm dan 4,5 mkm gacha, noksimonlari esa
6 mkm gacha boradi.
Piroplazmalar qoramollar organizmida to’g’ridan to’g’ri ikkiga bo’linib, 2 ta qiz hujayralarni hosil qiladi. Yaylov kanalari kasllangan qoramollarni qonini so’raganda, parazit qon orqali kanalar ichagiga tushadi va shizogoniya usulida ko’payadi. Keyinchalik parazitlar kanalarning gemolimfasiga va gemolimfa orqali urg’ochi kanalarning jinsiy organlariga boradi. Kanalar ko’paya boshlaganda parazit kanalar tuxumi orqali kelgusi avlodiga ham o’tadi. Kanalar tuxumidan bahorda piroplazma bilan kasallangan lichinkalar chiqib qoramollarga hujum qiladi va ularni kasallantiradi.
O’zbekistonda qoramollarga piroplazmozni asosan bir xo’jayinli kanalardan-Boophilus calcaratus va Ripicephalus bursa yuqtiradi. Qoramollar piroplazmoz bilan asosan tabiiy sharoitda kanalar ko’p bo’lgan yaylovlarda zararlanadi. Shuningdek piroplazmalardan- Piroplasma caballi otlarda, Piriplasma ovis mayda shoxli mollarda parazitlik qiladi.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin