K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə32/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71
УМК 2023 (2)

3. Piroplazmidlar (Piroplasmida) turkumi. Bu turkumga sutemizuvchilar qoni eritrotsitlarida parazitlik qiluvchi juda kichik organizmlar kiradi. Ular hayot siklining bir qismi sutemizuvchilar organizmida, ikkinchi qismi qon so'ruvchi yaylov kanalari (Ixodidae oilasi) organizmida sodir bo'ladi. Bu turkum babezidlar (Babesidae) va teyleridlar (Theileriidae) oilalarini o'z ichiga oladi.
Babezidlar oilasiga mansub bo'lgan babeziya (Babesia), piroplazma (Piroplasma) va boshqa avlodlar vakillari eritrotsitlar ichida 2 yoki 4 tamerozoitlarga bo'linadi. Teyleridlar oilasiga mansub bo'lgan teyleriya (Theileria) urug‘i turlari esa dastlab limfatik tugunlar va ayrim qon hujayralari (limfotsitlar va boshqalar)da parazitlik qilib, shizogoniya yo‘li bilan ko'payadi. Shundan so'ng eritrotsitlarga o'tib oladi va yana bo'linib ko'payadi. Piroplazmidlar ko'payishi vafaoliyati eritrotsitlarning yemirilishiga sabab bo'ladi, lekin melanin hosil bo'lmaydi. Parazit hujayra ichida jinssiz yo'l bilan ko'payadi. Teyleriya parazitlarini ham kanalar yuqtiradi.
Ayrim hollarda teylerioz bilan kasallangan hayvonlarning 60-80 foizi nobud
bo'ladi. Kasal mollarning suti ichishga yaramaydi.


Nazorat uchun savollar

  1. Teylerioz bilan kasallangan hayvonlarning foizi nobud bo'ladi?

  2. Odam organizmida bezgak kasalini nechta turi parazitlik qiladi?



11-ma’ruza. Knidosporidiyalar tipining umumiy tavsifi


Reja:

  1. Mikrosporidiyalarning tuzilishi va ko’payishi

  2. Mikrosporidiyalarning ayrim vakillarining tuzilishi.

Mikrosporidiyalar tipi vakillari hujayra ichida parazitlik qiladi, asosan har xil bo’g’imoyoqlilarni, ba’zan umurtqali hayvonlar (asosan baliqlar)ni zararlaydi. Bu tipga 900 ga yaqin tur kiradi. Sporasida otiluvchi ipi bo’lishi bilan ular qisman miksosporalilarga o’xshab ketadi. Lekin miksosporidiyalar sporasi yuqorida qayd qilinganidek ko’p hujayrali, mikrosporidiyalarning sporasi esa bir hujayrali bo’ladi. Mikrosporidiyalar sporasi juda kichik (2-10 mkm) bo’lib, qattiq po’st bilan qoplangan. Spora ichida spiral o’ralgan ipcha va ikki yadroli murtak (sporoplazma) bor. Bu tipga 2 ta sinf va 70 dan ortiq urug’ kiradi. Mikrosporidiyalarning hayot sikli ham miksosporidiyalarnikiga o’xshash bo’ladi. Ular sporasining katta qismini bitta otuvchi kapsula va qalin qobiq egallagan. Ikki yadroli amyobasimon murtak juda kichik bo'lib, sodda tuzilgan. Spora hayvon hazm organiga tushganida ancha uzun otuvchi tola ajratib chiqaradi va qobiqdan ajralgan amyobasimon tanacha hay- vonning to’qima va hujayralariga kirib rivojlanadi, ya’ni ular jinssiz yoki bilan ko’payib, sporalar hosil qiladi. Ichak bo’shlig’iga tushgan sporalar tashqariga chiqarib yuboriladi.


Mikrosporidiyalarning ayrim vakillari, masalan, Nosema bombycis tut ipak qurtining turli ichak to’qimalarida parazitlik qilib, ularda xavfli qoradog’, qorason (pebrina) kasalligini vujudga keltiradi. Tut ipak qurti nozemasi (Nosema bombycus) ifloslangan tut bargi orqali ipak qurtiga yuqadi. Ichak epiteliysi orqali qonga o’tgan parazit qurtning hamma organlarini zararlaydi. Kasallangan qurtlarning terisi qoramtir dog’lar bilan qoplanadi. Bunday qurtlar axlati orqali tashqi muhitga juda ko’p sporalar chiqadi va boshqa qurtlarni ham zararlaydi. Kasallangan qurtlar ko’pincha halok bo’ladi. Kuchsiz zararlangan qurtlar halok bo’lmasdan, pilla ichida g’umbakka aylanadi. G’umbakdan nozema bilan zararlangan kapalak chiqadi. Kapalak esa zararlangan tuxum qo’yadi. Shunday qilib, kasallik nasldan-naslga o’tadi. Ipak qurti kasalligining qo’zg’atuvchisi - nozemaning biologiyasini 1849-1858-yillarda fransiyalik olim L. Paster o’rgangan. Tut ipak qurti nozemasi ifloslangan tut bargi orqali ipak qurtiga o’tadi. Ichak epiteliysi orqali qonga o’tgan parazit qurtning barcha organlarini zararlaydi. L. Paster parazitning nasldan-naslga o’tishini aniqlab, kasallangan tuxumlardan sog’ tuxumlari ajratib olish usulini ishlab chiqqan. Bu usuldan hozirgacha gren zavodlarida foydalaniladi. Bu kasalning nomini nozematoz deyiladi. Qora dog’ (pebrina) kasalligiga qarshi kurashish uchun, avvalo, ipak qurti urug’ini ochirishga qo’yishdan oldin uni yaxshilab tekshirish kerak. Urug’ zavodlarida faqat sog’lom tut ipak qurti kapalaklarini ajratib, ulardan urug’ olish lozim. Asalarilarning o’rta ichagi epiteliy hujayralari, ba’zan malpigi naychalari, gemolimfasi, tuxumdonlari va so’lak bezlarida asalari nozemasi (Nosema apis) parazitlik qiladi. Oval shakldagi parazitning uzunligi 5-6 mkm bo’lib, ichak hujayralarining yemirilishiga sabab bo’ladi. Zararlangan arilar ichburug’ kasalligiga yo’liqib; kuchsizlanadi; yaxshi ucholmaydi va ko’pchiligi halok bo’ladi. Shuning uchun bu kasallikka qarshi kurashish choralaridan biri kasallangan asalarilar oilalari dezinfeksiya qilinishi kerak.
Kuchli zararlangan oilalarni qirib tashlashga to’g’ri keladi. Mikrosporidiyalarning ba’zi bir turlari MDH mamlakatlarining shimoliy hududlarida ko’llarda yashovchi ayrim tur baliqlarning muskullari va biriktiruvchi to’qimalarida parazitlik qiladi va baliqchilik xo’jaligiga katta zarar yetkazadi. Ayrim turlari hatto ovlanadigan va qo’lda boqiladigan mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va mo’ynali hayvonlarda ham parazitlik qilib, katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Shimoliy daryolarda yashaydigan baliqlarning ba’zi turlari mikrosporidiyalar bilan kasallanishi natijasida ko’plab (25-50%) halok bo’lishi aniqlangan. Ular odamni ham zararlashi va hatto o’limga olib kelishi mumkinligi aniqlangan. Asalari va tut ipak qurtida mikrosporidoz kasalligiga qarshi kurashish asosan profilaktika tadbirlaridan iborat. Zararlangan ari oilalari dezinfeksiya qilinadi. Kuchli zararlangan oilalarni qirib tashlashga to’g’ri keladi. Tut ipak qurtida pebrina kasalligini oldini olish maqsadida kapalak tuxumlari tekshirishdan o’tkazib turiladi. Parazit sporasi topilgan partiyalardagi tuxumlar kuydirib tashlanadi. Mikrosporidiyalar orasida har xil parazit chuvalchanglar va bo’g’imoyoqlilarda parazitlik qilib, ularni yoppasiga qirilib ketishiga sabab bo’luvchi 300 dan ortiq turi aniqlangan. Shuning uchun oxirgi yillarda mikrosporidiyalar yordamida zararkunanda va parazit hayvonlarga qarshi biologik kurash choralarini ishlab chiqish borasida ham tadqiqot ishlari olib borilmoqda.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin