K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə40/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71
УМК 2023 (2)

Nazorat uchun savollar

  1. Bir hujayralilar orasida qaysi sinf vakillari hayvonot dunyosining bundan keyingi taraqqiyotida juda muhim o'rin tutadi?

  2. Sporalilar tipining kelib chiqishi qaysi sinf bilan bog'langan?


  1. AMALIY MASHGʻULOT MATERIALLARI



Amaliy mashg’ulot-1.
Protozoologiya fanining o’rganish usullari: Mikroskopning tuzilishi va u bilan ishlash qoidalari.


Kerakli jihozlar: MBP-1, MBH-3 biologik mikroskoplar, mikroskoplarning tuzilishini aks ettiruvchi ko’rgazmali vositalar, buyum va qoplag’ich oynalar, tomizgichlar (pipetkalar), suv solingan stakanchalar, paxta, salfetkalar, qo’l lupalari, binokulyar va boshqalar.


Ishning mazmuni. Oddiy ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan ob'ektlar va organizmlaming juda mayda qismlarini o’rganish uchun biologiya fanlari, xususan, zoologiya fanida ham mikroskopdan keng foydalaniladi.
Zoologiyadan amaliy ishlarni boshlashdan oldin, avvalo optik asboblarning tuzilishini o’rganish lozim. Mikroskop optik, yoritgich va mexanik qismlardan iborat bo’lib, uning optik qismiga; okulyar, ob'ektivlar va ularni birlashtiruvchi tubus kiradi (1-rasm).
Optik qismlar tekshirilayotgan ob'ektni katta qilib ko’rish imkoniyatini beradi. Mikroskopni yoruglik beradigan qismi yoruglik nurlarini ko’radigan ob'ektdan o’tkazib, optikali sistemalarga ko’chiradi, shu bilan birga yoruglik quwatini tartibga soladi. Mikroskopning mexanik qismiga: shtativ, buyum stolchasi, taglik, revolver, makrovint, mikrovint, kondensor vinti kiradi.
Okulyar linzalardan iborat bolib, tubusning yuqori tomoniga kiygizilib qo’yiladi. Uning katta qilib ko’rsatish darajasi (7x, l0x, 15x, 20x) ustiga yozib qo’yilgan. Raqam qancha katta bolsa, ko’rsatish imkoniyati ham shuncha yuqori boladi.
Mikroskopning ob'ektivi linzalar sistemasidan iborat bolib, metall naychada joylashtirilgan. Mikroskopda 3 ta ob'ektiv mavjud. Ular bir-biridan ma'lum masofada revolverga o'matilgan. Har bir ob'ektivning katta qilib ko’rsatish darajasi ob'ektivda (8x, 40x, 90x) bilan ko’rsatilgan. Raqami 90x bo’lgan ob'ektiv immersion ob'ektiv deb ataladi. U bilan ishlayotganda tekshiriladigan preparatning ustiga bir tomchi kedr moyi tomizilib, ob'ektivning pastki uchi shu moyga botiriladi. Natijada, tekshirilayotgan ob'ekt bilan linza orasidagi havo o’rnida moy qatlami hosil bo’ladi.


Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin