Nazorat uchun savollar 1.Kam kipriklilar (Oligotrixa) turkumida kipriklar faqat qismda bo’ladi.
2. Kiprikli infuzoriyalar sinfi qanday kenja sinflarga bo’linadi.
Bir hujayrali hayvonlar haqiqiy - ixtisoslashgan organoidlar va yadroga ega bo'lgan eukariot (haqiqiy yadroli) organizmlar. Bu jihatdan ular prokariotlardan farq qiladi. Shuning uchun ularni hujayraning paydo bo'lishiga qadar uzoq davom etgan organik olam evolyutsiyasi natijasida kelib chiqqan, deyish lozim.
Hayvonot dunyosi evolyutsiyasida bir hujayrali hayvonlar eng avval paydo bo'lgan tuban tuzilgan hayvonlar hisoblanadi. Evolyutsiya jarayonida bu hayvonlarning tuzilishi tobora murakkablasha borgan. Xilma-xil yashash muhitiga moslanish natijasida turlar soni ham orta borgan. Bir hujayralilarning (masalan, infuzoriyalarning) progressiv rivojlanishi hozir ham davom etmoqda.
Bir hujayralilar kenja olamiga mansub bolgan tiplar o‘rtasidagi filogenetik munosabatlar hamda ular orasida eng qadimgi tuban tuzilishga ega boigan vakillari to‘g‘risida turli fikrlar mavjud. Infuzoriyalar bir hujayralilar orasida eng murakkab tuzilgan boisa, sporalilar, miksosporidiyalar va mikrosporidiyalar parazit hayot kechiradi. Shuning uchun bu to‘rt tipga mansub bolgan organizmlarni eng qadimiy hayvonlarga kiritish mumkin emas.
Ayrim zoologlarning fikricha sarkodalilar, xususan chig'anoqsiz amyobalar
eng qadimgi hayvonlar hisoblanadi. Chunki bir qancha organoidlar (og‘iz, poroshitsa, pellikula) ning rivojlanmaganligi, tana shaklining doimiy bo’lmasligi, harakatlanish organoidining ixtisoslashmagan soxta oyoqlardan iborat ekanligi ularni morfologik jihatdan eng sodda hayvonlar ekanligini ko‘rsatadi. Lekin
1941 yilda Pasher dastlabki organizmlar atrof muhitning anorganik moddalari bilan oziqlangan bo’lishi kerak, shuning uchun dastlabki organizmlar o'simliklarga o‘xshash avtotrof oziqlangan, degan fikrni o ‘rtaga tashlaydi. Keyinchalik bu fikrni boshqa bir qancha zoologlar ham quvvatladi. Ular fikricha ko‘pchilik sarkodalilar о‘z taraqqiyot sikli davomida xivchinli stadiyalarni o‘tadi. Masalan, foraminiferalar va radiolariyalar xivchinli gametalar hosil qiladi. Buni sarkodalilarning qadimiy ajdodlari tuzilish belgilarining takrorlanishi deb tushuntiriladi.
Ayrim aralash oziqlanadigan miksotrof xivchinlilarning avtotrof (fotosintez) oziqlanishdan osonlikcha geterotrof (saprofit) oziqlanishga o‘tishini yuqoridagi fikrning isboti tariqasida ko'rsatiladi. Xivchinlilarning xivchini prokariot organizmlar (bakteriyalar) ning xivchini bilan tenglashtiriladi. Keltirilgan dalillarga asoslanib, sarkodalilar eng qadimgi geterotrof xivchinlilardan kelib chiqqan, xivchinlilar barcha sodda hayvonlar, shuning bilan birga hayvonot dunyosining ajdodi hisoblanishi zarur bo’ladi. Lekin electron mikroskopda olib borilgan tekshirishlar xivchinlilarning xivchini ancha murakkab tuzilganligi, ular morfologik va fiziologik xususiyatlariga ko‘ra prokariot bakteriyalar xivchinidan katta farq qilishini ko‘rsatdi. Yuqorida keltirilgan dalillar hozirgi xivchinlilar yoki sarkodalilarni barcha soda hayvonlarning dastlabki ajdodlari emasligini ko'rsatadi. A. I. Oparinning yerda hayotnnng paydo bo’lishi haqidagi gipotezasida organik moddalar tirik organizmlar paydo bo'lishidan oldin nobiologik yo‘l bilan sintez bo‘lganligi ta’kidlangan. Dastlabki organizmlar esa atrof-muhitdagi organik moddalarni diffuziya yo‘li bilan qabul qilib oziqlangan bo‘lishi kerak. Shunga asosan xivchinlilar va sarkodalilar juda sodda tuzilgan, hozirgacha saqlanib qolmagan eng tuban tuzilishga ega bo'lgan geterotrof eukariot organizmlardan kelib chiqqan deyish to’g’riroq bo’lar edi.
Xivchinlilar bir hujayrali hayvonlarning bundan keyingi evolyutsiyasida katta o ‘rin tutgan. Infuzoriyalar kipriklarining xivchinlarga о‘xshash tuzilganligi ularni xivchinlilardan kelib chiqqanligini ko‘rsatadi. Kiprikli infuzoriyalar xivchinlilar taraqqiyotining dastlabki davrlaridanoq ajralib chiqqan; bundan keyingi taraqqiyot ular morfologik tuzilishining murakkablashuvi, harakatlanish organoidlarining ko‘payishi (polimerizatsiya), yadro apparatining murakkab qayta qurilishi (yadro dualizmi va makronukleusning poliploidligi) orqali borgan. So'ruvchi infuzoriyalar kiprikli infuzoriyalardan kelib chiqqan bo‘lib, keyinchalik o‘ziga xos oziqlanish ta’sirida kipriklarini yo ‘qotgan.
Sporalilar tipining kelib chiqishi ham xivchinlilar bilan bog'langan. Koksidiyalar va qon sporalilari gametalarining haqiqiy xivchinlilarga o'xshashligi buni isbot qiladi. Bundan tashqari xivchinlilar va sporalilar hayot siklida zigota reduksion bo'linish (meyoz) sodir bo'ladigan, hayotining asosiy qismini gaploid xromosomalik holda o'tkazadigan hayvonlar hisoblanadi. Miksosporidiyalar va mikrosporidiyalar kelib chiqishi xivchinlilar bilan emas, balki sarkodalilar bilan bog'langan. Chunki ularning hayot siklida xivchinli stadiyasi bo'lmaydi; plazmodiy deb ataladigan murtagi esa amyobalarga o'xshash tuzilgan bo'ladi.
Bir hujayralilar orasida xivchinlilar sinfi hayvonot dunyosining bundan keyingi taraqqiyotida juda muhim o'rin tutgan. Xivchinlilarning qadimgi koloniyali formalaridan ko'p hujayrali hayvonlar kelib chiqqan. Xivchinlilar sinfi filogenetik jihatdan tuban suv o'tlari bilan ham bog'langan. Yashil xivchinlilardan fitomonadlar, qalqondor xivchinlilar, evglenasimonlar va xrizomonadalarni ayni bir vaqtning o'zida bir hujayrali hayvonlarga hamda tuban suv o'tlariga kiritish mumkin. O'simliklar evolyutsiyasi jarayonida shularga o'xshash bir hujayrali suv o'tlaridan boshqa bir muncha murakkab tuzilgan suv о 'tlari kelib chiqqan. Ko 'p hujayrali hayvonlar esa geterotrof oziqlanadigan kolonial xivchinlilardan kelib chiqqan, deyish mumkin.