6-rasm. Volvoks-Volvox aureus ona koloniyasi ichidagi yosh koloniyalar.
Amaliy mashg’ulot-6. Kinetoplastida turkumi. Vakillar: tripanosoma va leyshmaniya. Tuzilishi va ko’payishi. Kerakli jihozlar: Tripanosomalar bo’yicha tayyorlangan mikropreparatlar, rangli va oq-qora diapozitivlar, diaproektor, mikroskop, tripanosomalarning tuzilishi va rivojlanish sikli aks ettirilgan rangli jadvallar. Parazit kinetoplastidlar orasida odam va umurtqali hayvonlar qonida parazit yashovchi Tripanosomalar (Trypanosoma) urugʻi vakillari ayniqsa, katta ahamiyatga ega (7-rasm). Ularning tasmaga oʻxshash yassi tanasi 20-70 mkm keladi. Oldingi tomonida joylashgan bitta xivchini tanasinnng yonidan orqaga qarab yoʻnalgan. Xivchin yupqa toʻlqinlanuvchi membrana yordamida ektoplazmaga tutashgan. Bazal tanachasi (kinetoplast) endoplazmada xivchinning asosida joylashgan. Uyqu kasali Tripanosomasi (Trypanosoma rhodesiense) Afrikaning tropik qismida yashovchi xalqlarda ogʻir uyqu kasalini keltirib chiqaradi. Tripanosomaning plazmasida va limfa suyuqligida yashaydi. Keyinchalik orqa miya suyuqligiga oʻtib oladi. Kasallanish alomatlari isitmalashdan boshlanadi va sekin asta organizm ogʻir xastalikka chalinadi. Parazit xivchinlilar kasal kishi koʻp uxlaydi va juda ozib ketadi, davolash choralari koʻrilmaganda halok boʻladi.
7-rasm. Trypanosoma rhodesiense ning tuzilishi.
1.Bleforoplast, 2. bazal tanacha, 3.orqaga yo’nalgan xivchin, 4. yadrocha, 5.yadro,
6. to’lqinlanuvchi membrana, 7. xivchin, 8. pellide, 9. ektoplast, 10. endoplast,
11. zahira ovqat zarrachalari.
Uyqu kasali tripanosomasi tabiatda yovvoyi hayvonlardan antilopalar qonida uchraydi. Tripanosomani se-se chivinlari (Glossina morsitans, G.palpalis) antilopalardan odamlarga yuqtirishi aniqlangan. Chivinlar ichagida Tripanosoma boʻyiga boʻlinib koʻpayadi va tana suyuqligi orqali avval chivinning soʻlak bezlariga, soʻngra uning xartumiga oʻtib oladi. Pashsha soʻlagidan qonga oʻtgan parazitlar qon plazmasida yana jinssiz boʻlinib koʻpayadi. Parazit hayvonlarga ziyon keltirmaydi. Antilopalar kasallikning tabiiy manbasi, se-se chivinlari esa kasallik qoʻzgʻatuvchining tarqatuvchisi hisoblanadi.
Tripanosomalarning bir qancha turlari har xil uy hayvonlarida ogʻir kasalliklar keltirib chiqaradi. Janubiy Osiyo mamlakatlarida qora mollarda parazitlik qiluvchi Trypanosoma brusei soʻnalar yordamida tarqaladi. Qozogʻiston, Turkmaniston, Oʻzbekistonda va Ural oblasti choʻllarida tuyalar, otlar va eshaklarda og’ir “suv og’rigi”kasalini Trypanosoma evansi keltirib chiqaradi. Bu tripanosoma ham soʻnalar orqali tarqaladi. Otlarda kuyikish kasalini qoʻzgʻatuvchi Trypanosoma equiperdum bir hayvondan ikkinchisiga jinsiy aloqa orqali oʻtadi.
Tripanosomalarning ayrim turlari oʻsimlik toʻqimalarida yashashga moslashgan. Masalan, leptomonas (Leptomonas davidi) Janubiy Amerikada kofe daraxti bargining sargʻayib toʻkilishiga, baʼzan qurib qolishiga sabab boʻladi.
Leyshmaniyalar (Leishmania) ham Tripanosomalarga birmuncha oʻxshash tuzilgan lekin odam terisida va ichki organlarida parazitlik qiladi. Ular hujayra ichida parazitlik qilganidan xivchin hosil qilmaydi, harakatsiz boʻladi. Uzunligi 4-7 mkm boʻlgan bu parazitlarning ovalsimon hujayrasida bitta yadrosi va kinetoplasti bor. Leyshmaniyalarning ikki turi odamda parazitlik qilishi maʼlum. Tropik leyshmaniya (L.tropica) yuz, qoʻl va oyoqlar terisida parazitlik qilib, surunkali pendinka yarasini paydo qiladi. Bu yara Markaziy Osiyo xalqlari oʻrtasida yomon yara yoki pashshaxoʻrda nomi bilan ham maʼlum. Bunda dastlab terida kichikroq shish paydo boʻladi, keyinroq shish yiriklashib surunkali ochiq yaraga aylanadi. Yara 1,5-3 yildan keyin tuzalib ketadi, lekin uning oʻrni chandiq boʻlib qoladi. Tabiatda leyshmaniya paraziti kemiruvchilar (yumronqoziq, kalamushlar) va itlarda parazitlik qiladi. Bu hayvonlar leyshmaniya parazitining rezervuari hisoblanadi. Kemiruvchilar inida yashaydigan qon soʻruvchi iskabtoparlar (Plilebotomus pappatasii) hayvonlar qonini soʻrganida leyshmaniyani oʻziga yuqtiradi. iskabtoparlar ichagida leyshmaniya boʻlinish orqali tez koʻpayadi, uning xivchini paydo boʻladi va faol harakat qiladi. Iskabtoparlar leyshmaniyani odamlarga yuqtiradi. Leyshmanioz Shimoliy Afrika, Janubiy Yevropa va Janubiy Gʻapbiy Osiyoning birqancha mamlakatlarida tarqalgan. Kasallik Oʻzbekistonning janubiy rayonlarida tarqalgan boʻlib, uning tabiiy manbai asosan choʻl mintaqasidagi yumronqoziqlar ini bilan bogʻlangan.