K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor


- rasm. Yashil evglena (Euglena viridis)



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə46/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71
УМК 2023 (2)

3- rasm. Yashil evglena (Euglena viridis)
1-xivchin; 2-xivchin tubidagi rezuvar; 3-stigma; 4-qisqaruvchi vakuola;
5-xromatoforlar; 6-yadro.
Evglenalar jinssiz, boʻyiga ikkiga boʻlinib koʻpayadi. Noqulay sharoitda u yumoloqlanib o’z atrofida zich pardaga oʻralib sista hosil qiladi. Baʼzan sista ichida boʻlinish yoʻli bilan ham koʻpayishi mumkin.


Amaliy mashg’ulot-5.
Kolonial xivchinlilar. Vakil: Volvox sp. (volvoks). Tuzilishi va ko’payishi.
Kerakli jihozlar: ariq, hovuz suvlaridan olingan yoki laboratoriya sharoitida maxsus urchitilgan evglenalar kulturasi, mikroskoplar, buyum va qoplagʻich oynalar, tomizgichlar, qirqilgan filtr qogʻozi boʻlakchalari, yod eritmasi, volvoks, volvokslarning tayyor mikropreparatlari va ularning tuzilishini aks yettiruvchi jadvallar (volvoksning 4-5% li formalinda fiksatsiya qilingan materialdan foydalanish mumkin).
Volvoks kolonial xivchinlilar ichida eng yirigi (2 mm gacha) boʻlib, uni hovuzlarda, koʻllarda va baʼzan sholipoyalarda uchratish mumkin. Volvoksning tanasi sharsimon, koloniya holda yashovchi bir hujayrali xivchinlilardandir (4-rasm).



4-rasm. Volvoks-Eudorina yelegans ning sharsimon koloniyasi.
1-3-hujayradan iborat koloniya; 2-jinsiz koʻpayish.

Koloniyadagi bir necha ming individlar (hujayralar) sitoplazmatik koʻprikcha orqali bir-birlari bilan tutashgan. Har qaysi hujayraning tuzilishi xuddi evglenaning hujayra tuzilishiga oʻxshaydi, yaʼni har bir individning ikkitadan xivchini, yadrosi, xromatoforalari, qisqaruvchi vakuolasi va “koʻzchasi” (stigma) boʻladi (5-rasm).





5-rasm. Volvoks aureus koloniyasining bir qismi.

1-koloniyaning vegetativ hujayralari; 2-sitoplazmatik koʻprikcha; 3-koloniyadagi eng yirik hujayralar boʻlib, ularning taraqqiy etishi natijasida yangi qiz koloniyalar hosil boʻladi.


Shuning uchun volvoks tarkibidagi individlarning har birini mustaqil bir hujayrali organizmlar deb qarash lozim. Lekin bu individlarning koʻpchiligi boʻlinib koʻpayish xususiyatiga ega emas, ularni volvoks tarkibidagi somatik hujayralar deb ataydilar. Volvokslarda koʻpayish xususiyatiga ega boʻlgan individlar juda oz, atigi 4-10 boʻlishi mumkin. Bular partenogonidiyalar yoki “koʻpayuvchi vegetativ hujayralar”dir. Ularda hech qanday organoidlar boʻlmaydi va faqat koʻpayish uchun xizmat qiladi. Koloniyadagi ana shu individlar (partenogoniyalar) ning bir nechtaga boʻlinishi natijasida yangi yosh koloniya hosil boʻladi (6-rasm). Shuning uchun volvokslar ichida (“ona” tarkibida) bir necha yosh (“qiz”) koloniyachalar boʻladi.






Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin