3. Doira kiprikli infuzoriyalar (Peritricha) kenja sinfi vakillarining ko‘pchiligi o ‘troq, koloniya bo‘lib yashaydi. Faqat ayrim turlari yakka yashaydi. Uzun poyachasi yordamida o‘simliklar, qisqichbaqasimonlarning tanasi, mollyuskalarning chig‘anog‘iga yopishib oladi. Ko‘pchilik turlarining poyachasi qisqarish xususiyatiga ega. Ayrim vakillarining poyachasi bo'lmaydi. Kipriklar parallel uch qator bo'lib og'iz atrofini o'rab turadi. Ko'pchilik turlari bakteriyalar bilan oziqlanib, suv havzalarining biologik tozalanishida katta ahamiyatga ega. Alohida yashovchi turlari 100 mkm gacha, kolonial vakillari 1 sm gacha kattalikda bo'ladi. Ikkita turkumga: o‘troq yashovchilar (Sessilia) va daydib yuruvchilar (Mobilia)ga bo 'lmadi. Birinchi turkumga tipik misol tariqasida chuchuk suvlarda ko'p uchraydigan suvoykalar (Vorticella)ni ko'rsatish mumkin.
Suvoykalar yakka yashaydi, tanasi qo'ng‘iroqsimon gulaga o'xshash bo'lib, uzun qisqaruvchi ipcha yordamida biron substratga yopishib turadi. Kiprikli apparati og‘iz diski chetida uch qator hilpirovchi membranalarni hosil qiladi. Bu diskning markazidagi og‘izoldi chuqurchasida og'iz teshigi bo’ladi. Suvoyka erkin suzib yuruvchi stadiya hosil qilish orqali suv havzasida tarqaladi. Bu davrda uning og‘iz diski membranalari tortilib, tanasining keyingi uchida bir qator kipriklar hosil bo’ladi. Suvoyka poyachasini tashlab, daydi (erkin suzib yuruvchi) stadiyasini hosil qiladi.
Koloniya hosil qiluvchi Zoothamnium arbuscula bitta umumiy poyada joylashgan 8-9 ta shoxchalardan iborat. Har bir shoxchada o‘nlab mayda individlar va 1 -2 ta yirik individlar joylashadi. Yirik individlar kipriklar hosil qilib, umumiy poyadan ajralib chiqadi va suzib ketadi. Ulardan yangi koloniya rivojlanib chiqadi. Shunday qilib, koloniya individlari xilma-xillik, ya’ni polimorfizm xususiyatiga ega.
Daydib yuruvchi (Mobilia) turkumi vakillarida og'izoldi membranalari bilan birga tanasining keyingi qismida ham kipriklar va yopishuvchi disk bo’ladi. Ularga misol qilib, ilgari qayd qilib о‘tilgan baliqlar paraziti trixodina (Trichodina)m ko'rsatish mumkin.