lik) deyiladi. Induktiv qarshilik ham Ω (Om) larda o‘lchanadi.
Bundan g‘altakdan o‘tuvchi tok kuchi g‘altakning induktivligiga va
o‘zgaruvchan tok chastotasiga bog‘liq bo‘lishi kelib chiqadi. induktivlik va
59
chastota qancha katta bo‘lsa, zanjir qarshiligi shuncha katta bo‘ladi va mos
ravishda o‘tayotgan tok kuchi kichik bo‘ladi.
Masala yechish namunasi
Chastotasi 10 khz bo‘lgan o‘zgaruvchan tok zanjiriga induktivligi 5 h
bo‘lgan g‘altak ulangan. Zanjirning induktiv qarshiligi nimaga teng?
B e r i l g a n:
f o r m u l a s i:
Y e c h i l i s h i:
v = 10 kHz = 10000 Hz
L = 5 H
X
l
= ω L = 2π vL X
L
= 2 · 3,14 · 1000 · 5(Ω) =
= 6,28 · 50000 (Ω) = 314000 Ω = 314 kΩ.
Javobi: 314 kΩ.
Topish kerak:
X
l
= ?
1. O‘zgaruvchan tok zanjirida induktivlik tok kuchiga qanday ta’sir
ko‘r satadi?
2. O‘zgaruvchan tok zanjiriga faqat g‘altak ulangan holda o‘zgaruv chan
tok kuchi va kuchlanishning orasidagi fazalar farqi nimaga teng?
3. Induktiv qarshilik qanday kattaliklarga bog‘liq?
4. Induktiv qarshilikdan nima maqsadda foydalansa bo‘ladi?
5. X
L
= ω L ifodadan qarshilik birligi Ω ni keltirib chiqaring.
17-
mavzu. aktiv qarshilik, induktiv g‘altak
va kondEnsator kEtMa-kEt ulangan
o‘Zgaruvchan tok Zanjiri uchun oM qonuni
Qarshiligi R bo‘lgan rezistor, induktivligi L bo‘lgan induktiv g‘altak
va sig‘imi C bo‘lgan kodensatorni ketma-ket ulab, zanjir tuzaylik (3.19-
rasm) va uning uchlariga U = U
m
cos ω t o‘zgaruvchan kuchlanish beraylik.
iste’molchilar ketma-ket ulanganligi sababli ulardan o‘tuvchi tok kuchlari bir
xil bo‘ladi. Bu tok kuchi
i = I
m
cos ω t
(3–20)
qonuniyat bo‘yicha o‘zgarsin. Umumiy kuchlanish esa iste’molchilardagi
kuchlanishlar tushuvlari vektorlari yig‘indisiga teng:
=
R
+
C
+
L
.
(3–21)
60
R
L
C
U
R
U
L
U
C
U
3.19-rasm.
Bunda:
– zanjirdagi umumiy kuchlanish,
R
– rezistordagi kuchlanish,
C
– kondensatordagi kuchlanish va
L
– g‘altakdagi kuchlanish. Ularning
amplitudaviy qiymatlarini U
R
, U
C
va U
L
bilan belgilab, vektor diagramma
tuzaylik.
U
L
U
U
R
φ
I
RI
max
0
I
max
U
ma
x
U
c
ω LI
max
3.20-rasm.
Tok kuchi amplitudasini gorizontal o‘q bo‘ylab yo‘nalgan vektor
ko‘rinishida olaylik (3.19-rasm). aktiv qarshilikdagi kuchlanish tebranishlari
fazasi tok kuchi tebranishlari fazasi bilan mos keladi. kondensatordagi kuch-
lanish tebranishlari tok kuchi tebranishlaridan faza jihatidan
p
2
ga orqada
bo‘ladi. g‘altakda esa kuchlanish tebranishi tok kuchi tebranishidan
p
2
ga
oldinda bo‘ladi. Vektor diagrammada kondensatordagi kuchlanish U
C
=
I
max
va g‘altakdagi kuchlanish U
l
= ω L · I
max
qarama-qarshi yo‘nalishda bo‘ladi.
natijaviy kuchlanish U
lC
= U
l
– U
C
bo‘ladi.
Umumiy kuchlanish ( U)ni topish uchun
LC
vektorni
R
vektorga
qo‘shamiz. 3.20-rasmdan U
2
= U
r
2
+ U
lC
2
. Bundan umumiy kuchlanishning
maksimal qiymati ifodasi quyidagicha bo‘ladi:
61
U
m
=
. (3–22)
Om qonuniga ko‘ra
U
R
= I
max
· R, U
l
= I
max
· X
l
va U
C
= I
max
· X
C
.
Ularni (3–22) ifodaga qo‘yilsa
U
m
=
.
Bundan:
I
max
=
. (3–23)
Bu ifoda o‘zgaruvchan tokning to‘liq zanjiri uchun Om qonuni hisobla-
nadi.
X
l
= ω L va X
C
=
larni (3–23) ga qo‘ysak,
I
max
=
ga ega bo‘lamiz. Bunda:
X
L
– X
C
= ω L –
qarshilik reaktiv qarshilik deb ataladi.
Z =
(3–24)
ifoda o‘zgaruvchan tok zanjirining to‘la qarshiligi deyiladi.
Zanjirdagi tok tebranishlari va kuchlanish tebranishlari orasidagi faza far-
qini vektor diagrammadan foydalanib aniqlash mumkin:
tgφ =
yoki tgφ =
. (3–25)
O‘zgaruvchan tok zanjirining xarakterli xususiyati shundaki, generator-
dan olinadigan energiya faqat aktiv qarshilikdagina issiqlik energiyasi sifatida
ajralib chiqadi. reaktiv qarshilikda energiya ajralmaydi.
reaktiv qarshilikda davriy ravishda elektr maydon energiyasi magnit
maydon energiyasiga, va aksincha, aylanib turadi. Davrning birinchi cho-
ragida, kondensator zaryadlanayotganida, energiya zanjirga beriladi va elektr
maydon enegiyasi tarzida to‘planadi. Davrning keyingi choragida bu energiya
magnit maydon energiyasi ko‘rinishida qaytadan manbaga beriladi.
62
Masala yechish namunasi
kuchlanishning maksimal qiymati 120
V, chastotasi 100
hz bo‘lgan
o‘zgaruvchan tok manbayiga kattaligi 200 Ω bo‘lgan aktiv qarshilik, sig‘imi
5 · 10
–6
f bo‘lgan kondensator va induktivligi 400 mh bo‘lgan g‘altak ulan-
gan. Zanjirdagi tok kuchining maksimal qiymatini toping.
B e r i l g a n:
f o r m u l a s i:
Y e c h i l i s h i:
R = 200 Ω
U = 120 V
v = 100 Hz
C = 5 · 10
–6
f
L = 400 mH
I
max
=
I
max
=
Javobi: 0,57 a.
Topish kerak:
I
max
= ?
1. O‘zgaruvchan tok zanjirida nima sababdan tok kuchi tebranishlari
bilan kuchlanish tebranishlari orasida faza siljishi vujudga keladi?
2. Nima sababdan reaktiv qarshiliklarda energiya ajralmaydi?
3. Zanjirda aktiv qarshilik va g‘altak bo‘lgan hol uchun o‘zgaruvchan
tok kuchining amplitudaviy qiymatini hisoblash formulasini keltirib
chiqaring.
4. Zanjirda aktiv qarshilik va kondensator bo‘lgan hol uchun o‘zga-
ruv chan tok kuchi va kuchlanishi orasidagi fazalar farqini topish
formulasini yozing.
18-
mavzu. o‘Zgaruvchan tok Zanjirida rEZonans
hodisasi
O‘zgaruvchan tok zanjirida qarshiligi R bo‘lgan qarshilik, induktivligi L
bo‘lgan g‘altak va sig‘imi C bo‘lgan kondensator ketma-ket ulangan holda tok
zanjirining to‘la qarshiligi
Z =
ifoda bilan aniqlanishi sizlarga ma’lum. Bundan, agar X
C
= X
l
bo‘lib qolsa,
X
C
– X
l
= 0 ayirma nolga teng bo‘lib, Z
min
= R bo‘lib qolishi kelib chiqadi. Bun-
63
da zanjir qarshiligi o‘zining minimal qiymatiga erishadi. Zanjirdagi tok kuchi
amplitudasi
I
m
=
=
. (3–26)
Demak, bu sharoitda zanjirdagi tok kuchining amplitudasi ortib ketar
ekan. Bu hodisaga elektr zanjiridagi rezonans deyiladi. rezonans kuzatilishi
uchun
ω L =
yoki ω
rez
=
shart qanoatlantirilishi kerak.
I
max
0 ω
0
ω
R
1
R
3
R
2
3.21-rasm.
Biz aktiv qarshiligi nolga teng bo‘lgan
tebranish konturida hosil bo‘ladigan erkin
tebranishlar chastotasi ω
0
=
ifoda bi-
lan aniqlanishini bilamiz. U holda zanjir-
da rezonans vujudga kelishi uchun zanjirga
qo‘yilgan tashqi davriy kuchlanish chastotasi
zanjirning xususiy chastotasiga teng bo‘lishi
zarurligi kelib chiqadi. ω
rez
= ω
0
. 3.21-rasmda
zanjirdagi tok kuchining amplitudaviy qiyma-
tining unga qo‘yilgan tashqi kuchlanish chasto-
tasiga bog‘liqlik grafigi keltirilgan. I
m
ning chastotaga bog‘liq grafigi resonans
egri chizig‘i deyiladi.
3.21-rasmda R
1
< R
2
< R
3
. Tashqi kuchlanish chastotasi ortib borishi bilan
zanjirdagi tokning amplitudaviy qiymati ortib boradi va ω
rez
= ω
0
bo‘lganda
maksimal qiymatga erishadi. so‘ngra chastota ortishi bilan tok qiymati ka-
mayib boradi.
kuzatilgan rezonans hodisasini kuchlanishlar rezonansi deyiladi.
Chunki, rezonans vaqtida tok ortishi bilan g‘altak va kondensatordagi
kuchlanishlar birdaniga ortadi. Ularning qiymati tashqi kuchlanish qiymati-
dan ham ortiq bo‘lishi mumkin.
rezonans vaqtida induktiv g‘altak va kondensatordagi kuchlanish tebra-
nishlari amplitudasi quyidagicha bo‘ladi:
U
l rez
= U
C rez
= I
m
X
l
= I
m
X
C
=
. (3–27)
64
Tebranish konturlarida
> 1 shart bajariladi. Shuning uchun g‘altak
va kondensatordagi kuchlanishlar zanjirga qo‘yilgan kuchlanishdan ortiq
bo‘ladi va R kamayishi bilan ortib boradi. Umuman olganda, aktiv qarshi-
likning katta qiymatlarida rezonans amalda kuzatilmaydi.
rezonans davrida o‘zgaruvchan tokning amplitudaviy qiymati bilan umu-
miy kuchlanish amplitudasi bir xil fazada tebranadi.
rezonans hodisasidan texnikada keng foydalaniladi. radiopriyomniklarda
tashqaridan keladigan ko‘plab radiostansiyalar ichidan kerakli stansiya signal-
larini ajratib olish rezonans hodisasiga asoslangan. Bunda priyomnikning kirish
qismidagi tebranish konturidagi sig‘im yoki induktivlik qiymati o‘zgartirilib,
uning xususiy chastotasi, qabul qilinishi kerak bo‘lgan stansiya signali chasto-
tasiga teng qilib sozlanadi. konturda aynan mana shu tanlangan chastotali sig-
nal uchun rezonans hodisasi ro‘y berib, uning hosil qilgan kuchlanishi eng kat-
ta bo‘ladi. elektrotexnik qurilmalarda ham rezonans hodisasi hisobga olinadi.
Chunki, rezonans davrida g‘altak yoki kondensatorda kuchlanishning ortib keti-
shi unda elektr teshilishlari ( proboy) sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Masala yechish namunasi
1. Chastotasi 50 hz bo‘lgan o‘zgaruvchan tok zanjirida induktivligi
100 mh bo‘lgan induktiv g‘altak va C sig‘imli kondensator ulangan. konden-
sator sig‘imi nechaga teng bo‘lganda rezonans hodisasi ro‘y beradi?
B e r i l g a n: f o r m u l a s i:
Y e c h i l i s h i:
v = 50 Hz
L = 100 mH
ω L =
4π
2
v
2
=
C =
π
C =
≈ 0,0001 F ≈ 101,4 μF.
Javobi: ≈ 100 μF.
Topish kerak:
C = ?
1. Kuchlanishlar rezonansiga mos keladigan vektor diagramma chizing.
2. Qanday shart bajarilganda o‘zgaruvchan tok zanjirida elektr
teshilishlar vujudga kelishi mumkin?
3. Kuchlanishlar rezonansidan yana qayerlarda foydalanish mumkin?
4. Toklar rezonansi ham bo‘ladimi?
5. Ideal tebranish konturida rezonans paytida tok kuchining amplitu-
davriy qiymati nimaga teng bo‘ladi?
65
19-
mavzu. lABOrATOriYA iShi: O‘ZGArUVChAN TOK
Zanjirida rEZonans hodisasini o‘rganish
3.22-rasm.
TG
C
K
L
R
Ishning maqsadi. O‘zgaruvchan tok zanjirida
kuchlanishlar rezonansi hodisasini o‘rganish.
Kerakli asboblar. 1. O‘zgaruvchan tok
(tovush) generatori ( TG).
2. ferromagnit o‘zakka ega bo‘lgan induktiv
g‘altak ( L = 1 H).
3. Sig‘imi 10 μF gacha o‘zgaradigan konden-
satorlar batareyasi.
4. ikkita multimetr.
5. Qarshiliklar to‘plami.
6. Uzib-ulagich va ulovchi simlar.
Ishning bajarilishi. 3.22-rasmdagi chizma bo‘yicha asboblarni ulab zanjir
yig‘iladi.
1. TG dan chiqishda 100 hz va 10 V bo‘ladigan holga to‘g‘rilanadi.
2. Multimetrlarni o‘zgaruvchan kuchlanishni o‘lchaydigan va o‘lchash dia-
pazoni 20 V bo‘lgan holatga o‘tkaziladi va ularni parallel holda kondensator-
ga va g‘altakka ulanadi.
3. kalitni ulab, kondensatorga ( U
c
) va g‘altakka ( U
L
) ulangan multimetr
ko‘rsatishlari yozib olinadi. Bunda U
c
> U
L
bo‘lishiga e’tibor beriladi.
4. generator chiqishidagi o‘zgaruvchan tok chastotasini 10 hz dan oshirib
borib, U
c
va U
L
lar yozib boriladi.
5. Tajribani U
c
= U
L
bo‘lgunga qadar davom ettiriladi. natijalari jadvalga
yoziladi.
6. U
c
= U
l
shart bajariladigan hol uchun 2π vL =
π
dan zanjirning re-
zonans chastotasi hisoblanadi: v
r
=
π
2
. hisoblab topilgan chastotaning
qiymati tajribada aniqlangan chastota qiymati bilan solishtiriladi.
Tajriba №
TG chastotasi, hz
U
c
, V
U
L
, V
1.
2.
66
7
*
. Tajribani yana chastotani orttirib takrorlanadi.
8. kondensatordagi U
c
va induktiv g‘altakdagi U
L
kuchlanishlarning gene-
rator chastotasiga bog‘liqlik grafigi chiziladi.
1. Induktivlik ortganda zanjirdagi tok kuchi oldin ortib, keyin
kamaydi. Bunday o‘zgarishning sababi nimada?
2. Sig‘im ortganda zanjirdagi tok kuchi oldin ortib, keyin kamaydi.
Bunday o‘zgarishning sababi nimada?
3. Agar induktiv g‘altak ichiga o‘zak kiritila boshlaganda kondensator-
dagi, induktiv g‘altakdagi va aktiv qarshilikdagi kuchlanish tushuv-
lari o‘zgaradi. Sababi nimada?
20-
mavzu. o‘Zgaruvchan tokning ishi va quvvati.
quvvat koEFFitsiyEnti
8-sinfdan sizga ma’lumki, o‘zgarmas tokning bajargan ishi kuchlanish,
tok kuchi va tok o‘tib turgan vaqt ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi:
A = U · I · t.
(3–28)
O‘zgaruvchan tokning bajargan ishini aniqlash uchun juda kichik vaqt
oralig‘ida uning qiymatini o‘zgarmas deb qaraymiz. U holda o‘zgaruvchan tok
bajargan ishining oniy qiymati ham shu kabi formula yordamida aniqlanadi:
A = u · i · t.
(3–29)
agar zanjir uchlariga qo‘yilgan kuchlanish
u = U
m
cos ωt
qonuniyat bo‘yicha o‘zgarayotgan bo‘lsa, undagi tok kuchi ham garmonik
qonuniyat bo‘yicha faza jihatidan farq qilgan holda o‘zgaradi:
i = I
m
cos(ωt +φ). U holda o‘zgaruvchan tok bajargan ishning oniy qiymati
uchun quyidagini yozamiz:
A = u i t = U
m
I
m
t cos ωt cos(ωt + φ).
(3–30)
Vaqt birligi ichida bajarilgan ishga quvvat deyiladi. shunga ko‘ra
o‘zgaruvchan tok quvvatining oniy qiymatini
p = u i = U
m
I
m
cos ωt. cos(ωt +φ)
(3–31)
ifoda ko‘rinishda yozish mumkin.
67
Bunda quvvat vaqt o‘tishi bilan ham modul, ham ishora jihatidan
o‘zgaradi. Davrning birinchi yarmida quvvat zanjirga berilsa ( p > 0), ikkin-
chi yarmida quvvatning bir qismi qaytib tarmoqqa beriladi ( p < 0).
Odatda, barcha hollarda uzoq muddat davomida iste’mol qilinadigan
o‘rtacha quvvatni bilish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun bitta davrga
to‘g‘ri keladigan quvvatni aniqlash yetarlidir.
Bitta davrga to‘g‘ri kelgan quvvatni topish uchun dastlab (3–31) formulani
vaqtga bog‘liq bo‘lmaydigan ko‘rinishga keltiramiz. Buning uchun matema-
tika kursidan ikkita kosinus ko‘paytmasi formulasidan foydalanamiz:
cosα cosβ = (cos(α – β) + cos(α + β)).
Biz ko‘rayotgan holda α = ω t va β = ω t + φ. Shunga ko‘ra,
p =
(cosφ + cos(2ω t + φ)) =
cosφ +
cos(2ω t + φ).
Bunda ifodaning ikkinchi qo‘shiluvchisining bir davr davomida o‘rtacha
qiymati nolga teng. Demak, bir davrga to‘g‘ri kelgan o‘rtacha quvvatning
vaqtga bog‘liq bo‘lmagan hadi
=
cosφ.
bo‘ladi.
Tok va kuchlanishning effektiv qiymatlari ifodasi hisobga olinsa, ya’ni:
U
ef
=
va I
ef
=
bo‘lgani uchun quyidagiga ega bo‘lamiz:
=
cosφ = U I cosφ.
Bu kattalik zanjirning bir qismidagi o‘zgaruvchan tokning quvvati
deyiladi:
P = UIcosφ.
(3–31)
Shunga muvofiq o‘zgaruvchan tokning bajargan ishi quyidagi formuladan
aniqlanadi:
A = U I t cosφ.
(3–32)
shunday qilib, zanjirning bir qismidagi o‘zgaruvchan tokning quvvati va
bajargan ishi tok kuchi va kuchlanishning effektiv qiymatlari bilan aniqla-
nadi. U, shuningdek, kuchlanish va tok kuchi orasidagi faza siljishiga ham
bog‘liq bo‘ladi. 3–31 formuladagi cosφ ko‘paytma quvvat koeffitsiyenti deb
ataladi.
68
Agar zanjirda reaktiv qarshilik yo‘q bo‘lsa, unda φ = 0, cosφ = 1, P = U I
i
u
p
O
p( t)
u( t)
i( t)
t
3.23-rasm.
bo‘ladi, ya’ni biz o‘zgarmas tok quvvatini olamiz. Zanjirda aktiv qarshi-
lik yo‘q bo‘lsa, φ = +
p
2
, cosφ = 0 va P = 0 ga teng bo‘ladi. faqat reaktiv qar-
shilik bor zanjirdagina ajraladigan quvvat nolga teng bo‘lar ekan. Zanjirda
tok mavjud bo‘lsa-da, qanday qilib o‘rtacha quvvat nolga teng bo‘lib qolishi
mumkin? Uni 3.23-rasmda keltirilgan grafik yordamida tushuntirish mum-
kin. Grafikda kuchlanish, tok kuchi va quvvatning φ =
p
2
qiymatidagi oniy
qiymatlari keltirilgan.
Quvvatning oniy qiymatining vaqtga bog‘liqlik grafigini har bir moment-
ga to‘g‘ri kelgan tok kuchi va kuchlanishni bir-biriga ko‘paytirilib topiladi.
Grafikdan ko‘rinadiki, davrning to‘rtdan bir qismida quvvat musbat qiymat-
ga ega va energiya zanjirning mazkur qismiga beriladi; lekin davrning ke-
yingi choragida quvvat manfiy qiymatga ega va energiya zanjirning mazkur
qismidan energiya olingan tarmoqqa qaytarib beriladi. Davrning to‘rtdan bir
qismida zanjirga berilgan energiya tokning magnit maydonida to‘planadi,
so‘ngra tarmoqqa qaytariladi.
O‘zgaruvchan elektr zanjirlarini loyihalashda cosφ ning katta bo‘lishiga
e’tibor qaratiladi. aks holda energiyaning anchagina qismi generatordan
zanjirga va aks yo‘nalishda aylanib yuradi. simlar aktiv qarshilikka ega
bo‘lganligi sababli, energiya ularni qizdirishga sarflanadi.
sanoat va maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarida elektr dvigatellari juda
keng qo‘llaniladi. Ular katta induktiv qarshilikka va kichik aktiv qarshilikka
69
ega bo‘ladi. Shuning evaziga cosφ ning qiymati kamayib ketadi. Uni oshirish
uchun korxonalarning tarmoqlariga maxsus kompensatsiya qiluvchi konden-
satorlar ulanadi. Bunda elektrodvigatellarning salt yoki yetarli yuklamasiz
ishlatilmasligiga e’tibor berish kerak. Odatda, cosφ < 0,85 bo‘lgan qurilma-
larni ishlatishga ruxsat berilmaydi.
Masala yechish namunasi
1. Induktivligi 0,5 H, aktiv qarshiligi 100 Ω bo‘lgan induktiv g‘altak va
10 μF sig‘imli kondensator u = 300 sin 200πt o‘zgaruvchan kuchlanish man-
bayiga ulangan. Tokning quvvati va quvvat koeffitsiyentini toping.
B e r i l g a n:
f o r m u l a s i:
L = 0,5 H
R = 100 Ω
C = 10 μF = 10
–5
f
U = 300 sin 200πt
P = U I cosφ =
cosφ,
cosφ = =
Topish kerak:
cosφ = ?
P = ?
Y e c h i l i s h i:
Javobi: cosφ = 0,54; P = 132 W.
1. O‘zgaruvchan tok quvvati va bajargan ishi qanday aniqlanadi?
2. Quvvat koeffitsiyenti deganda nimani tushunasiz?
3. Quvvat koeffitsiyentini oshirish uchun qanday choralar ko‘riladi?
4. Quvvat koeffitsiyentini oshirish uchun Siz nimalarni taklif qilgan
bo‘lar edingiz?
70
3-mashq
1. Tebranish konturi sig‘imi 8 pf bo‘lgan kondensator va induktivligi
0,5 mh bo‘lgan g‘altakdan iborat. g‘altakdagi tok kuchining maksimal
qiymati 40 mA bo‘lsa, kondensatordagi maksimal kuchlanish nimaga teng?
( Javobi: 317 V).
2. induktivligi 31 mh bo‘lgan g‘altak, qoplamalarining yuzasi 20 sm
2
,
orasidagi masofa 1 sm bo‘lgan kondensator bilan ulangan. Tok kuchining
maksimal qiymati 0,2 ma, kuchlanishning maksimal qiymati esa 10 V.
kondensator qoplamalari orasidagi muhitning dielektrik singdiruvchanligi
nimaga teng? ( Javobi: 7).
3. ideal tebranish konturining induktivligi 0,2 h bo‘lgan g‘altak sig‘imi
20 μF bo‘lgan kondensatordan iborat. Kondensatordagi kuchlanish 1 V
bo‘lgan paytda konturdagi tok kuchi 0,01 a. Tok kuchining maksimal
qiymatini aniqlang. ( Javobi: 0,012a).
4. Tebranish konturi sig‘imi 2,5 μF bo‘lgan kondensator va induktivligi
1 h ga teng g‘altakdan iborat. kondensator qoplamalaridagi zaryadning am-
plitudasi 0,5 μC bo‘lsa, zaryad tebranishlari tenglamasini yozing. ( Javobi:
0,5 · 10
–6
cos 630 10
6
t).
5. g‘altakning induktivligi 0,04 h bo‘lgan tebranish konturining erkin
tebranishlar chastotasi 800 Hz. Konturdagi kondensator sig‘imi nimaga teng?
( Javobi: 1μF).
6. Sig‘imi 0,5 μF teng zaryadlangan kondensator induktivligi 5 mH
bo‘lgan g‘altak bilan ulangan. Qancha vaqtdan so‘ng kondensatorning elektr
maydon energiyasi g‘altakning magnit maydon energiyasiga teng bo‘ladi?
( Javobi: 39 · 10
–5
s).
7. q = 0,03 cos (100 πt +
p
3
) tenglamaning grafigini chizing.
8. Aktiv qarshiligi 50 Ω bo‘lgan o‘zgaruvchan tok zanjiridagi kuch-
lanishning amplituda qiymati 100 V, tebranish chastotasi 100 hz. Zanjir dagi
tok tebranishlari tenglamasini yozing. ( Javobi: 2 cos200πt).
9. Zanjirdagi tok kuchi 8,5 sin(628 t + 0,325) qonuni bo‘yicha o‘zgaradi.
Tok kuchining effektiv qiymatini, tebranishlar fazasi va chastotasini toping.
( Javobi: 6,03 a; 0,325 rad; 100 hz).
10. O‘zgaruvchan tok zanjiriga ulangan kondensatordagi tok kuchi
0,03 cos (314 t + 1,57) qonuni bo‘yicha o‘zgaradi. kondensatordagi maksimal
kuchlanish 60 V bo‘lsa, uning sig‘imini aniqlang. ( Javobi: 5,3 μF).
71
11. O‘zgaruvchan tok zanjiriga ulangan g‘altak uchlariga qo‘yilgan
kuchlanish amplitudasi 157 V, tok kuchining amplitudasi 5 a, tokning
chastotasi 50 hz bo‘lsa, uning induktivligi nimaga teng. ( Javobi: 0,1 h).
12. kuchlanishning effektiv qiymati 127 V bo‘lgan zanjirga induktivligi
0,16 H, aktiv qarshiligi 2 Ω va sig‘imi 64 μF bo‘lgan kondensator ketma-
ket ulangan. Tokning chastotasi 200 hz. Tok kuchining effektiv qiymatini
toping.
ε, V
0,2
0
0,8
t , s
t · 10
–2
s
2
i, a
2
0
3.24-rasm.
3.25-rasm.
u, V
10
0
t · 10
–2
s
3.26-rasm.
13. 3.24-rasmda zanjirdagi eYukning
vaqtga bog‘liqlik grafigi keltirilgan. O‘zgaruv-
chan tokning maksimal qiymatini, uning
davrini, chastotasini toping. E ( t) bog‘lanish
formulasini yozing.
14. 3.25-rasmda zanjirdagi tok kuchining
vaqtga bog‘liqlik grafigi keltirilgan. O‘zgaruv-
chan tokning maksimal qiymatini, uning davrini, chastotasini toping. i ( t)
bog‘lanish formulasini yozing.
15. 3.26-rasmda zanjirdagi kuchlanishning vaqtga bog‘liqlik grafigi
keltirilgan. O‘zgaruvchan tokning maksimal qiymatini, uning davrini,
chastotasini toping. U ( t) bog‘lanish formulasini yozing.
16. Chastotasi 400 hz bo‘lgan o‘zgaruvchan tok zanjiriga induktivligi
0,1 h bo‘lgan g‘altak ulangan. Zanjirga qanday sig‘imga ega bo‘lgan
kondensator ulansa, rezonans hodisasi kuzatiladi? ( Javobi: 1,6 μF).
17. Tebranish konturiga ulangan kondensatorning sig‘imi 50 pf, erkin
tebranishlar chastotasi 10 Mhz. g‘altakning induktivligini toping. ( Javobi:
5,1 μH).
18. konturdagi kuchlanish amplitudasi 100 V, tebranishlar chastotasi
5 MHz ga teng. Qancha vaqtdan so‘ng kuchlanish 71 V ga teng bo‘ladi?
( Javobi: 25 ns).
|