Masala yechish namunasi
Magnit mаydоnning enеrgiyasi 4 mJ bo‘lishi uchun, induktivligi 0,2 H
bo‘lgаn g‘altak chulg‘аmidаgi tоk kuchi qаnchа bo‘lishi lоzim?
B e r i l g a n:
f o r m u l a s i:
Y e c h i l i s h i:
W = 4 mJ = 4 · 10
–3
J
L = 0,2 H
W
mag
=
I =
[ I ] =
= A
Javobi: I = 0,2 a.
Topish kerak:
I = ?
37
Amaliy topshiriq. Bu tajribalarni o‘zingiz o‘tkazib ko‘ring va ro‘y
berayotgan fizik jarayonni tushuntiring.
Magnit
lezviya
alanga
2-mashq.
1. Konturni kesib o‘tuvchi magnit oqimi 0,4 s ichida 5 Wb dan 13 Wb
gacha tekis o‘zgardi. konturda hosil bo‘lgan induksiya eYukni toping.
(Javobi: 20 V)
2. 250 ta o‘ramga ega bo‘lgan g‘altak ichida magnit oqimi 0,4 s da
2 Wb ga o‘zgardi. G‘altakda hosil bo‘lgan induksiya EYuKni toping.
(Javobi: 1250 V)
3. Magnit oqimining o‘zgarish tezligi 0,15 Wb/s bo‘lganda, g‘altakda
120 V (EYuK) hosil bo‘lsa, g‘altakdagi o‘ramlar soni nechta bo‘lgan?
(Javobi: 800 ta)
4. Tok kuchi 0,6 a bo‘lganda induktivligi 80 mh bo‘lgan g‘altakda
qanday magnit oqimi yuzaga keladi? (Javobi: 48 mW)
5. induktivligi 0,8 h va ko‘ndalang kesim yuzi 200 sm
2
bo‘lgan g‘altak
orqali 2 a tok o‘tmoqda. agar g‘altak 50 ta o‘ramdan tashkil topgan bo‘lsa,
uning ichidagi magnit maydon induksiyasi qanday? (Javobi: 1,6 T)
6. induktivligi 2 h bo‘lgan g‘altakda o‘zinduksiya eYukning qiymati
36 V bo‘lishi uchun g‘altakdan o‘tayotgan tokning o‘zgarish tezligi qanday
bo‘lishi kerak? (Javobi: 18 a/s)
7. O‘zаksiz g‘аltаkdаgi mаgnit mаydоn induksiyasi 25 mT gа tеng. Аgаr
g‘аltаk ichigа mаgnit singdiruvchаnligi 60 bo‘lgаn fеrrоmаgnit o‘zаgi kiritilsа,
g‘аltаkdаgi mаgnit mаydоn induksiyasi qаndаy bo‘lаdi? (Javobi: 1,5 T)
8. Tоkli g‘аltаkdаgi mаgnit mаydоn induksiyasi 20 mT gа tеng. G‘аltаk
ichigа fеrrоmаgnit o‘zаgi kiritilgаndа unda hosil bo‘lgan mаgnit mаydоn
induksiyasi 180 mT gа оrtgаn bo‘lsа, g‘аltаkkа tushirilgаn o‘zakning mаgnit
singdiruvchаnligi nimaga teng? (Javobi: 10)
9. Rаdiusi 2 sm bo‘lgаn g‘altakdan 3 А tоk оqmоqdа. G‘altak ichiga
mаgnit singdiruvchаnligi 20 bo‘lgаn fеrrоmаgnit o‘zаgi kiritilsа, g‘аltаk
38
ichidаgi mаgnit mаydоn induksiyasi qаndаy bo‘lаdi? Galtakdagi o‘ramlar soni
150 ga teng. ( Javobi: 0,28 T)
10. Sоlеnоiddan 2,5 A tоk o‘tganda, unda 0,8 mWb mаgnit оqimi hоsil
bo‘lsa, mаgnit mаydоn enеrgiyasini аniqlаng ( Javobi: 2,5 mJ)
11. induktivligi 5 mh bo‘lgan g‘altakdan 0,4 a tok o‘tmoqda. g‘altakning
mаgnit mаydоnning enеrgiyasini toping. ( Javobi: 4 mJ)
12. g‘altakdan 3 a tok o‘tganda uning magnit maydon energiyasi 60 mJ
ga teng bo‘lsa, g‘altak induktivligi nimaga teng bo‘ladi? ( Javobi: 90 mh)
ii bobni yakunlash yuZasidan tEst savollari
1. Elektromagnit induksiya hodisasini kim kashf qilgan?
А) Amper;
B) Ersted;
C) Faradey;
D) Lens.
2. induksiya EYuKning birligini ko‘rsating.
А) T/s;
B) Wb/s;
C) H;
D) A/s.
3. induksion tokning yo‘nalishi kim tomonidan aniqlangan?
А) Amper;
B) Ersted;
C) Maksvel;
D) Lens.
4. G‘altakdagi o‘ramlar soni 4 marta ortsa, undagi induksion EYuK
qanday o‘zgaradi?
А) 2 marta ortadi;
B) 4 marta ortadi;
C) 4 marta kamayadi;
D) 2 marta kamayadi.
5. Kоnturdаn о‘tаyotgаn mаgnit оqimi 0,3 s dаvоmidа 15 dаn 12 Wb
gаchа tеkis kаmаygаn bo‘lsа, kоnturdа hоsil bo‘lgаn induksiya ЕYuK
ni toping (V).
a) 10;
B) 9;
C) 4,5;
D) 5.
6. 150 o‘rаmgа egа bo‘lgаn g‘аltаkdаgi mаgnit оqimi 0,5 s dа 15 mWb
gа o‘zgargan bo‘lsa, unda induksiyalаngаn ЕYuKni аniqlаng (V).
a)10;
B) 5;
C) 9;
D) 4,5.
7. Mаgnit оqimining o‘zgаrish tеzligi 120 mWb/s bo‘lgаndа, g‘аltаkdа
30 V ЕYuK hоsil bo‘lsа, g‘аltаkdаgi o‘rаmlаr sоni nimaga teng?
a) 200;
B) 250;
C) 400;
D) 500.
8. G‘altakdagi tok 0,4 s ichida 5 A ga o‘zgarganda, 15 V o‘zinduksiya
EYuK yuzaga keldi. G‘altak induktivligi nimaga teng (h)?
a) 1,2;
B) 2,5;
C) 4;
D) 1,5.
9. Tok kuchi 0,8 A bo‘lganda g‘altakda yuzaga kelgan magnit oqimi
240 mWb ga teng. G‘altak induktivligi nimaga teng (h)?
a) 1,2;
B) 0,4;
C) 0,3;
D) 0,5.
39
10. Paramagnit moddalarning magnit singdiruvchanligi qanday bo‘ladi?
a) μ > 1;
B) μ >> 1;
C) μ < 1;
D) μ =1.
11. G‘altakka kiritilgan ferromagnit o‘zagi qanday vazifani bajaradi?
a) magnit maydonni kuchaytiradi;
B) elektr maydonni kuchaytiradi;
C) elektr maydonni susaytiradi;
D) magnit maydonni susaytiradi.
12. Magnit maydon induksiyasi 80 mT bo‘lgan o‘zaksiz g‘altakka magnit
singdiruvchanligi 25 ga teng bo‘lgan ferromagnit o‘zagi kiritildi.
G‘altakda magnit maydon induksiyasi qancha bo‘ladi (T)?
a) 1,2;
B) 4;
C) 2;
D) 3,6.
13. Qаrshiligi 0,04 Ω bo‘lgаn kоntur оrqаli o‘tuvchi mаgnit оqimi 0,6 s
dа 0,012 Wb ga o‘zgаrgаndа, kоnturdа hоsil bo‘lgan tоk kuchini
tоping (A).
А) 0,5;
B) 1,5;
C) 3;
D) 0,4.
14. induktivligi 30 mh bo‘lgan g‘altakdan 0,8 A tok o‘tmoqda. G‘altak
mаgnit mаydоnining enеrgiyasini hisoblang (mJ).
a) 1,2;
B) 4;
C) 2;
D) 9,6.
15. G‘altakdan 2 A tok o‘tganda uning magnit maydon energiyasi 40 mJ
ga teng bo‘lsa, g‘altak induktivligi nimaga teng (mh)?
a) 20;
B) 40;
C) 25;
D) 10.
ii bobda o‘rganilgan eng muhim tushuncha,
qoida va qonunlar
Еlektromagnit
induksiya hodisasi
Magnit oqimining o‘zgarishi tufayli shu maydonda joylash-
gan berk konturda tok hosil bo‘lishi jarayoni.
induksion tok
Berk konturni kesib o‘tayotgan magnit oqimi o‘zgarganda
unda hosil bo‘lgan elektr toki.
elektromagnit
induksiya qonuni
Yopiq konturda hosil bo‘lgan elektromagnit induksiya
eYuk, son qiymati jihatidan shu konturni kesib o‘tgan
magnit oqimi o‘zgarishiga teng va ishorasi jihatidan
qarama-qarshidir: E
i
= –
∆Ф
∆t
.
lens qoidasi
Berk konturda hosil bo‘lgan induksion tok shunday
yo‘nalganki, u o‘zining magnit maydoni bilan shu tokni
hosil qilayotgan magnit oqimining o‘zgarishiga qarshilik
ko‘rsatadi.
40
Tоkli o‘tkаzgich
hоsil qilgаn mаgnit
оqimi
Tоkli o‘tkаzgichning hоsil qilgаn mаgnit оqimi ( Ф) undаn
o‘tаyotgаn tоk kuchigа vа o‘tkаzgichning induktivligi (L)
gа bоg‘liq: Ф = L · I.
induktivlik birligi
Tok kuchining o‘zgarish tezligi 1
a
s
bo‘lganda, konturda
bir volt o‘zinduksiya eYuk yuzaga kelsa, konturning
induktivligi 1 h ga teng bo‘ladi.
O‘zinduksiya
eYuk
E
= –
∆ Ф
∆ t
= – L
∆ I
∆ t
o‘zinduksiya elеktr yurituvchi kuchining kаttаligi kоntur-
dаgi (
∆ I
∆ t
) tоk kuchining o‘zgаrish tеzligigа to‘g‘ri prоpоr-
siоnаl bo‘lаdi.
Magnetiklar
Tashqi magnit maydon ta’sirida magnitlanib qoluvchi
moddalar.
Magnit
singdiruvchanlik
Muhitning tabiatiga bog‘liq bo‘lib, muhit va vakuumdagi
magnit maydon induksiyalarining nisbatini bildiradi.
Diamagnetiklar
Magnit singdiruvchanligi birdan kichik ( μ < 1) bo‘lgan
moddalar.
Paramagnetiklar
Magnit singdiruvchanligi birdan biroz katta ( μ > 1) bo‘lgan
moddalar.
ferromagnetiklar
Magnit singdiruvchanligi birdan juda katta ( μ >> 1) bo‘lgan
moddalar. Ular maydonni kuchaytirish xossasiga ega.
Magnit maydon
energiyasi
W
mag
=
tоkning mаgnit mаydоn enеrgiyasi, kоnturning induktivligi
bilаn undаn o‘tаyotgаn tоk kuchi kvаdrаti ko‘pаytmаsining
yarmigа tеng.
41
iii bob.
ElEktroMagnit tEbranishlar
kirish
Biz jonajon respublikamizning turli shahar va qishloqlarida yashaymiz.
Ular poytaxtdan yuzlab va minglab kilometr uzoqlikda joylashgan. Ular
bir-biridan shunchalik uzoqda joylashganligiga qaramasdan bir-birimizning
yutuqlarimizdan doimo xabardormiz. shu bilan birga butun dunyoda
bo‘layotgan voqealardan ham xabardor bo‘lib turamiz. Bu xabarlarni biz
har kuni ko‘radigan televizor, eshitadigan radio, gaplashadigan telefon
orqali ko‘proq bilamiz. Xo‘sh, bu xabarlarni dunyoning turli joylaridan
televizorimizga, radiopriyomnikka, uyali telefonimizga nima olib keladi?
so‘z, tovush, tasvir yoki boshqa axborotlarni uzoq masofalarga elektron
yoki elektromagnit signallari ko‘rinishida uzatishga telekommunikatsiya
deyiladi. axborotlarni elektr signallari ko‘rinishida o‘tkazgichlar vositasida
uzatishni 1837-yilda ingliz ixtirochilari U. kuk va Ch. Uitstonlar ixtiro qilgan
edi. asli kasbi rassom bo‘lgan amerikalik s. Morze xabarni maxsus nuqta va
tirelardan iborat alfavit orqali uzatishni o‘ylab topadi. Bu usul so‘ngra butun
dunyo bo‘ylab qo‘llanila boshlandi. 1876-yilda a. g. Bell telefonni ixtiro
qiladi. hozirda uylarimizga va turli muassasalarga ulangan telefonlar stansiya
bilan metall o‘tkazgichlar orqali ulangan bo‘lsa, shaharlararo va mamlakatlar-
aro telefon stansiyalari optik tolali kabellar bilan ulangan. Bunday kabellar
orqali xabarlar lazer nuri yordamida uzatiladi. Bir juft kabel orqali bir
vaqtning o‘zida 6000 ta telefon abonentlari gaplashishlari mumkin. Bundan
tashqari, bizning radiopriyomniklarimiz va televizorlarimiz simsiz holda
axborotlarni oladi. Qo‘l telefonlarimiz orqali simsiz axborot almashamiz. Bu
axborotlar elektromagnit to‘lqinlar vositasida tashilar ekan.
Xabarlar orqali kelgan tasvir va ovozlar televizor, radiopriyomnik va qo‘l
telefonlarimizda qanday hosil bo‘ladi? Bu savollarga mazkur bobda Siz aziz
o‘quvchilar javob topasiz.
42
11-
mavzu. Erkin ElEktroMagnit tEbranishlar
(TEBrANiSh KONTUri). TEBrANiSh KONTUriDA
EnErgiyaning o‘Zgarishi
Oddiy elektromagnit tebranishlarni kondensator va induktiv g‘altakdan
iborat bo‘lgan elektr zanjirida hosil qilish mumkin. kondensator, induktiv
g‘altak, o‘zgarmas tok manbayi va uzib-ulagichdan iborat elektr zanjirini tu-
zaylik (3.1-rasm). Bunda soddalashtirish uchun zanjirning elektr qarshili gini
hisobga olmaymiz. Uzib-ulagich chap tomonga ulanganda С kondensator
qop lamalari batareyadan zaryadlanib oladi. Bunda kondensator qoplamalari
orasida energiyasi maksimal bo‘lgan W
e
=
elektr maydon hosil bo‘ladi.
so‘ngra uzib-ulagichni o‘ng tomonga ulaymiz, bu holda zaryadlangan kon-
densator L g‘altak bilan ulanadi. keyingi boradigan jarayonni batafsilroq qa-
raylik (3.2-rasm).
C L
B
C L
K
3.1-rasm.
1
2
3
4
5
C
L
C
L
C
L
C
L
C
L
I I
T/4 T/2 3T/4 T
t
+ +
– –
– –
– –
+ +
+ +
3.2-rasm.
kondensatorning yuqorigi qoplamasi musbat, pastki qoplamasi man-
fiy ishorada zaryadlangan bo‘lganligidan tok manbayi bo‘lib qoladi (1-holat).
natijada kondensatorning musbat qoplamasidan, induktiv g‘altak orqali man-
43
fiy qoplamasiga tomon zaryadlar ko‘chishi, ya’ni tok vujudga keladi. Bu tok
atrofida magnit maydon hosil bo‘ladi. Bu tok, g‘altakning induktivligi tufay-
li asta-sekin ortib, o‘zining maksimal qiymatiga erishadi (rasmdagi grafik-
ni qarang). G‘altakdan o‘tayotgan tok atrofida hosil bo‘lgan magnit maydon
ham o‘suvchi bo‘ladi (2-holat). Bu holda kondensator qoplamalari orasidagi
elektr maydon energiyasi nolgacha kamayadi. G‘altak atrofidagi magnit may-
don energiyasi ortib borib, o‘zining maksimal W
m
=
qiymatiga erisha-
di. Oldingi mavzulardan ma’lumki, elektromagnit induksiya hodisasiga ko‘ra,
o‘zgaruvchan magnit maydonda joylashgan g‘altakda induksion kuchlanish vu-
judga keladi. Ток kuchi kamaya borib, induksion kuchlanish kondensatorni av-
valgisiga nisbatan teskari ishorada zaryadlaydi (3-holat). Zaryadlangan konden-
sator yana induktiv g‘altak orqali tok hosil qiladi (4-holat). Bu tok ham o‘suvchi
bo‘lib, uning hosil qilgan magnit maydoni g‘altakda induksion kuchlanish hosil
qiladi. Tok kamaya borib, induksion kuchlanish, kondensatorni qay ta zaryad-
laydi (5-holat). 5-holat va 1-holatlarda kondensator zaryadi ishoralari bir xil.
Demak, keyingi jarayonlar oldingidek ketma-ketlikda davom etadi.
ko‘rib o‘tilgan jarayonlardan quyidagi xulosalarni chiqaramiz:
1. kondensator va induktiv g‘altakdan iborat zanjirda, bir marta o‘zgarmas
tok manbayidan kondensatorga berilgan zaryad, berk zanjirda o‘zgaruvchan
tokni hosil qiladi.
2. Dastlab manbadan olingan energiya kondensator qoplamalari oralig‘ida
elektr maydon energiyasi sifatida to‘plansa, keyinchalik g‘altak atrofidagi
magnit maydon energiyasiga aylanadi. so‘ngra magnit maydon energiyasi,
elektr maydon energiyasiga va h.k. davriy ravishda aylanib turadi.
C L
3.3-rasm.
10-sinfda har qanday takrorlanuvchi jarayonga tebranish
deyilishi aytilgan edi. Demak, kondensator va g‘altakdan
iborat zanjirdagi jarayon ham tebranma xarakterga ega.
Uni elektromagnit tebranishlar deyiladi. elektromagnit
tebranishlar hosil bo‘layotgan g‘altak (l) va kondensator (C)dan
iborat berk zanjir tebranish konturi deb ataladi (3.3-rasm).
Tebranish konturida hosil bo‘layotgan elektromagnit tebranishlar davri
(chastotasi)ni aniqlash formulasini ingliz fizigi U. Tomson tomonidan aniq-
langan.
T = 2π
yoki v = =
1
2p
.
(3–1)
44
Bunda: T – tebranishlar davri sekundlarda, v – tebranishlar chastotasi
= 1 Hz da o‘lchanadi.
elektromagnit tebranishlar yuz berayotganida konturda davriy ravishda
elektr maydon energiyasi, magnit maydon energiyasiga va aksincha aylanar
ekan. Ideal tebranish konturida energiya sarfi bo‘lmaganligi sababli
tebranishlar so‘nmaydi. To‘la energiya saqlanib qoladi va uning qiymati
istalgan paytda quyidagiga teng bo‘ladi:
W =
+
=
=
= const.
(
3–2
)
Bunda: L – g‘altakning induktivligi, C – kondensator sig‘imi, i va
I
m
– tok kuchining mos ravishda oniy va maksimal qiymatlari, q va q
m
–
kondensatordagi zaryadning mos ravishda oniy va maksimal qiymatlari.
Tebranish konturida kondensatordagi elektr maydon energiyasining
g‘altakdagi magnit maydon energiyasiga va aksincha, g‘altakdagi magnit
maydon energiyasi kondensatordagi elektr maydon energiyasiga aylanib
turishi hodisasini 10-sinfda qaralgan prujinali mayatnikda cho‘zilgan prujina
potensial energiyasining, yukning kinetik energiyasiga va aksincha aylanib
turishiga qiyoslash mumkin. shunga ko‘ra, mexanik va elektr tebranishlarning
parametrlari orasidagi o‘xshashlikni quyidagi jadvalda keltiramiz.
Mexanik kattaliklar
elektr kattaliklar
x – koordinata
q – zaryad
u
– tezlik
i – tok kuchi
m – massa
l – induktivlik
k – prujinaning bikrligi
1/ C – sig‘imga teskari bo‘lgan kattalik
kx
2
/2 – potensial energiya
q
2
/(2 C) – elektr maydon energiyasi
mu
2
/2 – kinetik energiya
Li
2
/2 – magnit maydon energiyasi
Ta’kidlash joizki, elektromagnit va mexanik tebranishlar turli tabiatga ega
bo‘lsa-da, o‘xshash tenglamalar bilan ifodalanadi.
Masala yechish namunasi
1. Tebranish konturidagi kondensatorning sig‘imi 10
–5
f, g‘altakning in-
duktivligi 0,4 h. kondensatordagi maksimal kuchlanish 2 V ga teng. Tebra-
nish konturi xususiy tebranishlari davri va konturdagi maksimal energiyani
toping.
45
B e r i l g a n:
f o r m u l a s i:
Y e c h i l i s h i:
C = 10
–5
f
L = 0,4 H
U = 2 V
T = 2π
W =
=
T = 2 · 3,14
=
= 6,28 · 2 · 10
–3
s = 0,01256 s.
W =
(J) = 20 μJ.
Javobi: 0,01256 s, 20 μJ.
Topish kerak:
T – ?
W – ?
1. 3-3-rasmdagi holatda konturdagi energiya qayerda jamlangan?
2. Tebranish konturida tebranishlar qanday vujudga keladi?
3. Konturda hosil bo‘layotgan elektromagnit tebranishlar chastotasi
g‘altakning induktivligiga qanday bog‘liq?
12-
mavzu. tEbranishlarni graFik ravishda
tasvirlash. so‘nuvchi ElEktroMagnit
tEbranishlar
Biz ko‘rib chiqqan tebranish konturida yuzaga keladigan elektromagnit
tebranishlar hosil qilish uchun dastlabki t
0
= 0 vaqt momentida kondensatorga
q
m
zaryad berildi va undan keyin sistemaga tashqaridan hech qanday ta’sir
ko‘rsatilmadi. Tashqi ta’sir bo‘lmagan holda paydo bo‘ladigan tebranishlar
erkin tebranishlar deb ataladi.
10-sinfda o‘rganilgan mexanik tebranishlar va elektromagnit tebranishlar
tenglamalarining o‘xshashligidan kondensatordagi zaryadning o‘zgarishini
quyidagicha yozamiz:
q = q
m
cos 2πu t.
(3–3)
U = q / C ekanligi hisobga olinsa, kondensatordagi kuchlanish o‘zgarishi
uchun
U = U
m
cos2πu t
(3–4)
ifodani olish mumkin. g‘altakdagi tok kuchi
I = I
m
cos(2πu t + π /2) yoki I = I
m
sin2πu t
(3–5)
qonuniyatga ko‘ra aniqlanadi.
46
Fizik kattaliklarning vaqt o‘tishi bilan sinus yoki cosinus qonuni bo‘yicha
davriy o‘zgarishi garmonik tebranishlar deyiladi.
Tebranayotgan kattalikning eng katta qiymati moduli tebranish
amplitudasi yoki amplitudaviy qiymat deb ataladi .
Mexanik tebranishlarda amplituda jismning muvozanat holatidan eng kat-
ta og‘ishiga, elektromagnit tebranishlarda esa, kondensator qoplamalaridagi
elektr zaryadining eng katta qiymatiga ( q
m
) teng.
garmonik tebranishdagi kattaliklarning vaqtga bog‘liqligini tasvirlash
uchun grafik usul qulaydir.
elektromagnit tebranishlarning zaryad, kuchlanish va tok kuchining vaqt-
ga bog‘liqlik grafiklarini chizaylik. Buning uchun bu kattaliklarning (3–3),
(3–4) va (3–5) tenglamalaridan foydalanamiz. Bu tenglamalarni taqqoslab
ko‘rilsa, tebranishlar bir-biridan fazalar siljishiga ko‘ra farqlanishini ko‘rish
mumkin.
Yuqoridagi tenglamalarning grafiklarini chizaylik. Abssissa o‘qining
ostiga davr ulushlarida ifodalangan vaqt, ustiga esa shunga mos keluvchi
tebranishlar fazasi qo‘yilgan. Ordinata o‘qlariga tegishli q, i va U kattaliklar
qo‘yilgan (3.4-rasm).
q
a)
0
i
b)
0
U
d)
0
p
2
p
2
p
2
3p
2
T
4
T
2
T
2
T
4
T
2
T
2
3 T
2
3 T
2
3 T
2
π
π
2π
2π
2π
3π
t
t
t
3π
3π
T
T
T
T
3.4-rasm.
Bu grafiklarda masshtab ma’lum bo‘lsa, abssissa o‘qidan davr (vaqt)ni,
ordinata o‘qidan esa tebranayotgan kattalik amplitudasini yoki oniy qiyma-
47
tini aniqlash mumkin. Shuningdek, fazalarning siljishlarini ham grafiklardan
taqqoslab topish mumkin. Masalan, kondensator qoplamalaridagi zaryad va
kuchlanish maksimal bo‘lgan vaqtda, tok kuchi nolga teng.
konturdagi tok kuchi tebranishlari faza bo‘yicha zaryad tebranishlaridan
p
2
oldinga o‘tib ketadi. Zaryad bilan kuchlanish bir xil fazada o‘zgaradi.
Yuqorida aytilganidek, ideal tebranish konturida hosil bo‘lgan tebranishlar
so‘nmaydi. real konturda R nolga teng bo‘lmaganligidan elektr energiyasi is-
siqlikka aylanib boradi va tebranishlar amplitudasi vaqt o‘tishi bilan kamayib
boradi (3.5-rasm.).
q
q
m
0
τ
t
– q
m
3.5-rasm.
Bunday tebranishlarga so‘nuvchi
tebranishlar deyiladi.
Ta’kidlash joizki, konturning
qarshiligi qanchalik katta bo‘lsa, unda
Q = I
2
Rt energiya shunchalik ko‘p
sarflanadi.
Konturning
qarshiligi
ortgan sari tebranishlar davri ham
ortib boradi. Demak, so‘nuvchi
tebranishlar garmonik bo‘lmas ekan.
so‘nuvchi tebranishlar davriy
bo‘lmagan tebranishlarga kiradi. Ularning tenglamalari differensial
tenglamalar orqali ifodalanganligi sababli murakkab masala hisoblanadi. shu
sababli ularning yechimi keltirilmasdan, grafigini keltirish bilan cheklanamiz.
Dostları ilə paylaş: |