Nutq o'stirishda izchillik to'rt shartni, ya’ni mashqlarning izchilligi,
istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil mashq turlarini umumiy maqsadga
bo'ysundirish ko'nikmasini amalga oshirish bilan ta’minlanadi. Har
bir yangi mashq oldingisi bilan bog'lanadi va keyingisiga o'quvchilarni
tayyorlaydi, umumiy maqsadga bo'ysungan holda yana qandaydir
yangilik qo‘shadi.
Maktabda o'quvchilar nutqini o'stirishga ona tili o'qitishning asosiy
vazifasi deb qaraladi. Nutq o'stirish faqat ona tili va o'qish darslari-
ninggina emas, balki o'quv rejasidagi barcha fanlar (tabiatshunoslik,
matematika, mehnat, tasviriy san’at, ashula darslari)ning,
shuningdek,
sinfdan tashqari o'tkaziladngan tadbirlarning ham vazifasidir.
N utq turlari
Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar.
Ular o'z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda
o'ylab oladilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan
va yozilmagan, „o'ylangan" (fikrlangan) nutqdir,
bu nutq fikrlovchi
kishining o'ziga qaratiladi. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshit-
tirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir.
Ichki va tashqi nutqning fiziologik tabiati bir xil; farqi — tashqi nutqda
nutq a’zolarining harakati natijasida tovush
chiqariladi yoki yozib
bayon etiladi; ichki nutqda nutq a ’zolarining harakati tovushsiz yuzaga
keladi.
Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam be
radi, tashqi nutqni o'stirishda birdan-bir zaruriy vosita hisoblanadi.
O'ylash, fikr yuritish ichki nutq asosida bo'ladi. Ichki nutq o'quvchini
tashqi nutqqa, javobgarlikni his qilib gapirishga o'rgatadi. Ichki nutq
jarayonida o'ylash o'quvchining nutqi va tafakkurining o'sishida
muhim vositadir.
Maktabda o'quvchilaming tashqi nutqigina emas, balki ichki nutqi
ham o'stiriladi. Bolalar ichda o'qishga o'rganadilar
va ichki nutqda
materialni o'zlashtiradilar, turli vazifalarni o'zlari hal qiladilar, asosiy
si — o'zlarining og'zaki va yozma fikrlarini tayyorlab oladilar.
Fikrni ifodalash usuliga ko'ra nutq og‘zaki va yozma bo'ladi. Og'zaki
nutq yozma nutqdan quyidagicha farqlanadi: og'zaki nutq tovush
nutqi, yozma nutq esa grafik nutqdir. Og'zaki nutqda eshitish sezgisi,
yozma nutqda esa ko'rish va harakat (qo‘1 harakati) sezgisi asosiy
o'rin tutadi. Og'zaki
nutq ham, yozma nutq ham kishilarning o'zaro
302
www.ziyouz.com kutubxonasi
aloqa quroli sifatida xizmat qiladi, ammo og‘zaki nutq aniq hayotiy
sharoitda. bevosita aloqa jarayonida yuzaga keladi; yozma nutqdan
bevosita, aniq sharoitdan
ajratilgan holda ham, kishi ishtirokisiz ham
foydalaniladi.
Og'zaki nntq ko'pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog
tarzida bo'ladi. Yozma nutq logik izchillikka rioya qilgan holda,
ayrim
til shakllarini tushirib qoldirmay. ortiqcha takrorga yo'l qo'ymay bayon
qilishni talab etadi. Shuning uchun yozma nutq ancha murakkab va
mavhum hisoblanadi.
O'quvchilar nutqiga qo'yiladigan talablar
O'quvchilar nutqini o'stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga
rioya qilinadi:
Dostları ilə paylaş: