roq turi hisoblanadi.
Tanlab hikoya qilish uchun o'quvchi m atnni boshidan oxiriga
cha qayta o'qib chiqishga yoki yodga tushirishga, kerakli m aterialni
yig'ishga to'g'ri keladi. B uning uchun o'quvchilarga m atnni ichda
o'qish topshiriladi yoki ovoz bilan tanlab o'qish topshirig'i beriladi.
Bunday tanlab hikoya qilish ba’zan yozm a bayon sifatida ham
o'tkaziladi.
Qisqartirib qayta hikoyalash va bayon.
Matn m azm unini qisqartirib
qayta hikoyalash va bayon yozish murakkab mantiqiy usullardan foy-
dalanishni talab qiladi, shuning uchun ham u to'liq yoki m atnga yaqin
qayta hikoyalash va bayonga nisbatan qiyin. Bunda matndan ikkinchi
darajali o'rinlarni tushirib qoldirib, asosiy, m uhim o'rinlar tanlab o li
nib, hikoya qilinadi. Buning uchun o'quvchining o'zi m atnning asosiy
m azm unini aniqlashi, bog'lanishli, izchil qayta hikoyalashi, uning
328
www.ziyouz.com kutubxonasi
hikoyasi m atnni qisqartish tarzida bo'lm asligi, o'zlashtirilgan m atnning
asosiy m azm unini o ‘z so ‘zlari bilan bera olishi zarur. Qisqartirib qayta
hikoyalashga o'rgatish uchun bayon m azm unini qisqartirib tuzish o son
bo'lgan hikoya tarzidagi matn tanlash tavsiya etiladi. Qisqartirib qayta
hikoyalash elem entlari 1-sinfdan kiritiladi. O'qilgan matnni tahlil qi
lish jarayonida o'quvchilardan uning bir qism ini qisqa — bir gap bilan
aytish so'raladi. K eyin o'quvchilarga m atnning ikki qism ini, nihoyat,
butun m atnni qisqartib qayta hikoyalash tavsiya etiladi.
O 'quvchilar m atnni to'liq qayta hikoya qilishga o'rganganlaridan
so'nggina m atnni qisqartib qayta hikoyalashga o'rgatiladi. Qisqartirib
qayta hikoyalash, o 'z navbatida, matn rejasini tuzish, ya’ni matn
Dostları ilə paylaş: |