Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli b o'lib , maktabda alohida
o'rin tutadi; barcha nutqqa oid mashqlar m a’lum m azm unda inshoga
bo'ysunadi.
Insho 1-sinfda kichik og'zaki axborot va ehtirosli hikoyadan b osh
lanib, o 'z fikrini ifodalashga, o'quvchi shaxsining tashkil topishiga
xizm at qiladigan, ta’lim-tarbiyaviy aham iyatga ega bo'lgan jiddiy rejali
aqliy ishga aylanadi.
Insho shaxsni shakllantirishda foydali vosita b o iib , his-hayajon
uyg'otadi, aqliy mustaqillikka, fikrlashga, ko'rgan-kechirganlari va
o'zlashtirganlarini baholashga,
kuzatuvchanlikka,
voqea-hodisalar
o'rtasidagi sabab-natija bog'lanishni topishga, ularni qiyoslashga, xu
losa chiqarishga o'rgatadi. Insho fikrni tartibga soladi, o'quvchilarda
o'ziga, o'z kuchi va imkoniyatiga ishonch tug'diradi.
,,Jnsho“
asli arabcha so'z bo'lib, m a’nosi
„yaratish", „bino qilish“,
„boshlash“
demakdir. Bu so'zning m a’nosi hozirda ancha torayib,
www.ziyouz.com kutubxonasi
asosan, o'qu vch i va talabalar tom onidan yoziladigan ijodiy yozm a ish
m a ’nosida qo'llanadi.
Insho — ijodiy ish bo'lib, u o'quvchidan faollik, qiziqish, fikr
biidirishni talab qiladi. M aterial tayyorlash, uni tartibga so lish , insho
kom pozitsiyasi va rejasi haqida o'ylash, m antiqiy bog'lanishni belgi
lash, so 'z, so 'z birikmasini tanlash, gap tuzish va uni o'zaro bog'lash,
im loni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o'quvchidan aqliy ku
ch in i to'la ishga solish bilan birga, o 'z m a’naviy faoliyatini boshqarish
k o'n ik m asini ham talab etadi.
Inshoda til nazariyasi nutq tajribasi bilan qo'shiladi. O 'quvchi in
Dostları ilə paylaş: |