olinadi. U lar o'qigan va o'qiyotgan kitoblarini sinfga olib kelib ko'rsatadilar, ikki-uch o'quvchi o'zlari o'qigan kitob haqida gapirib beradi, darsda o'zaro fikr almashish h olati yaratiladi (bu holat darsdan tashqari vaqtda ham davom etishi m um kin). 2. Har bir darsda o'qish uchun yangi kitob (asar)lar tavsiya qilinadi. Tavsiya qilish shakllari turlicha b o'lib, ular fikr almashuv, kitobni ko'r satish, sinfda ko'rgazma tashkil etish, o'quvchilarni qiziqtirish uchun tavsiya qilinadigan kitobdan biror parchani o'qib berish, rasmlarni ko'rsatish yoki film nam oyish etishdan iborat b o'lishi m um kin. 3. Har bir darsda o'quvchilarga asarni yaxlit holda o'qitish m u m kin. Agar asar hajmi kattaroq bo'lsa, bu ish ikki-uch dars davom ida amalga oshiriladi. Bunda o'quvchilar o'zlari o'qigan kitobdan biror parchani ovoz chiqarib o'qib berishlari m um kin. Bu jarayonda ichda o'qishdan ham , s h e ’r yodlashdan ham, rollarga bo'lib o'qishdan ham foydalaniladi. 4. Har bir darsda o'qilgan asar yuzasidan suhbat m etodi orqali tahlil ishlari amalga oshiriladi. Bunda erkin hikoya qilish uchun ,.Senga asardagi nimalar yoqdi?", „Bu kitob haqida sen nim alar ayta olasan?" kabi savollar beriladi va o'quvchilam ing ijodiy hamda mustaqil qayta hikoyalash malakalari shakllantiriladi. 5. Har bir darsda m a’lum bir yangi kitobxonlik ko'nikm asi hosil qilinadi: m uallif haqida m a’lum otlar to'plash, kitob nom iga qarab u nim a haqida ekanligini aytish, o'qilgan asarlar yuzasidan ko'rgazmalar tayyorlash, asarga taqriz yozish, albom lar tayyorlash, kitobxonlik kun- daligini yuritish kabi ishlar amalga oshiriladi. 6. H ar bir dars kirish suhbati bilan boshlanadi va sinfda o'qish darslarida qo'llanadigan barcha usullardan ijodiy foydalaniladi.