Ona tili o\'qitish metodikasi (K.Qopsimova, S.Matchonov va b.)
7. Har bir darsda tahlil qilingan asarlar yuzasidan u m um lashti ruvchi, yakunlovchi suhbat uyushtiriladi. U m um lashtirishga ko'rgazma ham , albom tuzish ham, rasmlarni tatbiq etish ham yordam beradi. Sinfdan tashqari o'qishga rahbarlikning yordam chi shakllari ham mavjud bo'lib, ular barcha ishlarni izchil uyushtirishni ta’m inlaydi, www.ziyouz.com kutubxonasi
S T 0 ‘ darslari uchun sharoit yaratadi. Bunday shakllarga quyidagilar kiradi: 1. Kitobni targ‘ib qilish. STO 'ga tavsiya qilinadigan asarlar ro'yxati sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo'yiladi, ular vaqti- vaqti bilan yangilab turiladi, to'ldiriladi, ko'rgazmalar tashkil qilinadi. O'qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi. 2. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O 'quvchilam ing o'qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o'qilgan kitoblar hisobga olinadi. Shaxsiy fikrlar aniqlanadi, uy kutubxonalari bilan tanishiladi, ota-onalar bilan suhbat o'tkaziladi. 3. S T O ‘ yuzasidan ommaviy ishlar. Adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar uyushtiriladi, ular uchun maxsus tayyorgarlik ko'riladi. 4. Kutubxonaga yozilish. 1 -sin f o'quvchilari o'qituvchining tavsi- yasi bilan kutubxonaga a ’zo bo'ladi. Bu jarayonda o'qituvchi va ku- tubxonachi hamkorlikda ish olib borishi maqsadga m uvofiq bo'ladi. 5. O 'quvchilam ing o'qiganlarini hisobga olish. Bunda ulam ing kitobxonlik kundaligidan foydalaniladi. 1-sin f o'quvchilari 2-yarim yillikdan boshlab kitobxonlik kundaligiga yozuvchining ismi, familiyasi va kitob nom ini, 2-sinfda esa unga nashr etilgan joyi va yilini qo'shib yozadilar. 3—4-sinflarda o'qigan kitobining qisqacha m azm unini yozib,