K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

MP
P ICH TM T P 
1
MV 
Bu yerda
: P-
pul,
MP-
mehnat predmetlari
, MV-
mehnat vositalari,
 
TM -
tayyor mahsulot
, T-
tovar
, P 
1
 - 
sotishdan olingan pul.
 
 
Xo‗jalik faoliyatining barcha jarayonlari buxgalteriya hisobining muhim ob‘ektlari 
bo‗lib hisoblanadi. Har bir jarayonda yuz bergan operatsiyalar buxgalteriya hisobida 
o‗zining soniy o‗lchovini va sifat tavsifini topadi. Buxgalteriya hisobi ta‘ minot 
jarayonida mehnat predmetlari va vositalarini qancha miqdorda, qaysi baholarda, qaysi 
ta‘ minotchilardan sotib olininganligi, shuningdek ular bo‗ yicha ta‘ minotchilar bilan 
hisob-kitoblarning holati to‗g‗risida batafsil axborot beradi. Ishlab chiqarish jarayoni 
bo‗ yicha buxgalteriya hisobida qanday mahsulotlar ishlab chiqarilganligi, qancha ishlab 
chiqarilganligi, buning uchun qancha harajat qilinganligi, omborlarga qabul qilingan
tayyor mahsulotning qiymati (tannarxi) va boshqa ma‘lumotlar shakllanadi. Sotish 
jarayoni bo‗ yicha buxgalteriya hisobi qancha mahsulot sotilganligi, kimlarga sotilganligi, 
qanday to‗lov turlari bo‗ yicha sotilganligi, qanday baholarda sotilganligi, haridorlar bilan 
hisob-kitoblarning holati, sotishdan olingan tushum, sotishga doir harajatlar, sotishdan 
olingan foyda, undan to‗lanadigan soliqlar va boshqalar to‗g‗risida atroflicha axborot 
beradi.
Xo„jalik aktivlari.
O‗z faoliyatini yuritish uchun har qanday korxona xo‗jalik 
aktivlariga ega bo‗lishi lozim. 
O‗zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan 1998 yil 14 avgustda 475 –tartib 
raqami bilan ro‗ yxatdan o‗tgan «Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish uchun 
konseptual asos»ga muvofiq (39- modda)
aktivlar
deganda xo‗jalik yurituvchi 
sub‘ektning baxolash qiymatiga ega bo‗lgan va o‗z ichiga pul mablag‗lari
va debitorlik qarzlarni olgan moddiy , shuningdek nomoddiy mulki tushuniladi.
Aktiv deb tan olish uchun moddiy va nomoddiy mulk quyidagi talablarga javob 
berishi kerak: 
Qiymatga ega bo‗lishi va bu qiymat baholanadigan bo‗lishi kerak. 
Egalik qilish huquqiga asosan qaysi korxona balansiga kiritilgan bo‗lsa, shu 
korxona tomonidan nazorat qilinishi lozim. 


16 
Kelgusida korxonaga iqtisodiy naf keltirishi kerak, jumladan korxonaning pul 
mablag‗larini kirimini ko‗payishiga bevosita va bilvosita hissa qo‗shishi kerak. 
Yuz bergan xo‗jalik operatsiyalari natijasi hisoblanishi kerak, masalan tayyor 
mahsulot ishlab chiqarish jarayonining natijasidir. 
Aktivlarning harakterli xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
Jismoniy ko‗rinishga (shaklga) ega bo‗lishi ham, ega bo‗ lmasligi ham mumkin. 
Masalan, bino yoki stanok aniq shaklga ega, lekinda patent, litsenziya, savdo belgisi
mualliflik huquqi moddiy shaklga ega emas. 
Sotib olingan, bepul kelib tushgan, ishlab chiqarilgan bo‗lishi mumkin. 
Korxonada yuz berayotgan jarayonlarda moddiy asos yoki ularning natijasi 
hisoblanishi mumkin. Masalan, xom-ashyo ishlab chiqarishga moddiy asos, tayyor 
mahsulot esa ishlab chiqarishning natijasi hisoblanadi. 
Boshqa aktivlarga almashtirilishi mumkin. 
Qarzlarni to‗lash uchun ishlatilishi mumkin. 
Qisqa yoki uzoq vaqt maboynida foydalanishda bo‗lishligi mumkin. 
Oborotda va oborotdan tashqarida bo‗lishligi mumkin. 
Korxonalarning yuqorida keltirilgan talab va xususiyatlarga javob beradigan asosiy 
aktivlariga quyidagilar kiradi: 
1.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin