154
Muddatiga
ko‗ra korxona majburiyatlari uzoq va
qisqa
muddatli turlarga bo‗linadi.
Uzoq muddatli majburiyatlarga bir yildan ko‗p muddatga olingan bank kreditlari va
boshqa shaxslardan olingan
qarzlar
kiradi.
Qisqa
muddatli majburiyatlarga muddati bir
yildan oshmaydigan barcha
boshqa
qarzlar
(to‗lanadigan schyotlar) kiradi.
Harakteriga
ko‗ra barcha majburiyatlar tovar harkteridagi va notovar harakteridagi
majburiyatlarga bo‗linadi. Tovar harakteridagi majburiyatlarga ta‘ minotchilar va
pudratchilar oldidagi
qarzlar
, haridorlardan olingan avanslar bo‗ yicha
qarzlar
qiradi
.
Notovar harakteridagi majburiyatlarga korxonaning ish
haqi
, sug‗urta, soliq va ajratmalar
bo‗ yicha
qarzlari
, ta‘ sischilar va boshqa kreditorlar oldidagi
qarzlari
kiradi.
To„lov muddatiga
ko‗ra majburiyatlar joriy va muddati uzaytirilgan majburiyatlarga
bo‗linadi. Joriy majburiyatlarga
hisobot
davr tugashi bilan to‗lanadigan
qarzlar
, masalan,
ish
haqi
, ish
haqi
fondidan ajratmalar va ushlanmalar, soliqlar va boshqa to‗lovlar
bo‗ yicha
qarzlar
kiradi. Muddati uzaytirilgan majburiyatlarga to‗lov muddati
hukumat
yoki turli kreditorlar tomonidan ma‘lum
vaqtgacha kechiktirilgan
qarzlar
, masalan
soliqlar, majburiy ajratmalar va boshqa to‗lovlar, kiradi.
Majburiyatlar bo‗ yicha buxgalteriya
hisobining
asosiy vazifalari bo‗lib
quyidagilar
hisoblanadi
:
Majburiyatlarni asosli tan olish va real baholash;
Majburiyatlarni vujudga kelishi va
qoplanishini
o‗z vaqtida tegishli
hujjatlar
bilan
to‗g‗ri rasmiylashtirish;
Majburiyatlarni mazmuni, harakteri va boshqa belgilari bo‗ yicha
ular uchun
ko‗zda tutilgan schyotlarda aks ettirish;
Majburiyatlarning
holati
va
harakati
ustidan doimiy nazoratni olib borish;
Majburiyatlarni o‗z vaqtida uzish, to‗lov muddatini o‗tib ketmasligi ustidan
doimiy
nazorat
qilish
;
Voz kechilgan va da‘vo muddatlari o‗tib ketgan majburiyatlarni o‗ z vaqtida va
to‗g‗ri korxona daromadlariga olinishini nazorat
qilish
;
Majburiyatlar bo‗ yicha foizlarni to‗g‗ri
hisoblash
va korxona harajatlariga o‗z
vaqtida kiritib borish;
Majburiyatlar bo‗ yicha
hisobotlarni
to‗g‗ri va o‗z vaqtida tegishli organlarga
yetqazish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: