9430 “Boshqa operatsion harajatlar” - ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit)
schyotning debetida yil maboynida sotish va boshqaruvdan tashqari umum faoliyatga
doir davr harajatlari (moddiy yordam, kompensatsiyalar, mol-mulk, ekolgiya, yer, suv va
boshqa davr harajatlariga olib boriladigan soliqlar, pesiya fondiga va yo‗ l fondiga
majburiy ajratmalar , mulkni sotishdan va berishdan ko‗rilgan zararlar va boshqa shu kabi
operatsion harajatlar) aks ettiriladi. Ushbu schyotda aks ettiriladigan harajatlarning aniq
turlari va tarkibi «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari
hamda
moliyaviy natijalarni shakllantirish to‗g‗ risida Nizom»ning «Boshqa operatsion
harajatlar» nomli bo‗limida to‗lig‗icha keltirilgan. Harajatlarning aniq turlari ushbu
schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi schyotlarning kreditida
(1000,5110,5010, 6400,6710,6520,6990,9210,9220 va boshqa schyotlar) aks ettiriladi.
Yil oxirida 9430- schyotning debetida to‗plangan summa uning kreditiga va 9900 ―Oxirgi
moliyaviy natija‖ schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
9440 “Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida korxonani kelgusi
faoliyatini rivojlantirishga sarflangan davr harajatlari (yangi ishlab chiqarishni va yangi
texnologiyalarni o‗zlashtirishga, boshqaruv tizimini yaxshilashga sarflangan va boshqa
shu kabi operatsion harajatlar) aks ettiriladi. Ushbu schyotda aks ettiriladigan
harajatlarning aniq turlari va tarkibi «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va
sotish harajatlari
hamda
moliyaviy natijalarni shakllantirish to‗ g‗risida Nizom»ning
«Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan
hisobot
davr harajatlari» nomli 2- ilovasida
to‗lig‗icha keltirilgan. Ushbu turdagi davr harajatlari soliq
qonunchiligiga
ko‗ra kelgusi
10 yil ichida bir maromda soliq bazasidan maxsus
hisob
-kitob asosida chiqarib boriladi.
Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi
schyotlarning kreditida (1000,5110,5010,6010,6710,6520,6990 va boshqa schyotlar) aks
ettiriladi. Yil oxirida 9440- schyotning debetida to‗plangan summa uning kreditiga va
9900 ―Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan
hisobot
davr harajatlarini o‗zgarishi
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar maxsus balansdan tashqari 012 ― Kelgusida soliq bazasidan
chegiriladigan
hisobot
davr harajatlari‖ schyotida belgilangan muddat ichida aks ettirilib
boriladi.