K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

 
 
11.3.Davr harajatlarining 
hisobi
 
 
 
21-son BHMS ga muvofiq davr harajatlarining 
hisobi
quyidagi
schyotlarda olib 
boriladi: 
9410 “Sotish harajatlari”-
ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning 
debetida yil maboynida sotishga doir harajatlar (reklama harajatlari, sotish bilan bog‗liq 
xodimlarning ish 
haqi
, ijtimoiy sug‗urtaga ajratmalar, amortizatsiya harajatlari, 
transortirovka va boshqa shu kabi sotish bilan bog‗liq harajatlar) aks ettiriladi. Ushbu 
schyotda aks ettiriladigan harajatlarning aniq turlari va tarkibi «Mahsulot (ish, 
xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari 
hamda
moliyaviy natijalarni 
shakllantirish to‗g‗risida Nizom»ning «Sotish harajatlari» nomli bo‗limida to‗lig‗icha 
keltirilgan. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni 
ifodalovchi schyotlarning kreditida (5110,5010,6710,6520,6990 va boshqa schyotlar) aks 
ettiriladi. Yil oxirida 9410- schyotning debetida to‗plangan summa uning kreditiga va 
9900 ―Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. 
9420 “Ma‟muriy-boshqaruv harajatlari”-
ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) 
schyotning debetida yil maboynida boshqaruvga doir harajatlar ( ish 
haqi
, ijtimoiy 
sug‗urtaga ajratmalar, amortizatsiya harajatlari, safar harajatlari, telefon aloqasi va 
boshqa shu kabi boshqaruv bilan bog‗liq harajatlar) aks ettiriladi. Ushbu schyotda aks 


190 
ettiriladigan harajatlarning aniq turlari va tarkibi «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab 
chiqarish va sotish harajatlari 
hamda
moliyaviy natijalarni shakllantirish to‗g‗risida 
Nizom»ning «Ma‘ muriy –boshqaruv harajatlari» nomli bo‗limida to‗lig‗icha keltirilgan.
Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu harajatlarni ifodalovchi 
schyotlarning kreditida (0200,0500,1000,5110,5010,6710,6520,6990 va boshqa 
schyotlar) aks ettiriladi. Yil oxirida 9420- schyotning debetida to‗plangan summa uning 
kreditiga va 9900 ―Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining debetiga yoziladi va shu asosda u 
yopiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin