1.Ijobiy auditorlik xulosasi –bu moliyaviy
hisobotni
to‗g‗riligi, uning
Qonunlar
va
boshqa me‘ yoriy
hujjatlarga
to‗ liq mos kelishini tasdiqlovchi
hujjat
. Ushbu auditorlik
xulosasining namunasi 8-ilovada keltirilgan.
2.Shartli ijobiy auditorlik xulosasi - bu moliyaviy
hisobotning
umuman
to‗g‗riligini, uning
Qonunlar
va boshqa me‘ yoriy
hujjatlarga
asosan mos kelishini,
shuning bilan birga xo‗jalik faoliyatida uning ko‗rsatkichlarini buzib ko‗rsatilishiga va
foydalanuvchilar
qabul
qiladigan
qarorlarga
muhim ta‘sir etmaydigan ayrim
holatlarni
borligini tasdiqlovchi
hujjat
. Ushbu auditorlik xulosasining namunasi 9-ilovada
keltirilgan.
3.Salbiy auditorlik xulosasi - bu moliyaviy
hisobotni
to‗g‗ri emasligi, uning
Qonunlar
va boshqa me‘ yoriy
hujjatlarga
mos kelmasligini tasdiqlovchi
hujjat
. Ushbu
auditorlik xulosasining namunasi 10-ilovada keltirilgan.
4.Auditorlik xulosasini berishdan bosh tortish - bu moliyaviy
hisobotni
to‗g‗riligi, uning
Qonunlar
va boshqa me‘ yoriy
hujjatlarga
mos kelish yoki kelmasligini
aniqlash uchun mijoz tomonidan yetarlicha ma‘ lumotlar taqdim etilmaganda auditorlik
tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan
hujjat
. Auditorlik xulosasini berishdan bosh
tortish bo‗ yicha auditorlik tashkilotining xatining namunasi 11-ilovada keltirilgan.
Auditorlik faoliyati to‗g‗risidagi
qonun
hujjatlariga muvofiq soxta tuzilgan
auditorlik
hisoboti
va auditorlik xulosasi uchun uni taqdim etgan auditorlik tashkilotining
litsenziyasi, javobgar auditorlarning malaka sertifikatlari bekor
qilinadi
, shuningdek
ularga jinoiy javobgarlikga tortishgacha bo‗lgan jazo choralari
qo‘llanishi
mumkin.