36
1010 6010 4610 2810
1800000 1000000 300000 500000
Buxgalteriya o‗tqazmalarini berishda quyidagi ketma-ketlikga amal qilinishi lozim.
1.Yuz bergan operatsiyaning mazmuniga ko„ra unda qatnashgan schetlar
aniqlanadi.
2.Operatsiyada qatnashayotgan schetlarning aktiv yoki passiv schetlar ekanligi
aniqlanadi.
3.Aktiv va passiv schetlarda ko„payish va kamayishlarni ularning qaysi tarafida
aks ettirilishi tartibiga ko„ra ularning biri debetlanadi, ikkinchisi esa kreditlanadi.
Yuqoridagi keltirilgan buxgalteriya o‗tqazmalariga sharh:
1.Ta‟minotchidan 1000000 sumlik materiallar kelib tushgan, operatsiyada 1010
«Materiallar» va 6010 «Ta‟minotchilar va pudratchilarga to„lanadigan schetlar»
schetlari qatnashadi. 1010- schet aktiv, unda ko„payish yuz berayapti. Demak, ushbu
schet debetlanadi. 6010 –schet passiv schet hisoblanadi, unda ham ko„payish yuz
berayapti. Demak ushbu schet kreditlanadi.
2.Ta‟sischilardan ularning hissasi sifatida 300000 sumlik materiallar kelib tushdi.
Operatsiyada1010 «Materiallar» va 4610 «Ta‟sischilarning ustav kapitaliga badallari
bo„yicha qarzlari» schetlari qatnashadi. 1010- schet aktiv, unda ko„ payish yuz berayapti.
Demak, ushbu schet debetlanadi. 4610 –schet ham aktiv schet hisoblanadi, unda
kamayish yuz berayapti. Demak ushbu schet kreditlanadi.
3.500000 sumlik tayyor mahsulot materiallar schetiga o„ tqazildi. Operatsiyada
1010 «Materiallar» va 2810 « Tayyor mahsulotlar» schetlari qatnashadi. 1010- schet
aktiv, unda ko„payish yuz berayapti. Demak, ushbu schet debetlanadi. 2810 –schet ham
schet hisoblanadi, unda kamayish yuz berayapti. Demak ushbu schet kreditlanadi.
Buxgalteriya hisobi schetlariga ikki yoqlama yozuv katta nazorat ahamiyatiga ega.
Unda, bir tomondan balansdan tashqari barcha schetlarning o‗zaro aloqalari, schetlarning
oborot
va qoldiq summalarini tengligi, pirovardida schetlarning buxgalteriya balansi
bilan uzviy bog‗ liqligi yorqin namoyon bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: