Buxgalteriya hisobi schyotlarining tuzilishi va yuritilishi. Amaliyotda
buxgalteriya hisobi schyotlari kitoblar, jurnallar, memorial-orderlar, vedomostlar,
kartochkalar ko‗ rinishida qo‗lda yoki zamonaviy kompyuterlarning ekranlarida yuritiladi.
Ushbu hujjatlar buxgalteriya hisobi schyotlarining registrlari hisoblanadi. Registrlar
ko‗rinishida yuritiladigan buxgalteriya hisobi schyotlari yozuvlarni tartib bilan tizimlash
uchun ikki tomonga ajratiladi – chap va o‗ ng tomonlarga. Schyotlarning chap tomoni
«debet», o‗ng tomoni esa –
«kredit» deb ataladi.
2
Har bir schyot ichki tomondan to‗rtta elementni o‗z ichiga oladi:
Bosh qoldiq –bu schyot bo‗ yicha hisobot davri boshidagi qoldiq summa.
Buxgalterlar tilida uni «
bosh saldo » ham deb ataydilar.
Debet oborot – bu schyotning debet tarafiga yozilgan summalarning yig‗indisi.
Aktiv schyotlarda ushbu oborot hisobot davrida schyotning bosh qoldig‗i summasini jami
qanchaga ko‗payganligini bildiradi, passiv schyotlarda esa - hisobot davrida schyotning
bosh qoldig‗i summasini jami qanchaga kamayganligini bildiradi.
Kredit oborot - bu schyotning kredit tarafiga yozilgan summalarning yig‗indisi.
Aktiv schyotlarda ushbu oborot hisobot davrida schyotning bosh qoldig‗i summasini jami
qanchaga kamayganligini bildiradi, passiv schyotlarda esa - hisobot davrida schyotning
bosh qoldig‗i summasini jami qanchaga ko‗payganligini bildiradi.
Oxirgi qoldiq - bu schyot bo‗ yicha hisobot davri oxiridgi qoldiq summa.
Buxgalterlar tilida uni
«oxirgi saldo» ham deb ataydilar.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi schyotlarini grafik ko‗rinishda quyidagicha
ifodalash mumkin.
Schyotlarga ochilgan registrlarda buxgalteriya hisobi ob‘ektlari to‗ g‗risida ni aks
ettirish tartibi quyidagicha qabul qilingan
AKTIV SCHYOT PASSIV SCHYOT
Bosh qoldiq (Bq) Bosh qoldiq ( Bq)
Ko‗payishi ( + ) Kamayishi ( - ) Kamayishi (-) Ko‗payishi ( + )
Debet oborot (Do ) Debet oborot(DO) Kredit oborot (Ko)
Oxirgi qoldiq (Oq) Oxirgi qoldiq (Oq)
2
Debet – u
qarzdor
, kredit – u ishonadi degan ma‘noni bildiradi.
34
Aktiv va passiv schyotlarda davr oxiridagi qoldiq summa quyidagi matematik
algortmlar yordamida topiladi: