7.Quyidagi schetlarning qaysi biri oxirgi qoldiqga ega bo„lmadi? a) Kassa scheti b) Ishlab chiqarish scheti
v) To‗lanadigan schetlar scheti g) Sotish tannarxi scheti
1.3. Schyotlarga ikki yoqlama yozuv Buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlaridan farq qiladigan jihatlaridan biri
shundaki, yuz bergan operatsiyaning summasi unda ikki marta, ya‘ ni bir schetning
debetiga, boshqa bir schetning kreditiga yoziladi. Bunday yozuvga ikki yoqlama yozuv
usuli deb ataladi.
Schyotlarga ikki yoqlama yozuvni, boshqachasiga, buxgalteriya yozuvi,
buxgalteriya o‗tqazmasi deb ham ataydilar.
Buxgalteriya o‗tqazmalari
oddiy va murakkab turlarga bo‗ linadi.
Oddiy buxgalteriya o„tqazmasi deganda ikkita schet qatnashgan, shundan biri
debetlangan va boshqasi kreditlangan o‗tqazmaga aytiladi.
Murakkab o„tqazmalar – bu uch va undan ko‗p schetlar qatnashib tuzilgan
o‗tqazmalarga aytiladi. Bunday o‗tqazmalarda bitta schet debetlanib, ikki va undan ko‗p
boshqa schetlar kreditlanadi yoki shuning teskarisi bo‗ladi.
Buxgalteriya o‗ tqazmalarini turli usullarda berish mumkin : gorizontal, vertikal,
schetlar sxemasi ko‗rinishida.
Kredit_Summa'>Gorizontal usul asosan oddiy buxgalteriya o‗tqazmalarini berishda qo‗llaniladi va
taxminan quyidagi ko‗rinishga ega bo‗ladi:
Debet Kredit Summa 1010 6010 1000000
Vertikal usul oddiy va murakkab buxgalteriya yozuvlarida qo‗llaniladi va quyidagi
ko‗rinishda beriladi:
Oddiy o‗tqazmada
Debet 1010 1000000
Kredit 6010 1000000
Murakkab o‗tqazmada
Debet 1010 1800000
Debet 2010 600000
Kredit 6010 1000000
Debet 2310 200000