K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va


Qarz va kredit sifatida kiritilgan investitsiyalarni baholash. Qarz



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

Qarz va kredit sifatida kiritilgan investitsiyalarni baholash. Qarz
va kredit 
sifatida kiritilgan investitsiyalarni baholash ularning berish sanasidagi hisob qiymati
bo‗ yicha amalga oshiriladi. Hisob qiymati investitsiyaga kiritilgan aktivning turiga 
bog‗liq bo‗ ladi. 
Jumladan, qisqa va uzoq muddatga investitsiyaga kiritilgan asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlar balansda ularning boshlang‗ich qiymati bo‗ yicha baholanadi. Bu 
aktivlarni boshlang‗ich qiymatdan yuqori baholanib investitsiyaga kiritilishi korxonaga 
qo‗shimcha daromad keltirishi mumkin va aksincha, past qilib kiritilishi korxonaga zarar 
keltirishi mumkin. Lekinda har ikkala holda ham investitsiyaning balans qiymati ushbu 
aktivlar bo‗ yicha boshlang‗ich qiymatga teng bo‗lishi zarur. Investitsiya muddati 
tugagach bu turdagi aktivlar boshlang‗ich qiymatida mos schyotlar tarkibiga tiklanadi.
Qarz va kredit sifatida investitsiyaga kiritilgan tovar-moddiy zahiralar ularning
balans qiymatida, ya‘ni tannarxi bo‗ yicha balansda aks etishi lozim. Ushbu qiymatdan
chetlanish ( past yoki yuqori) korxonaga , xuddi uzoq muddatli aktivlar singari, mos 
ravishda zarar yeki qo‗shimcha daromad keltiradi. Moddiy zahiralarni qaytarilishi ham 
mos schetlarga balans qiymatida, ya‘ni tannarxi bo‗ yicha tiklanadi. 
Pul mablag‗larini qarz va kredit sifatida investitsiyaga kiritilishi ularning berilgan 
summadagi miqdorida baholanadi va o‗sha miqdorda qaytarilgach mos schetlarga 
tiklanadi. 
Qarz va kredit shartnomasiga muvofiq qarz va kredit sifatida kiritilgan 
investitsiyalar qayta baholanishi ham mumkin. Qayta baholash investitsiyaga kiritilgan 
asosiy vositalar va moddiy aktivlarning boshlang‗ich qiymatlari hukumat qarorlari yoki
korxonaning mulkini boshqa mulk shakliga aylanishi munosabati bilan mutassadi
tashkilot qarori bilan o‗zgartirilganda amalga oshiriladi. Bunday holda investor
investitsiyaga kiritgan uzoq muddatli aktivlarining balans qiymatini o‗zgartiradi va o‗sha 
qiymatda keyingi sanalarda ularni balansda aks ettiradi. Qayta baholash tovar-moddiy
zahiralarga ham taalluqli bo‗lib, ularning balans qiymatini o‗ zgarishi investitsiya 
qiymatini ham o‗zgarishiga olib keladi. Qarz va kredit sifatida investitsiyaga kiritilgan
aktivlarning qayta baholanishi shartnoma shartlariga muvofiq investorning oladigan 
daromadiga ta‘sir qilishi ham, ta‘ sir qilmasligi ham mumkin. 


94 
Aktivlarni qarz va kredit sifatida investitsiyaga kirituvchi korxonalar o‗zlarining 
hisob siyosatlarida baholash va qayta baholash tartiblarini , ularni korxona daromad va 
harajatlariga ta‘sirini , shuningdek qayta baholash natijalarini schetlarda aks ettirish
usullarini ochib berishlari lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin