126
kontraktiv schyot bo‗ lib, uning kreditida qoldiq tovarlarga to‗g‗ ri keladigan savdo
ustamalarining summasi va ularning ko‗payishi, kreditida esa –savdo ustamalarini
kamayishi aks ettiriladi. Savdo ustamalarining summasini tovarlarni sotilishi va boshqa
chiqimlari natijasida kamayishi ushbu schyotning kreditida «qizil yozuv» bilan ham aks
ettirilishi mumkin.
4-son BHMS ga muvofiq tovarlarni hisobga olishning ikkita tizimi mavjud:
1
.Davriy hisob tizimi
– bu tizim chakana savdo va ovqatlanish shahobchalariga
taalluqli bo‗lib, unda har bir tovarning sotilishi qat‘iy hujjatlashtirilmaydi,
shu sababli
sotilgan tovarlarning tannarxini har bir hujjat asosida aniqlab bo‗lmaydi. Ushbu
tizimdagi korxonalar hisobot davri ichida tovarlarni sotib olinishini vaqtinchalik 9140
«Davriy hisobda tovar-moddiy boyliklarni sotib olish» schyotining debetida (kredit 6010
«Ta‘ minotchilar va pudratchilarchilarga to‗lanadigan schyotlar» va boshqalar),
tovarlarning davr boshidagi va davr oxiridagi qoldiqlaridagi farqni esa vaqtinchalik 9150
«Davriy hisobda tovar-moddiy boyliklar bo‗ yicha tuzatishlar» schyotining debetida
(kredit 2910 «Ombordagi tovarlar») aks ettiradilar. Davr oxiridagi tovarlarning qoldig‗i
ushbu usulda faqat inventarizatsiya qilish yo‗ li bilan topiladi. Hisobot davr oxiriga kelib,
yuqoridagi vaqtinchalik schyotlar 9910 «Oxirgi moliyaviy natija» schyotining debetiga
yopiladi. Tovarlarning sotilishi ushbu usulda sotish bahosida quyidagi yozuvlar bilan aks
ettiriladi:
a)
Naqd sotilganda
Dostları ilə paylaş: