Chakana sotish – bu tovarlarni oxirgi iste‘ molchiga sotish. Ushbu savdo turini olib
boruvchi xo‗ jalik yurituvchi sub‘ektlar chakana savdo korxonalari deb ataladi. Chakana
savdo korxonalariga ovqatlanish korxonalari ham tenglashtiriladi. Chakana savdoning
harakterli xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
Tovarlarni naqd pulga sotilishi;
Tovarlarni savdo shahobchalarida savdo ustamalari bilan birga hisobga olinishi;
Tovarlarni naqdsiz mayda ulgurji sotilishini chegaralanganligi;
Har bir tovarning sotilishini hujjatli rasmiylashtirilmasligi, lekinda kassa apparati
pattasi bilan sotish summasini qayd etilishi;
Chakana savdo faoliyatini olib borish respublikamizda O‗zbekiston Vazirlar
Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan «O‗zbekiston
Respublikasida chakana savdo Qoidalari» tartibga solingan.
21- son BHMSda tovarlar hisobini olib borish uchun quyidagi schyotlar tizimi
ko‗zda tutilgan:
2910 «Ombordagi tovarlar» – ushbu schyot asosan ulgurji savdo va ovqatlanish
korxonalarida tovarlarning saqlanish joylaridagi (omborlardagi) holati va harakatini aks
ettirishga mo‗ljallangan.
2920 «Chakana savdodagi tovarlar» - ushbu schyot chakana savdo va
ovqatlanish korxonalarida (magazinlar, kioskalar, bufet va boshqa shahobchalardagi)
tovarlarning holati va harakatini aks ettirishga mo‗ljallangan.
2930 «Ko„rgazmadagi tovarlar » - ushbu schyot ulgurji, chakana va ovqatlanish
korxonalarining reklama qilish maqsadida ko‗rgazmalar va yarmarkalarga qo‗ yilgan
tovarlarini holati va harakatini aks ettirishga mo‗ljallangan.
2940 «Vaqtincha foydalanishga beriladigan buyumlar» – ushbu schyot maxsus
shahobchalar orqali to‗ lov asosida vaqtincha foydalanishga qo‗ yilgan buyumlarni holati
va harakatini aks ettirishga mo‗ljallangan.
2950 «Tovar bilan bo„lgan va bo„sh turgan idishlar» -ushbu schyot tovar bilan
birga bo‗lgan va bo‗sh turgan idishlarning holati va harakatini aks ettirishga
mo‗ljallangan.