19
Foyda(F)
– bu korxonaning daromadlari ( D) va harajatlari(X) o‗rtasidagi ijobiy
farq, ya‘ni
F = D > X.
Demak, qanchalik daromad ko‗p bo‗ lib, harajat kam bo‗lsa, korxonaning foydasi
shunchalik ko‗p bo‗ladi.
Zarar
– bu korxonaning daromadlari va harajatlari o‗rtasidagi salbiy farq,
boshqachasiga harajatlarni daromaddan ko‗p bo‗lishi, ya‘ni:
Z = D < X
Demak, korxona daromadga qanchalik ko‗ p harajat bilan erishsa, uning zarari
shunchalik ko‗p bo‗ladi.
Korxonaning faoliyat natijalari ko‗rsatkichlari buxgalteriya hisobining eng
ma‘ suliyatli bo‗limi, chunki ushbu ko‗rsatkichlarning miqdori ularni hisobda to‗g‗ri aks
ettirilganligiga va jamlanganligiga, hisobotlarni to‗g‗ri tuzilganligiga bevosita bog‗liq.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobining predmeti va ob‘ektlarini tashkil etuvchi
iqtisodiyotning quyi bo‗g‗ini bo‗lgan korxonalar faoliyatini aniq, batafsil ma‘lumotlarda
ifodalab, ularni boshqaruv organlariga, mulkdorlarga va boshqa qiziquvchilarga o‗z
vaqtida yetqazib berish ushbu soha xodimlarining jamiyatda tutgan o‗rnini yanada ham
oshishining muhim garovidir.
Dostları ilə paylaş: