K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va


Diskontlar (chegirmalar) bo„yicha muddati uzaytirilgan harajatlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə222/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

Diskontlar (chegirmalar) bo„yicha muddati uzaytirilgan harajatlar. 
Bunday 
harajatlar obligatsiyalarni chiqarib ularni nominal 
qiymatidan
past narxlarda sotgan 
korxonalarda vujudga keladi. Obligatsiyalarni nominal 
qiymatidan
past narxlarda bir 
yildan ortiq va undan kam muddatlarda 
qaytirish
sharti bilan sotgan korxonalarda 
berilgan chegirma summasi mos ravishda 0960 ―Diskontlar (chegirmalar) bo‗ yicha uzoq 
muddatli kechiktirilgan harajatlar‖ va 3220 ―Diskontlar (chegirmalar) bo‗ yicha
kechiktirilgan harajatlar‖ schyotlarida aks ettiriladi. Bunda mos ravishda 7830 ―Uzoq 
muddatli to‗lanadigan obligatsiyalar‖ va 6830 ―
Qisqa
muddatli to‗lanadigan 
obligatsiyalar‖ schyotlari kreditlanadi. 
Har
yilning oxirida uzoq muddatga kechiktirilgan 
diskont (chegirmalar)ning kelgusi joriy yilga tegishli bo‗lgan summasi 0960- schyotdan 
3220- schyotning debetiga o‗tqaziladi. Obligatsiyalarni
qaytarish
muddati kelgach, ular 
bo‗ yicha haridorga berilgan diskont (chegirma) summasi 3220- schyotdan
hisobot
yilning moliyaviy faoliyatiga doir harajatlarga , ya‘ni 9610 ―Foizlar ko‗rinishidagi 
harajatlar‖ schyotiga , o‗tqaziladi. 0960 va 3220- schyotlarning davr oxiridagi 
qoldig‘i
kelgusida moliyaviy faoliyat bo‗ yicha harajatlarga olib boriladigan muddati uzaytirilgan 
harajatlarning summasini ifodalaydi. 
 
Boshqa muddati uzaytirilgan harajatlar. 
Ushbu harajatlarga yuqoridagi 
gupuhlarga kirmay 
qolgan
muddati kechiktirilgan harajatlar, masalan mavsumiy 
ishlaydigan korxonalarda mavsum oldidan bajarilgan ishlarga sarflangan tayyorgarlikga 
sarflangan harajatlar, kiradi. Ushbu turdagi harajatlarning bir yildan ortiq muddatga 
tegishli 
qismi
0990 ― Boshqa uzoq muddatli uzaytirilgan harajatlar‖ va bir yilgacha 
muddatga tegishli 
qismi
3290 ― Boshqa muddati uzaytirilgan harajatlar‖ schyotlarida 
hisobga
olinadi. 
Har
yilning oxirida uzoq muddatga kechiktirilgan harajatlarning kelgusi 
joriy yilga tegishli bo‗lgan summasi 0990- schyotdan 3290- schyotning debetiga 
o‗tqaziladi. Isobdan chiqarish davri kelgach 3290- schyotda aks ettirilgan muddati 
uzaytirilgan harajatlar joriy yilning harajatlarini aks ettiruvchi schyotlarga
(2010,2310,2510,9410,9420 va boshqalar) olib boriladi. 0990 va 3290- schyotlarning 
debet 
qoldig‘i
kelgusida korxonaning joriy harajatlariga olib boriladigan muddati 
uzaytirilgan harajatlarining summasini ko‗rsatadi.
 
Muddati uzaytirilgan harajatlarning analitik 
hisobi
ularning turlari, 
hisobot
davrlari
va 
hisobdan
chiqarish muddatlari bo‗ yicha olib boriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin