Buxgalteriya balansining tuzilishi va tarkibi . Ham tenglik, ham hujjat sifatida
e‘tirof etiladigan buxgalteriya balansi ikki tomonli, ya‘ ni chap va o‗ng tomonli , jadval
ko‗rinishiga ega bo‗ladi. Jadvalning chap tomoni «Aktiv», o‗ng tomoni esa – «Passiv»
nomi bilan ataladi. Jadvalning «Aktiv» tomonida korxonaning xo‗ jalik aktivlari turlari
bo‗ yicha , jadvalning «Passiv» tomonida esa xo‗jalik aktivlari tashkil topish manbalari
bo‗ yicha aks ettiriladi. «Aktiv» va «Passiv» tomonlarda ko‗rsatilgan aktivlar va ularning
tashkil topish manbalari summalarining yig‗indisi bir biriga teng keladi, aynan shu
tenglik «balans» deyiladi.
Jadval ko‗rinishidagi buxgalteriya balansi ichki tomondan bo‗limlardan, bo‗limlar
esa- alohida moddalardan iborat bo‗ladi.
Balans bo„limi deganda korxona aktivlarini va ularning tashkil topish manbalarini
ifodalovchi moddalar summasini u yoki bu belgisiga qarab jamlash usuli tushuniladi.
Balans moddasi deganda balansning har bir qatori tushuniladi, har bir qator esa
o‗z navbatida bitta yoki bir nechta buxgalteriya hisobi schetlarini o‗z ichiga oladi.
Shuning uchun ham balansning tasdiqlangan shaklida har bir modda bo‗ yicha qavs ichida
tegishli schetlarning tartib raqamlari ko‗rsatilgan.
O‗zbekiston Respublikasida qo‗llanilayotgan buxgalteriya balansining «Aktiv»
tomoni xo‗ jalik aktivlarini xizmat muddatiga ko‗ra quyidagi ikki bo‗lim bo‗ yicha
tizimlashga asoslangan:
I-bo‘lim . «
Uzoq muddatli aktivlar». Ushbu bo‗limda 1 yildan ko‗p muddatda
oborotda bo‗ladigan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, moliyaviy va kapital
investitsiyalar, shuningdek uzoq muddatli debitorlik qarzlar va muddati uzaytirilgan
harajatlar ning qoldiq summalari ko‗rsatiladi.
II-bo‘lim .
«Joriy aktivlar». Ushbu bo‗limda 1 yilga oborotda bo‗ladigan ishlab
chiqarish zaxiralari va harajatlari, tayyor mahsulotlar va tovarlar, pul mablag‗lari,
debitorlik qarzlar va boshqa joriy aktivlarning qoldiq summalari ko‗rsatiladi.
Balansning «Passiv» tomoni xo‗jalik aktivlarini tashkil topish manbalarini turiga
qarab quyidagi ikki bo‗ lim bo‗ yicha tizimlashga asoslangan: