kutilmagan holatlar deganda oxirgi natijalari (foyda
yoki zarari) kelgusida noaniq xodisani (xodisalarni)
haqiqatda
yuz berishiga
qarab
tasdig‗ini oladigan vaziyatlar va
holatlar
tushuniladi. Buxgalteriya balansini tuzish
davomida aniqlangan bunday
holatlar
, odatda, xo‗jalik yurituvchi sub‘ektga foyda
keltirishi yoki zarar olib kelishi mumkin. Misol uchun,
hisobot
tuzish vaqtida
korxonaning u yoki bu debitori bo‗lgan tashkilotni bankrotga uchraganligi to‗g‗risida
ma‘ lumotni olinishi yoki kreditor tashkilot bilan sudlashish jarayonining davom
etayotganligi va undan kutilayotgan natijani taxminan ma‘lum bo‗lishi, korxonada balans
tuzish sanasidan uni e‘lon
qilish
sanasigacha yuz bergan tabiiy ofatlardan ko‗rilgan
zararlar, yong‗in, toshqin va shu kabi favqulotdagi
hodisalarning
oqibatlari, shu davrda
korxonaning mulkiy
holatiga
ta‘sir etadigan
qimmatli
qog‘ozlar
emissiyasi doir
operatsiyalarni yuz berishi,
qimmatli
qog‘ozlarni
qayta
baholanishi
hisobot
yili uchun
tuzilayotgan moliyaviy
hisobot
ko‗rsatkichlariga turlicha ta‘sir etishi mumkin. Shuning
uchun
ham
kutilmagan
holatlarning
natijalari kelgusida aniq bo‗lsada, lekinda
muhimliligiga
qarab
ular
hali
e‘lon
qilinmagan
moliyaviy
hisobotga
kiritilishi yoki unga
ilova
qilinadigan
tushuntirish xatida o‗z aksini topishi lozim.
Kutilmagan
holatlar
va xodisalar 16-son BHMS ga muvofiq (p.5) ikkita guruhga
bo‗linadi:
Kelgusida yuz beradigan va buxgalteriya balansini tuzish sanasida mavjud bo„lgan hodisalar -ushbu
hodisalarning
natijalari (foyda yoki zararlar) moliyaviy
hisobotda
hisoblash
tamoyiliga muvofiq ularni yuz berish ehtimoli, summasini aniq
topish imkonini borligiga
qarab
aks ettiriladi. Jumladan, zararlar
hisoblash
tamoyili va
yuqorida keltirilgan yuz berish ehtimoli va zarar summasini real aniqlash imkoniyatlari
mezonlariga ko‗ra
hisobotda
quyidagi
tartibda aks ettiriladi: