K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə266/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

Tashabbusli audit
deganda xo‗ jalik yurituvchi sub‘ektlar, shuningdek 
huquqni
muhofaza 
qilish
organlari tashabbusi bilan o‗tqaziladigan audit tushuniladi. Bunday 
auditning buyurtmachilari bo‗lib xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning o‗zlari, ularning 
investorlari, ta‘sischilari, aksionerlari, shuningdek ochilgan jinoiy ishlarni yakunlash 
maqsadida auditni tayinlagan 
huquqni
himoya
qilish
va boshqa nazorat organlari 
(prokuratura, sud, ichki ishlar organlari, soliq 
qonunchiligini
buzilishiga 
qarshi
kurashish 
deportamentlari) 
hisoblanadi
. Tashabbusli audit kompleks va tematik harakterga ega 
bo‗lishi mumkin. 
Tematik audit
deganda xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning, shuningdek boshqa 
qiziquvchi
tomonlarning tashabbusi bilan xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatiga 
tegishli bo‗lgan u yoki bu operatsiyalarni, jarayonlarni, aniq aktivlar va majburiyatlarni, 
moliyaviy munosabatlarni, buxgalteriya 
hisobining
tegishli bo‗ limlarini yoki hujjatlarini 
auditorlik tekshiruvidan o‗tqazish tushuniladi. Tematik auditda auditorlik xulosasi 
faqatgina tekshirish ob‘ektiga nisbatan beriladi. Maqsadiga ko‗ra tematik audit 
tasdiqlovchi audit 
hisoblanadi
, chunki uning natijasida auditorlar tekshirish ob‘ekti 
bo‗ yicha mavjud 
holatlarni
harakatdagi 
qonunlar
va boshqa me‘ yoriy hujjatlarga mos 
kelish yoki kelmasligi to‗g‗risida xulosa beradilar. Iqtisodiy adabiyotlarda tematik auditni 
turlicha boshqa nomlar bilan 
ham
ataydilar, masalan, moliyaviy audit, boshqaruv auditi 
va boshqalar.
Moliyaviy audit
– bu xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning moliyaviy 
holatiga
baho 
berish maqsadida o‗tqazilgan audit.Ushbu audit korxonalarning o‗zlari, uning investorlari 
va ta‘sischilari, aksionerlari, kuzatuv kengashi va nazorat organlari tashabbusi bilan 
o‗tqaziladi. 
Boshqaruv auditi
deganda xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatining boshqaruv 
tizimi samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan audit tushuniladi. Boshqaruv 
auditining ob‘ekti bo‗lib xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning tashkiliy tuzilmalari 
(bo‗linmalari) faoliyati, xo‗jalik jarayonlari, ularga sarflangan harajatlar va boshqalar 
hisoblanadi
. Ushbu audit xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar, ularning ta‘sischilari va 
investorlarining tashabbusi bilan o‗tqaziladi. 
Auditning asosiy vazifalari bo‗lib 
quyidagilar
hisoblanadi

shartnomalarda ko‗rsatilgan kompleks yoki tematik audit ob‘ektlari bo‗ yicha 
harakatdagi 
qonunlar
va boshqa me‘ yoriy hujjatlarga amal 
qilinganlikni
aniqlash, mavjud 
kamchiliklarni ochib berish; 
xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning buxgalteriya 
hisobi
va 
hisoboti
holatini
baholash
va unga xulosa berish
mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‗ yicha aniq tavsiyalarni ishlab chiqish; 
xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga
hisobni
yuritish, uni tiklash, soliq 
deklaratsiyalarini tuzish, mavjud kamchiliklarni bartaraf 
qilishda
amaliy yordam 
ko‗rsatish, maslahatlar berish va boshqalar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin