242
Auditning predmeti deganda auditorlik tekshiruvi o‗tqaziladigan ob‘ ektlar majmuasi
tushuniladi. Bunday ob‘ektlar bo‗lib, xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning moliyaviy
xo‗jalik faoliyati, ushbu faoliyatni tashkil etuvchi barcha jarayonlar va operatsiyalar,
xo‗jalik mablag‗lari, mablag‗larni tashkil topish manbalari,
hisob
-kitoblar, o‗zaro
munosabatlar, moliyaviy xo‗jalik faoliyati ko‗rsatkichlari, ularni aks ettiruvchi
boshlang‗ich, oraliq va yig‗ ma hujjatlar, moliyaviy va statistik
hisobotlar
, xo‗jalik
yurituvchi sub‘ektlarning rahbarlari
hamda
boshqa ma‘sul va moddiy javobgar
shaxslarning faoliyatlari, buyruqlar,
qarorlar
va boshqalar
hisoblanadi
. Faoliyat sifatida
audit yuqorida keltirilgan ob‘ektlarni tekshirish, ularga baho berish va biron-bir xulosaga
kelishni bildiradi. Iqtisodiy fan sifatida audit belgilangan ob‘ektlarni tekshirish tartibini,
tekshirish natijalarini chiqarish, rasmiylashtirish va tadbiq etish usullarini o‗rgatadi.
Auditning predmeti va ob‘ektlari belgilangan auditorlik tekshiruvining turiga,
maqsadiga va unga
qo‘yilgan
vazifalarga bog‗liq bo‗ ladi. Misol uchun, kompleks
auditning predmeti sifatida xo‗jalik yurituvchi sub‘ektning ma‘lum bir
hisobot
yillardagi
moliyaviy xo‗ jalik faoliyati olinishi mumkin. Tematik auditning predmeti sifatida
buxgalteriya
hisobining
ma‘lum bir bo‗limi yoki moliyaviy xo‗jalik faoliyatining aniq
ko‗rsatkichi tanlab olinishi mumkin. Bundan xulosa
qilish
mumkinki, auditning predmeti
va ob‘ektlari juda keng
qamrovlidir
.
Auditni faqat buxgalteriya
hisobiga
tegishli deb o‗ ylamaslik kerak. Buxgalteriya
hisobi
, unda aks ettiriladigan ob‘ektlar (1-bobga
qarang
), albatta, auditning muhim
ob‘ektlari
hisoblanadi
. Shuning bilan birga auditning ob‘ektlari bo‗lib boshqaruv
hujjatlari
( biznes-reja, buyruqlar,
qarorlar
, ustav, shartnomalar, bayonnomalar), ma‘sul
va moddiy javobgar shaxslar faoliyati, ular o‗rtasidagi munosabatlar va boshqalar
ham
hisoblanadi
(15-chizmaga
qarang
).
Dostları ilə paylaş: