237
«auditor»
– bu lotincha
«auditor
» so‗zidan olingan bo‗lib, rus tiliga
«slushatel»
,
«uchenik»,
«sledovatel
» ma‘nolarida tarjima etilgan.
6
bizning tilimizga auditor so‗zini
rus tilidan tarjima etsak, u mos ravishda
«eshituvchi»,
«o„quvchi
»,
«tergovchi
»
ma‘ nolarini anglatadi.
Ijtimoiy
hayotda
«audit» iqtisodiy tushuncha sifatida, jarayon sifatida, yuridik
shaxslar faoliyati sifatida,
tizim sifatida, o‗zining nazariyasi va metodologiyasiga ega
bo‗lgan maxsus fan sifatida
qaraladi
. Ushbu sifatdagi auditning mohiyati adabiyotlarda
turlicha e‘tirof etilgan.
«audit –xo‗jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil etish va nazorat
qilishning
nisbatan yangi
yo‗ nalishi», …. «audit – bu biznesni o‗ ziga xos ekspertizasi» deb e‘tirof etgan uning
mohiyatini rus olimi professor p.i. kamishanov.
«audit- bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy
hisobotini
yoki u bilan bog‗liq moliyaviy axborotni, bu
hisobot
yoki axborotning
qonun
va boshqa normativ hujjatlarga muvofiqlik darajasi to‗g‗risida xulosa chiqarish
maqsadida tadqiq etilishi», deb ta‘ kidlaydi professor m.m. to‗laxo‗jayeva
7
.
«audit ( auditing) –bu dahlsiz kompetent xodim tomonidan axborotlarni belgilangan
mezonlarga mosligini aniqlash va xolisona xulosa berishi maqsadida xo‗jalik
tizimi
to‗g‗risidagi axborotlarni to‗plash va baholash jarayoni‖
8
«auditning mohiyati – bozor iqtisodiyoti sharoitida uning ob‘ektiv iqtisodiy
taraqqiyot
qonunlari
, kategoriyalari,
halqaro
hamjamiyatda tan olingan
hamda
ayrim
olingan bir konkret mamlakatda amal
qilayotgan
me‘ yoriy hujjatlarning talablariga mos
tekshiruv ob‘ektida uning barcha faoliyatlari raqamlar yordamida ifodalangan, maxsus
tizim asosida xulosa va takliflar berishdan iborat», deb yozadi professor n.sanayev
9
.
Professor x.n.musayev auditning mohiyatini
quyidagicha
e‘tirof etgan: «audit –bu
muayyan
vakolatlar berilgan shaxslar, ya‘ni auditorlar tomonidan xo‗jalik yuritayotgan
sub‘ektlar faoliyatlarining respublikada
qabul
qilingan
qonun
-
qoidalarga
muvofiqligini
tekshirish yo‗li bilan baholash va xolisona xulosalar berishdir»
10
O‗zbekiston respublikasining «auditorlik faoliyati to‗g‗risida
qonuni
» da (2-modda)
auditning mohiyatiga
quyidagicha
ta‘rif berilgan: «auditorlik faoliyati deganda auditorlik
tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o‗tqazish va boshqa shu bilan bog‗liq
professional xizmatlar ko‗rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi»
11
.
Yuqoridagi ta‘riflardan ko‗rinib turibdiki, audit, bir tomondan jismoniy
shaxslarning, ya‘ni auditorlarning, ikkinchi tomondan esa yuridik shaxslarning, ya‘ni
auditorlik
tashkilotlarning, tadbirkorlik faoliyati
hisoblanadi
. O‗zbekiston
Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‗g‗risida
Qonuni
»ining oxirgi taxririga muvofiq
auditorlik faoliyati individium, ya‘ni alohida olingan jismoniy shaxs, faoliyati bo‗lishi
mumkin emas, audit faqat maxsus litsenziyaga ega bo‗lgan auditorlik tashkilotining
tadbirkorlik faoliyati
hisoblanadi
. Shuning bilan birga auditorlik tashkilotlarining ushbu
tadbirkorlik faoliyati maxsus auditorlik sertifikatiga ega bo‗lgan xodimlari tomonidan
amalga oshiriladi. Auditorlarning o‗zi mustaqil o‗z nomidan auditorlik faoliyati bilan
6
Qarang: Kamishanov P.I. ZNAKOMTES : AUDIT, Moskva, 1994, str.4
7
Qarang: To‗laxo‗jayeva M..M. Moliyaviy ahvolning auditi. «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi,
Toshkent, 1996, 94-bet.
8
Qarang : E.A.Arens., Dj.K. Lobbek. Audit. - M, Finansi i statistika, 1995, str.7
9
Qarang: Sanayev N, Narziyev R. Audit. Darslik, «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik koppaniyasi Bosh
tahririyati, Toshkent, 2001, 33-bet.
10
Qarang: Musayev X.N. Audit. Darslik, «Moliya» nashriyoti, Toshkent, 2003, 18-bet.
11
Qarang: O‗zbekiston Respublikasi Qonuni «Auditorlik faoliyati to‗ g‗risida», 2002 yil 25 mayda qabul qilingan.
238
shug‗ullanishi mumkin emas, respublikamiz
Qonunlariga
muvofiq ularga bunday vakolat
berilmagan.
Bundan kelib chiqib, auditni alohida shaxslarning faoliyati, harakati,
tekshiruvi deb e‘tirof etgan fikrlarga to‗liq
qo‘shilib
bo‗lmaydi. Shuning bilan birga
«audit» va «auditorlik faoliyati» atamalarini bir xil mazmunda talqin etgan fikrlarni
ham
to‗liq to‗g‗ri deb
hisoblab
bo‗lmaydi, chunki «audit» va «auditorlik faoliyati» bir xil
mazmundagi sinonim so‗zlar emas.
Bizningcha, auditni yaxlit tizim sifatida
qarash
, auditorlik faoliyatini esa ushbu
tizimning
amaliy tadbiqi deb
qarash
maqsadga muvofiq. Tizim sifatida audit jamiyat
miqiyosida mavjud bo‗ ladi. Yaxlit tizimni tashkil etuvchi auditni ichki va tashqi auditga
bo‗lish mumkin. Ichki audit iqtisodiyotning
quyi
bo‗g‗ini bo‗lgan xo‗jalik yurituvchi
sub‘ektlarda ichki nazorat vositasi
hisoblanadi
.Tashqi audit davlat va xo‗jalik yurituvchi
sub‘ektlar manfaatlari nuqtai nazaridan mustaqil auditorlik tashkilotlari tomonidan
o‗tqaziladigan nazorat vositasi
hisoblanadi
. Tashqi audit davlat tomonidan me‘ yoriy
hujjatlar
asosida tartibga solinadi. Jumladan, bizning respublikamizda
tashqi auditni
boshqarish, unga metodologik rahbarlikni olib borish, auditni o‗tqazish tartib-
qoidalarini
aks ettiruvchi me‘ yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, amaliyotga ushbu hujjatlarni joriy
qilish
, ularga amal
qilinayotganligini
nazorat
qilish
, ushbu tizim xodimlarini o‗ qitish va
sertifikatlash, malakasini oshirish, attestatsiya
qilish
Moliya Vazirligi tomonidan amalga
oshiriladi.
Auditorlik faoliyati maxsus auditorlik tashkilotining boshqa yuridik shaxslarga
ko‗rsatayotgan xizmatlarining majmuasi, shuningdek xo‗jalik yurituvchi sub‘ektning
maxsus bo‗limlari yoki xodimlarining tasdiqlangan Nizomlarga ko‗ra yuritayotgan ish
faoliyati
hisoblanadi
. Auditorlik tashkilotlarining bunday faoliyatlari shartnomalar
asosida
amalga oshirilganligi uchun
ham
u tadbirkorlik faoliyati
hisoblanadi
. Xo‗jalik
yurituvchi sub‘ektning maxsus audit bo‗limi yoki ichki auditorlarining tasdiqlangan
Nizomlarga ko‗ra yuritayotgan ish faoliyati tadbirkordik faoliyati
hisoblanmaydi
, balkim
ularning kasbiy ishlari
hisoblanadi
.
Auditning mohiyati uning tarkibiy komponetlarining mazmunida yorqin namoyon
bo‗ladi. Bunday komponentlar bo‗lib
quyidagilar
hisoblanadi
(14-chizmaga
qarang
).
Dostları ilə paylaş: