228
Nazorat
– bu manfaat ko‗rish maqsadida xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning
moliyaviy va xo‗jalik siyosatini belgilab berish
huquqi
.
Alohida moliyaviy
hisobot
– bu guruhni
har
bir a‘zosining mustaqil moliyaviy
hisoboti
.
Guruh a‟zolarining
hissasi
– bu bosh korxonaga tegishli bo‗lmagan, guruhning
konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy
hisobotida
uning a‘zolarini alohida
hissasi
sifatida
ko‗rsatiladigan daromad (zarar) va aktivlarning summasi.
O‗zbekiston
Respublikasining
harakatdagi
qonunlariga
muvofiq
konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy
hisobotni
tuzishda
quyidagi
tamoyillarga amal
qilinadi
:
Bosh korxona va uning
har
bir sho‗‘ ba xo‗jalik jamiyati alohida yuridik shaxs
sifatida faoliyat yurituvchi va soliq to‗lovchi
hisoblanadi
.
Guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy
hisoboti
faqat guruh rahbariyati
uchun strategik boshqaruv, erishilgan sof moliyaviy natijalarni birlashtirish va guruh
a‘zolari o‗rtasida ularning
hissasiga
qarab
taqsimlash maqsadida tuziladi.
Guruhga tegishli bo‗lmagan mulk konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy
hisobotda
guruh a‘zolarining
hissasi
sifatida aks ettiriladi.
Sho‗‘ba korxonalarning ustav kapitaliga kiritilgan bosh korxonaning ta‘sis badali
guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy
hisobotida
moliyaviy investitsiya sifatida
qaralmaydi
.
Bosh korxonaga va uning sho‗‘ba xo‗jalik jamiyatlariga tegishli bo‗lgan mol-
mulk, debitorlik va kreditorlik
qarzlar
(ichki
hisob
-kitoblardan tashqari), kelgusi davr
harajatlari, tashkil etilgan kapital (fondlar), chetdan olingan maqsadli tushumlar
guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy
hisobotida
satrma-satr arifmetik yo‗ l
bilan jamlangan
holda
ko‗rsatiladi.
O‗zaro xo‗jalik munosabatlar evaziga erishilgan daromad va harajatlar, foyda va
zararlar,
hisoblangan
dividendlar bosh korxona va sho‗‘ba xo‗jalik jamiyatlarining
hisobotlarida
to‗ lig‗icha ko‗rsatiladi, lekinda guruhning konsolidatsiyalashtirilgan
moliyaviy
hisobotida
bu ko‗rsatkichlar chegirib tashlanadi.
Guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy
hisobotini
tuzish uchun unda bosh
kitob yuritilmaydi, shuningdek unga buxgalterlik yozuvlari
qilinmaydi
.
Guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy
hisobotini
tuzish faqat jamlama
hisobot
shakllarini va analitik jadvallarni to‗ldirish yo‗li bilan amalga oshiriladi.
Guruhning
konsolidatsiyalashtirilgan
moliyaviy
hisoboti
o‗z
ichiga
konsolidatsiyalashtirilgan buxgalteriya balansi, konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy
natijalar to‗g‗risida
hisobot
va moliyaviy
hisobotning
boshqa konsolidatsiyalashtirilgan
shakllarini oladi.
Konsolidatsiyalashtirilgan
moliyaviy
hisobotni
tuzish
tartibini
konsolidatsiyalashtirilgan buxgalteriya balansi va konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy
natijalar to‗ g‗risida
hisobot
bo‗ yicha
quyidagi
misollar asosida ko‗rib chiqaylik.
Dostları ilə paylaş: