K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə271/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

 
 
 
 


246 
XY –bob. AUDI TNING
HUQUQIY
VA TASHKILIY ASOSLARI
 
15.1.Auditning 
huquqiy
 asoslari 
Audit, oldingi bobda aytib o‗tganimizdek, davlat tomonidan tartibga solinadigan 
tizim. Bu 
ham
ichki, 
ham
tashqi auditga taalluqlidir. 
Ichki auditning 
huquqiy
-me‘ yoriy asoslari respublikamizda «Korxonalar to‗g‗risida 
Qonun
», «Buxgalteriya 
hisobi
to‗g‗risida 
Qonun
» 
hamda
boshqa 
Qonunlar
va me‘ yoriy 
hujjatlarda
belgilangan. Ushbu 
Qonunlar
va me‘ yoriy 
hujjatlarga
muvofiq xo‗jalik 
yurituvchi sub‘ektlarning rahbarlari ichki auditga doir
hujjatlarni
ishlab chiqishlari va 
ularga amal 
qilishlari
lozim. 
Tashqi auditning 
huquqiy
–me‘ yoriy asoslari respublikamizda yuqorida keltirilgan 
qonunlardan
tashqari «Auditorlik faoliyati to‗g‗risida 
Qonun
»,
hukumat
qarorlari
,
auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS), yo‗riqnomalar va boshqa me‘ yoriy 
hujjatlarda
belgilangan. 
29 ta moddadan iborat «Auditorlik faoliyati to‗g‗ risida 
Qonun
» auditning 
mohiyatini, uning turlari, maqsadi va vazifalarini, auditorlik faoliyati bilan 
shug‗ullanuvchi tashkilotlarning statusini, ya‘ ni ularni tuzish va yopish tartibini
auditorlik faoliyatini litsenziyalash, litsenziyalarni to‗xtatish va bekor 
qilish
tartibini, 
auditorlik tashkilotlarining, shuningdek auditorlar va ularning yordamchilarining
huquqlari
, majburiyatlari va javobgarliklarini, auditorlik tekshiruvi natijalarini 
rasmiylashtirish va tadbiq etish tartibini belgilab beruvchi asosiy 
hujjat
hisoblanadi
.
Qonunga
muvofiq tashqi audit respublikamizda faqatgina maxsus litsenziyaga ega 
bo‗lgan auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Auditorlik tashkilotlari
qonunlarga
asosan faqat jismoniy shaxslar tomonidan xususiy korxonalar va 
kompaniyalar statusida (ma‘suliyati cheklangan jamiyat, firma, yopiq aksionerlik 
jamiyati ko‗rinishlarida) tashkil etiladi. Davlat organlari va xo‗jalik yurituvchi 
sub‘ektlarning ta‘sischiligida auditorlik tashkilotlarini tuzish 
qat’iyan
man etiladi.
Auditorlik tashkilotlarini tuzishda, shuningdek ular faoliyatini litsenziyalashda 
ma‘ lum tartiblarga amal 
qilinadi
, jumladan 
Qonunning
5-moddasiga, shuningdek 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahkamasining 2000 yil 22 
sentyabrdagi «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining 
ahamiyatini oshirish to‗g‗risida» 365-son 
qarori
va ushbu 
qaror
bilan tasdiqlangan 
«Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish 
tartibi to‗g‗risida Nizom» ga muvofiq: 
auditorlik tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori ta‘sis etish sanasida eng 
kam ish 
haqining
kamida 1200 barobariga teng bo‗lishi kerak; 
ushbu ustav kapitalining eng kamida 51 foizi bitta yoki bir nechta auditorlarga 
tegishli bo‗lishi kerak; 
auditorlik tashkilotining shtati kamida ikkita auditordan tashkil topishi lozim; 
auditorlik tashkilotining rahbari albatta auditor bo‗lishi kerak.
Auditorlik tashkilotlarining ustav kapitalini shakllantirish muddati boshqa yuridik 
shaxslar singari tashkil etilgan kundan boshlab bir yil 
hisoblanadi
. Ushbu muddatda o‗z 
ustav kapitalini shakllantirmagan auditorlik tashkilotlari yuridik statusga ega 
bo‗lmaydilar va 
qonun
hujjatlariga
muvofiq yopilishi lozim. 
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyati bilan faqatgina litsenziya olgan kundan 
boshlab shug‗ullanish 
huquqiga
egadirlar. Litsenziya olgan kungacha o‗tqazilgan 
auditorlik tekshiruvi 
qonuniy
hisoblanmaydi
, ushbu tartibga amal 
qilmagan
auditorlik 


247 
tashkilotlarining faoliyati Moliya Vazirligining buyrug‗i bilan to‗xtatiladi, tegishli 
holda
uning litsenziyasi bekor 
qilinadi

Qonunga
va Nizomga muvofiq auditorlik faoliyatini litsenziyalash O‗zbekiston 
Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Olingan litsenziya faqat besh yil muddatda kuchga ega. Ushbu muddat tugagach 
auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini faqatgina yangi litsenziya olgan kundan boshlab 
davom ettirishi mumkin. 
Qonun
auditorlik tashkilotlarining xodimlari statusini belgilab beruvchi asosiy 
hujjatdir
. Bunday xodimlar bo‗lib auditorlar, auditorlarning yordamchilari 
hisoblanadi

Qonunga
muvofiq (3,4-moddalar): 
auditor
– bu kvalifikatsion sertifikatga ega bo‗lgan jismoniy shaxs. Bunday 
kvalifikatsion sertifikat O‗zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan
tasdiqlangan o‗quv dasturiga muvofiq maxsus kurslarni bitirgan va malaka sertifikati 
uchun ushbu vazirlikning buyrug‗ i bilan tasdiqlangan davlat attestatsiyasi komissiyasiga 
imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga beriladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin