43
4. 3-testda keltirilgan xolatda ortiqchani buxgalter kanday schetga olib
borishi kerak edi?
a) Harajatlar schetiga b) Daromadlar schetiga
v) Aktivlar schetiga g) Majburiyatlar schetiga
2.7.Moliyaviy hisobot
Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarda hisob jarayonining oxirgi bosqichi bo‗lib hisobot
hisoblanadi.
Hisobot
– bu ma‘lum davrdagi moliyaviy xo‗jalik faoliyati ko‗ rsatkichlarini pulda
belgilangan shakl va mazmunda ifodalash usuli.
Moliyaviy hisobot
–bu korxona va tashkilotlarning moliyaviy-xo‗jalik
faoliyati
ko‗rsatkichlarini o‗ zida mujassamlashtirgan hisobot shakllari majmuasi.
Moliyaviy hisobot davlat ahamiyatiga molik buxgalteriya hujjatlari tizimi
hisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotning turlari, tarkibi, shakllari,
tayyorlanishi va taqdim etilishi Moliya Vazirligi tomonidan
belgilangan Qoidalar va
Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu hujjatlarga asosan moliyaviy hisobot choraklik,
yarim yillik va yillik
hisobotlarga bo‗linadi. Ularda ma‘lumotlar yil boshidan o‗sib borish tartibida ko‗rsatiladi
va mos ravishda choraklik,
yarim yillik, to‗qqiz oylik va yillik faoliyat natijalarini
ko‗rsatadi.
Moliyaviy hisobotlar shakllarini to‗ldirish Tartibiga muvofiq
moliyaviy hisobotning
tarkibi hisobot davrlari bo‗ yicha o‗z ichiga quyidagi hisobot shakllarini oladi:
Hisobot turlari
Hisobot shakllari
Yillik
1.
1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»
2.
2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to‗g‗risida hisobot»
3.
3-sonli shakl «Asosiy vositalar to‗ g‗risida hisobot»
4.
4-sonli shakl « Pul oqimlari to‗g‗risida hisobot»
5.
5-sonli shakl «Xususiy kapital to‗ g‗risida hisobot»
6.
2a –sonli shakl « Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‗g‗risida
ma‘ lumotnoma»
7.
2b –sonli shakl « Korxonaning moliyaviy –iqtisodiy holati
to‗g‗risida ma‘lumotnoma»
Yarim yillik
1.1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»
2.2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to‗g‗risida hisobot»
3.4-sonli « Pul oqimlari to‗g‗risida hisobot»
4.2a –sonli shakl « Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‗g‗risida
ma‘ lumotnoma»
Choraklik
1.1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»
2.2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to‗g‗risida hisobot»
3..2a –sonli shakl « Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‗g‗risida
ma‘ lumotnoma»
44
Yillik moliyaviy hisobotga quyidagi ilovalar qilinadi:
Moliyaviy-xo‗jalik faoliyati ko‗rsatkichlariga ta‘sir qilgan omillarni o‗zida bayon
etuvchi tushuntirish xati va hisobotning ayrim moddalari bo‗ yicha tavsifli jadvallar;
Moliyaviy hisobot bo‗ yicha olingan xolis auditorlik xulosasi
Moliyaviy hisobotni ko‗rib chiqish yakunlari va sof foydani taqsimlash bo‗ yicha
qaror;
Kelgusi yil uchun hisob siyosati.
Kichik biznes korxonalarida moliyaviy hisobot shakllari faqat yil yakuni bo‗ yicha
tuziladi.
Moliyaviy hisobotning barcha shakllari uch qismdan iborat bo‗ladi:
Dostları ilə paylaş: