52
11- chizma.
Kompyuterlashtirilgan shaklda hisob ma‟lumotlarini jamlash
tartibi
5.Kartochkalar -
bular xo‗jalik operatsiyalarini qayd etish uchun mo‗ljallangan va
alohida hisob varaqalari sifatida qalin qog‗ozga yoki karton qog‗ozga tipografik usulda
ma‘ lum shaklda tayyorlangan registrlar. Ularga misol etib ombor hisobi kartochkasini,
xodimning
shaxsiy scheti kartochkasini, avtomobillar ishi hisobi kartochkasini va
boshqalarni keltirish mumkin.
6.Mashinogrammalar -
bular zamonaviy kompyuterlarda
tegishli algoritmlar va
dasturlar asosida shakllangan analitik va sintetik hisob, shuningdek moliyaviy hisobot
registrlari. Mashinogrammalar buxgalteriya hisobining kompyuterlashtirilgan shaklini
asosini tashkil etadi.
Turli hisob registrlariga asoslangan buxgalteriya
hisobining turli shaklida
ma‘ lumotlarni yig‗ish, qayd etish, guruhlash va jamlash o‗ziga
xos xususiyatlarga ega
(8,9,10,11- chizmalarga qarang). Shuning bilan birga barcha hisob shakllarida
ma‘ lumotlarni yig‗ish, qayd etish va jamlash quyidagi umumiy
ketma ketlikda amalga
oshiriladi :
1.Barcha yuz bergan va tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan xo„jalik
operatsiyalari schetlarga ochilgan analitik va sintetik hisob registrlarida (hisobotlar,
qaydnomalar, jurnal-orderlar, memorial -orderlar) xronoligik tarzda qayd etiladi. Ko„p
martalab yuz beradigan operatsiyalar dastlab jamlovchi qaydnomalarga o„tqaziladi,
ularning jamlangan ma‟lumotlari esa oy oxirida jurnal-orderlarga (memorial-
orderlarga, analitik hisob mashinogrammalariga ) o„tqaziladi.
Boshlang‗ ich axborotlar
Ma‘lumotlarni kompyuterga kiritish
Ma‘lumotlar bazasi
Natijaviy ma‘lumotlarni chiqarishga mo‗ljallangan
rejimlar bo‗ yicha ishlash va ularni shakllantirish
Analitik
hisob
mashino-
grammalari
Sintetik
hisob
mashino-
grammalari
Moliyaviy
hisobot
shakllari
53
2.Jurnal-orderlar, memorial-orderlar, analitik hisob mashinogrammalari,
qaydnomalarning yig„ ma ma‟lumotlari Bosh kitobga o„tqaziladi.
3.Bosh kitob ma‟ lumotlari asosida buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning
boshqa shakllari tuziladi.
Kichik tadbirkorlik sub‘ektlariga buxgalteriya hisobini yuritishda soddalashtirilgan
shaklni qo‗ llash ruxsat etilgan. O‗zbekiston Respublikasida
ushbu hisob shaklining
registrlari, ularni tuzish tartibi 20-son BXMS bilan belgilangan. Boshqa turdagi
korxonalar buxgalteriya hisobini o‗zlarining hisob siyosatlarida ko‗ rsatilgan shaklda olib
boradilar.
Dostları ilə paylaş: