59
Qoldik qiymat
–
bu asosiy vositalarning boshlang‗ich qiymati va jamlangan eskirish
summasi o‗rtasidagi farqi. Bu qiymatni
balans qiymati
ham deb ataydilar, chunki aynan
shu qiymatda asosiy vositalar korxonaning balansida aks ettiriladi.
Sotish qiymati
– bu asosiy vositalarning sotish vaqtida sotuvchi va sotib oluvchi
o‗rtasida kelishilgan shartnomaviy qiymat.
Asosiy vositalar bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari
bo‗lib
quyidagilar hisoblanadi:
Asosiy vositalar holati va harakatini to‗g‗ri, o‗z vaqtida tegishli boshlang‗ich
hujjatlar bilan rasmiylashtirish va hisobga olish;
Asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) ni belgilangan usul va me‘ yorlar
bo‗ yicha to‗g‗ri hisoblash;
Asosiy vositalarni Soliq Kodeksiga muvofiq soliqga tortilishini ta‘ minlash;
Asosiy vositalarning butligini ta‘ minlash, buning uchun ularni belgilangan
muddatlarda qayta ro‗ yxatdan o‗tqazish (inventarizatsiya qilish), uning natijalarini to‗g‗ri
aniqlash va hisobga olish;
Mavjud asosiy vositalardan unumli foydalanish, buning uchun ularni ishsiz turib
qolishlariga yo‗l qo‗ ymaslik, keraksiz asosiy vositalarni ijaraga berish, likvidatsiya
kilish, bepul berish yoki sotish natijalarini to‗ g‗ri hisobga olish;
Asosiy vositalarga qilingan qo‗shimcha harajatlarni (kapital quyilmalarni, joriy va
kapital ta‘ mirlash harajatlarini) to‗g‗ri hisobga olish, ularni o‗z vaqtida maqsadiga qarab
asosiy vositalarning qiymatiga yoki korxona harajatlariga kiritish;
Asosiy vositalar bo‗ yicha lizing operatsiyalarini to‗g‗ri rasmiylashtirish va hisobga
olish;
Asosiy vositalar holati va harakati to‗g‗risidagi hisobotni to‗g‗ri tuzish va tegishli
organlarga o‗z vaqtida taqdim etish.
Dostları ilə paylaş: