Soliq solish bazasidan qiymati chegirib tashlanadigan asosiy vositalar №
Asosiy vositalarning turlari 1 Soliq to‗lovchining balansida turgan uy-joy-kommunal va ijtimoiy-madaniy soha
ob‘ektlari.
2 Tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlarida va yong‗inga qarshi
xavfsizlik uchun foydalaniladigan ob‘ektlar.
3 Qishloq xo‗jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularning seleksiyasi, baliq
yetishtirish, ovlash va uni qayta ishlash uchun foydalaniladigan ob‘ektlar.
4 Mahsulot o‗tkazgichlar, aloqa yo‗llari (shu jumladan avtomobil yo‗llari), aloqa va
energiya uzatish liniyalarining, shuningdek ularni foydalanishga yaroqli holda
saqlab turish maqsadida qurilgan inshootlar.
5 Aloqa yo‗ldoshlari.
6 Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan konservatsiya qilingan asosiy vositalar.
7 Shahar yo‗lovchilar transporti (taksidan, shu jumladan yo‗nalishli taksidan
tashkari), shahar atrofidagi yo‗nalishlarda yo‗ lovchilarni tashiydigan umumiy
foydalanishdagi avtomobil transportlari (taksi, yo‗nalishli taksidan tashqari).
8 Yo‗l xo‗jaligi korxonalari va tashkilotlarining yo‗ llarni ta‘ mirlash va saqlash
ishlarida band bo‗lgan transport vositalari.
9 Davlat dasturlari bo‗ yicha O‗.R. Qurolli Kuchlari uchun kadrlar tayyorlashda
foydalaniladigan transport vositalari.
Egalik qilish huquqiga ko„ra asosiy vositalar xususiy va joriy ijaraga olingan
asosiy vositalarga bo‗linadi.
Xususiy asosiy vositalar – bu korxona balansiga kiritilgan o‗z asosiy vositalari va
uzoq muddatga ijaraga olingan (lizingga olingan) asosiy vositalar.
Joriy ijaraga olingan asosiy vositalar – bu o‗zga korxonalardan vaqtinchalik (bir
yilgacha) pul to‗lash sharti bilan ijaraga foydalanib turish uchun olingan asosiy vositalar.
Uzoq muddatga ijaraga olingan asosiy vositalar – bu bir yildan ko‗p muddatga
shartnoma asosida boshqa korxonalardan ijaraga olingan asosiy vositalar.