K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va


IY-bob. UZOQ MUDDATLI AKTI VLARNING HISOBI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

IY-bob. UZOQ MUDDATLI AKTI VLARNING HISOBI
 
4.1. Asosiy vositalarning hisobi 
 
4.1.1. Asosiy vositalarning mohiyati, tasnifi, baholanishi va ular hisobining 
vazifalari 
 
Asosiy vositalar - 
bu korxonalar tomonidan xo„jalik faoliyatini yuritishda uzoq 
muddat davomida mahsulotlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni 
kqrsatish, shuningdek ma‟muriy va ijtimoiy –madaniy funksiyalarni bajarish uchun
ishlatiladigan moddiy aktivlar (
BHMS № 5, 3a-band).
 
BHMS № 5 ga muvofik (6-band) moddiy aktivlarni asosiy vositalar sifatida tan 
olish uchun ular yuqoridagi ta‘rifda keltirilgan mezonlardan tashqari yana qo‗ yidagi 
shartlarga ham javob berishi lozim: 
Xizmat muddati davrida korxonaga daromad keltirish kafilligini mavjudligi. 
Qiymatini aniq belgilashni mumkinligi. 
Moddiy aktivlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritishda ularni foydali xizmat 
muddatini belgilash muhim rol o‗ ynaydi. 
Foydali xizmat muddati
- deganda asosiy vositaning korxona tomonidan 
belgilangan foydalanish muddati tushuniladi. Bu muddat yillarda yoki oylarda ifodalanib, 
uning foydaliligi ishlab chiqilgan mahsulot (bajarilgan ish, xizmat) hajmi bilan 
o‗lchanadi. Foydali xizmat muddati davomida asosiy vositalar o‗ zlarining qiymatini 
to‗liq qoplashlari va korxonaga qo‗shimcha daromad keltirishlari lozim. Foydali xizmat 
muddati, odatda, asosiy vositaning texnik hujjatlarida ko‗ rsatilgan bo‗ladi. Bunday 
hujjatlar mavjud bo‗lmaganda asosiy vositalarning foydali xizmat muddati qabul qilish 
komissiyasi tomonidan yoki korxona rahbari buyrug‗i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida 
aniq belgilanishi kerak. 
Asosiy vositalar korxonalarning moddiy texnika bazasini tashkil etuvchi mehnat 
qurollari va vositalarini o‗z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: 
1.Binolar
– sex, ombor, laboratoriya, idora, garaj, o‗t o‗chirish deposi va shu kabi 
mehnat sharoitini yaratib beruvchi, tovar-moddiy boyliklar butligini ta‘ minlovchi 
ob‘ektlar. Binolar tarkibiga ularni normal ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‗lgan 
barcha kommunikatsiyalar, ya‘ni isitish, ventilyatsiya, suv va gaz ta‘ minoti, lift, 
yong‗inga qarshi va signalizatsiya qurilmalari, telefon aloqasi simlari tizimlari ham 
kiritiladi. 
2.Inshoatlar 
– ochiq ayvonlar, devorlar, suv minoralari, temir yo‗l shahobchalari, 
nasos stansiyalar, kanallar, suv havzalari, asfaltlangan yo‗ llar va yo‗lkalar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin