56
7.Uskunalar
– presslovchi, qisuvchi va boshka texnologik funksiyalarni bajaruvchi
asbob- uskunalar.
8.Ishlab chiqarish va xo„jalik inventarlari
-
ish stollari, dastgohlar, baklar,
sandiqlar va boshqalar.
9.Ofis mebeli va jihozlari
– shkaflar, stol va stullar komplekti, doskalar, seyflar,
yozuv mashinkalari, faks, nusxa ko‗chirish apparatlari,
uyali aloqa vositalari va
boshqalar
10.Ishchi va nasldor hayvonlar
– otlar, tuyalar, ho‗ kizlar, sigirlar, bo‗qalar,
qo‗ ylar, echkilar, cho‗ chqalar va boshqa ishchi sifatida ishlatiladigan va nasl beradigan
hayvonlar.
11.Ko„p yillik o„simliklar
– bog‗lar, o‗rmonlar va boshqalar
12.Kutubxona fondi
– badiiy-adabiy, texnik ,
iqtisodiy va boshqa turdagi
adabiyotlar ( kitoblar).
13.Yerni va boshqa asosiy vositalarni obodonlashtirishga sarflangan
mablag„lar
– yer uchastkalarini kadastrini tuzish, shudgorlash,
yerni yuvish,
ko‗kalamzorlashtirish, reshyotkalar o‗rnatish, suv havza va omborlarini tozalash va
boshka ishlarga sarflangan kapital quyilmalar
14.Boshqalar
- yuqoridagi guruxlarga kirmay qolgan asosiy vositalar – muzey va
zoopark eksponatlari, lizingga olingan asosiy vositalarga qilingan kapital sarflar, turli
namunalar va boshqalar.
Qabul qilingan tartibga muvofiq ayrim mehnat qurollari va vositalari asosiy
vositalarga kiritilmaydi, jumladan :
Xizmat muddati 1 yildan kam bo‗lgan mehnat qurollari
va vositalari ularning
qiymatidan qat‘iy nazar;
Yosh mollar, asalari uyalari, tajribadagi mollar;
Mahsus kiyimlar, poyafzal, ko‗rpa– yostiqlar qiymatidan qat‘iy nazar
( mehmonxonalar bundan mustasno );
Munshiyxona buyumlari (kalkulyatorlar, stol usti priborlari va boshqalar)
Ko‗chatxonalarda ekish uchun o‗ stirilayotgan ko‗chatlar;
Baliq ovlash qurollari xizmat muddati va qiymatidan qat‘iy nazar.
Dostları ilə paylaş: