K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

3.Uzatish qurilmalari
– elektr liniyalar, gaz, suv, bug‗ o‗tqazuvchi quvurlar va 
boshqalar. 
4.Mashina va uskunalar
– issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi 
generatorlar, dvigatel va transformatorlar, stanoklar, issiqlik pechlari, tikuv, yig‗uv, 
dazmollash, saralash mashinalari, kranlar, kompressorlar, o‗lchov tarozilari. 
5.Hisoblash texnikasi
– kompyuterlar va ularga o‗rnatiladigan periferiya 
qurilmalari ( printer, skaner , modem va boshqalar ). 
6.Transport vositalari
– yuk va odam tashuvchi avtomashinalar, vagonlar
parovozlar, teplovozlar, paroxodlar, tramvaylar, trolleybuslar, avtobuslar, pritseplar, 
samolet va vertoletlar, shuningdek magistral truboprovodlar. 


56 
7.Uskunalar
– presslovchi, qisuvchi va boshka texnologik funksiyalarni bajaruvchi 
asbob- uskunalar. 
8.Ishlab chiqarish va xo„jalik inventarlari
- ish stollari, dastgohlar, baklar, 
sandiqlar va boshqalar. 
9.Ofis mebeli va jihozlari
– shkaflar, stol va stullar komplekti, doskalar, seyflar, 
yozuv mashinkalari, faks, nusxa ko‗chirish apparatlari, uyali aloqa vositalari va 
boshqalar 
10.Ishchi va nasldor hayvonlar
– otlar, tuyalar, ho‗ kizlar, sigirlar, bo‗qalar, 
qo‗ ylar, echkilar, cho‗ chqalar va boshqa ishchi sifatida ishlatiladigan va nasl beradigan
hayvonlar. 
11.Ko„p yillik o„simliklar
– bog‗lar, o‗rmonlar va boshqalar 
12.Kutubxona fondi
– badiiy-adabiy, texnik , iqtisodiy va boshqa turdagi 
adabiyotlar ( kitoblar). 
13.Yerni va boshqa asosiy vositalarni obodonlashtirishga sarflangan 
mablag„lar
– yer uchastkalarini kadastrini tuzish, shudgorlash, yerni yuvish
ko‗kalamzorlashtirish, reshyotkalar o‗rnatish, suv havza va omborlarini tozalash va 
boshka ishlarga sarflangan kapital quyilmalar 
14.Boshqalar
- yuqoridagi guruxlarga kirmay qolgan asosiy vositalar – muzey va 
zoopark eksponatlari, lizingga olingan asosiy vositalarga qilingan kapital sarflar, turli
namunalar va boshqalar. 
Qabul qilingan tartibga muvofiq ayrim mehnat qurollari va vositalari asosiy 
vositalarga kiritilmaydi, jumladan : 
Xizmat muddati 1 yildan kam bo‗lgan mehnat qurollari va vositalari ularning 
qiymatidan qat‘iy nazar; 
Yosh mollar, asalari uyalari, tajribadagi mollar; 
Mahsus kiyimlar, poyafzal, ko‗rpa– yostiqlar qiymatidan qat‘iy nazar
( mehmonxonalar bundan mustasno ); 
Munshiyxona buyumlari (kalkulyatorlar, stol usti priborlari va boshqalar) 
Ko‗chatxonalarda ekish uchun o‗ stirilayotgan ko‗chatlar; 
Baliq ovlash qurollari xizmat muddati va qiymatidan qat‘iy nazar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin