IY-bob. UZOQ MUDDATLI AKTI VLARNING HISOBI 4.1. Asosiy vositalarning hisobi 4.1.1. Asosiy vositalarning mohiyati, tasnifi, baholanishi va ular hisobining vazifalari Asosiy vositalar - bu korxonalar tomonidan xo„jalik faoliyatini yuritishda uzoq muddat davomida mahsulotlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni kqrsatish, shuningdek ma‟muriy va ijtimoiy –madaniy funksiyalarni bajarish uchun ishlatiladigan moddiy aktivlar ( BHMS № 5, 3a-band).
BHMS № 5 ga muvofik (6-band) moddiy aktivlarni asosiy vositalar sifatida tan
olish uchun ular yuqoridagi ta‘rifda keltirilgan mezonlardan tashqari yana qo‗ yidagi
shartlarga ham javob berishi lozim:
Xizmat muddati davrida korxonaga daromad keltirish kafilligini mavjudligi.
Qiymatini aniq belgilashni mumkinligi.
Moddiy aktivlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritishda ularni foydali xizmat
muddatini belgilash muhim rol o‗ ynaydi.
Foydali xizmat muddati - deganda asosiy vositaning korxona tomonidan
belgilangan foydalanish muddati tushuniladi. Bu muddat yillarda yoki oylarda ifodalanib,
uning foydaliligi ishlab chiqilgan mahsulot (bajarilgan ish, xizmat) hajmi bilan
o‗lchanadi. Foydali xizmat muddati davomida asosiy vositalar o‗ zlarining qiymatini
to‗liq qoplashlari va korxonaga qo‗shimcha daromad keltirishlari lozim. Foydali xizmat
muddati, odatda, asosiy vositaning texnik hujjatlarida ko‗ rsatilgan bo‗ladi. Bunday
hujjatlar mavjud bo‗lmaganda asosiy vositalarning foydali xizmat muddati qabul qilish
komissiyasi tomonidan yoki korxona rahbari buyrug‗i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida
aniq belgilanishi kerak.
Asosiy vositalar korxonalarning moddiy texnika bazasini tashkil etuvchi mehnat
qurollari va vositalarini o‗z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
1.Binolar – sex, ombor, laboratoriya, idora, garaj, o‗t o‗chirish deposi va shu kabi
mehnat sharoitini yaratib beruvchi, tovar-moddiy boyliklar butligini ta‘ minlovchi
ob‘ektlar. Binolar tarkibiga ularni normal ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‗lgan
barcha kommunikatsiyalar, ya‘ni isitish, ventilyatsiya, suv va gaz ta‘ minoti, lift,
yong‗inga qarshi va signalizatsiya qurilmalari, telefon aloqasi simlari tizimlari ham
kiritiladi.
2.Inshoatlar – ochiq ayvonlar, devorlar, suv minoralari, temir yo‗l shahobchalari,
nasos stansiyalar, kanallar, suv havzalari, asfaltlangan yo‗ llar va yo‗lkalar.