2.Jurnal-orderlar – bu ma‘ lumotlarni schetlarning krediti bo‗ yicha guruhlangan
holda qayd etishga mo‗ljallangan registrlar. Aynan jurnal-orderlar Bosh kitobning
kreditida jamlangan holda ko‗rsatilgan ma‘lumotlarni barcha korrespondensiyalanadigan
debet schetlar bo‗ yicha aks ettiradi, ya‘ni jurnal-orderlar Bosh kitobning to‗ldiruvchisi,
davomi hisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi schetlari bo‗ yicha
turli jurnal –orderlarni yuritish ko‗zda tutilgan, masalan 50 «Kassa» schyoti bo‗ yicha
№1, 51 «Hisob-kitob scheti» bo‗ yicha № 2, 60 «Ta‘ minotchilar va pudratchilar bilan
hisob-kitoblar» scheti bo‗ yicha № 6, shuningdek boshqa schetlar bo‗ yicha boshqa jurnal-
orderlar yuritiladi. Jurnal-orderlar buxgalteriya hisobini jurnal-order shaklining asosini
tashkil etadi.
3.Qaydnomalar –bu schetlarning debeti bo‗ yicha analitik hisobni olib borishga
mo‗ljallangan registrlar. Qaydnomalar ham turli schyotlar bo‗ yicha har xil shakl va
mazmunda yuritiladi.
4.Memorial-orderlar - bu ma‘lumotlarni bir vaqtning o‗zida schetlarning ham
debeti, ham krediti bo‗ yicha guruhlangan holda qayd etishga mo‗ ljallangan registrlar.
Ushbu registrlar buxgalteriya hisobini memorial-order shaklining asosini tashkil etadi.
8-chizma. Jurnal-order shaklda hisob ma‟lumotlarini jamlash tartibi Boshlang‗ ich
hujjatlar
Kassa
kitobi
Analitik
hisob
registrlari
Jurnal-orderlar
Moliyaviy
hisobot
shakllari
Bosh kitob