K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

Bosh buxgalter
Bosh buxgalter muovini
Bo„limlar
Ta‟mi-not 
jarayoni 
hisobi 
bo„limi 
Ishlab 
chiqa-
rish 
jarayoni 
hisobi 
bo„limi 
Sotish 
jarayoni 
hisobi 
bo„limi 
Hisob 
moliya 
bo„limi 
Ish xaqi va 
unga doir 
hisob-
kitoblar 
bo„limi
Yig„ma 
hisob 
bo„limi 
 
7-chizma.
Korxona buxgalteriyasining taxminiy tarkibiy tuzilishi 
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning to‗rtinchi shakli xususiy tadbirkorlarga 
taalluqli bo‗lib, ular qonun bo‗ yicha hisob-kitoblarini o‗zlari mustaqil olib boradilar. Bu 
turdagi xhjalik yurituvchilarda rahbar va bosh buxgalter sifatida hujjatlarga xususiy 
tadbirkorning o‗zi imzo chekadi. Hisob va hisobotning realligi uchun Qonun oldida 
yakka tadbirkorning o‗ zi javob beradi. 
3.3. Korxonada hisob ma‟lumotlarini yig„ish, qayd etish va jamlash 
 
Korxonada hisob ma‘lumotlarini yig‗ish, qayd etish va jamlash hisob siyosatida aks 
ettirilgan shakl va registrlar yordamida amalga oshiriladi. 
Hisob shakli – 
bu buxgalteriya hisobi ma‘lumotlarini qayd etish, guruhlash va
yig‗ishda qo‗llaniladigan registrlarning tizimli majmuasi. Buxgalteriya hisobi 
amaliyotida uning 
jurnal –order, memorial-order, kitob-jurnal , bosh jurnal, 
kompyuterlashtirilgan , ixchamlashtirilgan shakllari
mavjud va ular halq 
xo‗jaligining turli tarmoq va sohalarida qo‗llanilib kelinmoqda.
Hisob registrlari – 
bu buxgalteriya hisobi ma‘lumotlarini qayd etish, guruhlash va 
jamlashda ishlatiladigan axborot tashuvchilar. Amaliyotda buxgalteriya hisobi 
ma‘ lumotlarini qayd etish, guruhlash va jamlashda qo‗llanilayotgan axborot 
tashuvchilarni nomi, shakli, maqsadi, yuritilish tartibi va boshqa jihatlariga qarab
quyidagi turlarga ajratish mumkin: 
1.Kitoblar 
–bular xo‗ jalik operatsiyalarini qayd etish uchun mo‗ljallangan hisob 
varaqalarini o‗z ichiga olgan, muqovalangan va tikilgan hisob registrlari. Ularga misol 
etib Kassa kitobini, Bosh kitobni, ish haqi haqi kitobini, asosiy vositalar hisobi kitobini, 
kelib tushgan yuklarni qayd etish kitobini va boshqalarni keltirish mumkin. Ushbu hisob 
registrlarining afsalligi shundaki, ular u yoki bu ma‘lumotlarni bir necha hisobot davri 
uchun o‗zida mujassamlashtiradi, bu ma‘ lumotlarni yo‗qolib ketmasligiga, yaxshi 


50 
saqlanishiga imkon beradi. Shu bilan birga ular faqat qo‗lda yuritishga mo‗ljallangan, 
zamonaviy kompyuterlarning imkonlaridan bu kitoblarni aynan shu ko‗rinishida uchun 
foydalanib bo‗lmaydi.
Buxgalteriya hisobida qo‗llaniladigan kitoblar ichida muhim rolni Bosh kitob 
o‗ ynaydi. Ushbu kitob hisobot yilining boshida ochiladi, unda har bir schetga alohida 
varaq ajratiladi. Kitobga yozuvlar oyma-oy ularga ajratilgan qatorlarda ko‗rsatiladi. Bosh 
kitobda schetlarning debet tomoni yozuvlari barcha korrespondensiyalanadigan kredit 
schetlar bo‗ yicha aks ettiriladi, kredit tomoni yozuvlari jamlangan holda ko‗rsatiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin