K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

2- BO„LI M. 
KORXONALARDA BUXGALTERI YA HISOBI
 
I I I - bob. Korxonaning hisob siyosati 
 
3.1. Korxona hisob siyosatining mohiyati va asosiy parametrlari 
 
Bozor munosabatlari har bir xo‗jalik yurituvchi sub‘ektning buxgalteriya hisobini 
yuqori saviyada, ilmiy asoslangan holda, chunonchi barqaror, ma‘ lum tamoyillarga va 
talablarga tayangan holda yuritishni taqoza etmoqda. Bu talablarga javob berishning 
muhim sharti bo‗lib har bir korxonaning aniq hisob siyosatiga ega bo‗lishligi hisoblanadi. 
O‗zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa me‘ yoriy hujjatlari, jumladan, 
buxgalteriya hisobi to‗g‗risida Qonun, Soliq Kodeksi, buxgalteriya hisobining milliy 
standartlari (BXMS) va boshqa me‘ yoriy hujjatlari, har bir korxona tomonidan hisob 
siyosatini ishlab chiqishni, unga to‗liq amal qilishni taqoza etadi. 
Ushbu me‘eriy hujjatlarga, jumladan BXMS № 1 ―Hisob siyosati va moliyaviy 
hisobot‖ning 3-punktiga muvofiq,
 hisob siyosati 
deganda,
 
korxona rahbari tomonidan 
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish bo‘yicha qabul qilingan 
tamoyillar va tartiblar majmuasi
tushuniladi.
 
Hisob siyosati buxgalteriya hisobini yuritish bo‗ yicha korxonaning o‗ ziga xos rejasi 
hisoblanadi. Bu reja, odatda, rasmiy hujjat sifatida rasmiylashtiriladi. U korxonaning 
bosh hisobchisi tomonidan yilning oxirida kelgusi yil uchun ishlab chiqiladi va korxona 
rahbari tomonidan buyruq yoki farmoyish bilan tasdiqlanadi. 
Hisob siyosati BXMS №1 ning 56- punktiga muvofiq taqvim yili maboynida 
doimiy harakterga ega bo‗lishi lozim. Uni yil ichida sababsiz o‗zgartirish mumkin emas. 
BXMS № 1 ning 56- punktiga muvofiq tasdiqlangan va foydalaniyotgan hisob siyosati
yil ichida qo‗ yidagi hollarda o‗zgartirilishi mumkin: 
Korxonaning statusi va tarkibiy tuzilishi o‗zgartirilganda; 
Mulk egalari o‗zgarganda; 
Davlat qonunlari o‗zgarganda; 
Hisobning yangi shakllari va yuritish usullari joriy etilganda. 
Hisob siyosatiga kiritilgan o‗zgartirishlar asoslangan bo‗lishi, shuningdek korxona 
rahbarining buyrug‗i yoki farmoyishi bilan tasdiqlangan bo‗lishi lozim. 
BXMS № 1 ning 62-punktiga muvofiq hisob siyosati rasmiy hujjat sifatida moliviy 
hisobot bilan birgalikda majburiy tarzda qo‗ yidagi tashkilotlarga taqdim etiladi: 
Yuqori tashkilotga; 
Soliq idorasiga; 
Davlat statistika organlariga; 
Qonunda ko‗zda tutilgan boshqa organlarga. 
Talab va so‗rovlarga ko‗ra hisob siyosati prokuratura, sud va arbitrajga, 
investorlarga, aksionerlarga, kreditorlarga, auditorlik firmalariga va boshqa 
qiziquvchilarga ham taqdim etilishi mumkin. Korxonaning o‗z xodimlari uchun hisob 
siyosati ochiq bo‗ lishi lozim. 
Korxonaning hisob siyosatidan har bir qiziquvchi o‗z maqsadlarida foydalanadilar. 
Masalan, soliq idorasi uchun ushbu hujjat korxonada soliqlar hisob-kitoblarini 
to‗g‗riligini tekshirish, hisobni to‗g‗ri yuritilganligini nazorat qilish maqsadida zarur. 
Auditorlik firmalari hisob siyosatini o‗rganish asosida uni to‗g‗ri tuzilganligi to‗g‗ risida 
xulosa qiladilar, shuningdek unga qanchalik amal qilinayotganligiga baho beradilar. 


47 
Investorlar, aksionerlar, kreditorlar uchun hisob siyosati o‗ z mablag‗larini ushbu 
korxonaga qo‗ yish yoki qo‗ ymaslik bo‗ yicha qaror qabul qilishda asos bo‗lib 
hisoblanadi. 
Hisob siyosati rasmiy hujjat sifatida ma‘lum shakl va tarkibga ega bo‗lishi kerak. 
BXMS № 1 ning 96-punktiga muvofiq hisob siyosatida qo‗ yidagi tarkibiy elementlar o‗z 
aksini albatta topishi lozim: 
Korxona aktivlarini baholash turlari va usullari; 
Amortizatsiyani hisoblash usullari; 
Rezervlarni tashkil qilish; 
Tovar-moddiy boyliklarni baholash va hisobga olish usullari; 
Tadqiqot va rivojlanishga sarflangan harajatlarni tan olish va hisobga olish; 
Tannarxni kalkulyatsiya qilishning usullari; 
Moliyaviy hisobotni konsolidatsiya qilish tartibi; 
Pul oqimlari to‗g‗ risida hisobotni tuzish usullari; 
Buxgalteriya hisobining ishchi schetlar rejasi. 
Hisob siyosatida yuqorida keltirilgan ma‘lumotlar alohida boblar, paragraflar 
ko‗rinishida ifodalangan bo‗lishi lozim. Korxonaning moliyaviy hisobotini tuzishda 
muhim ahamiyat kasb etadigan boshqa hollar va tartiblar ham hisob siyosatida aks 
ettirilishi mumkin. 
Korxonada ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hisob siyosatiga to‗liq amal qilinishi 
lozim. Buning uchun korxonada tegishli shart-sharoitlar yaratilgan bo‗lishi kerak. 
Jumladan, xodimlar o‗rtasida bajariladigan ishlar aniq taqsimlangan bo‗lishi kerak. 
Bunday taqsimotni bosh hisobchi amalga oshiradi. U har bir hisobchiga yuritiladigan 
buxgalteriya hisobi schetlarini, hisob registrlarini ochish, yuritish, yopish tartiblari va 
muddatlarini belgilab beradi. 
Bosh hisobchi korxonaning buxgalteriyasi, uning bo‗ limlari to‗g‗ risida Nizomni 
ishlab chiqishi, uni rahbariyat tomonidan tasdiqlanishini ta‘ minlashi kerak. Nizomda har 
bir bo‗lim xodimining lavozimiga qarab bajaradigan ishlari va majburiyatlari aniq 
belgilangan bo‗lishi lozim. 
Hisob siyosatiga amal qilishning muhim shartlaridan biri bo‗lib korxonada hujjatlar 
aylanishining aniq grafigini ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi hisoblanadi. Bunday 
grafiklarni jadval yoki tarmoqli grafik ko‗rinishida ifodalash mumkin. 
Hisob siyosatiga amal qilishning yana bir muhim shartlaridan biri bo‗lib hisob 
xodimlari faoliyatiga baho berish yoki reyting tizimini mavjudligi hisoblanadi. Ishga 
baho berish yoki reyting tizimiga amal qilish hisobchilarni rag‗batlantirish (yutuqlar 
uchun), yoki ularga nisbatan jazo choralarini ko‗rish (xato-kamchiliklar uchun) orqali 
amalga oshirilishi lozim. Hisobchilar ishiga baho berish reyting tizimini mavjudligi va 
uni doimiy tarzda hisobchilar o‗rtasida e‘lon qilib borish buxgalteriya ishini doimiy 
yaxshilanib borishiga katta ta‘sir ko‗rsatish vositasi hisoblanadi. 
Hisob siyosatiga amal qilishning muhim shartlariga yana doimiy harakatdagi ilmiy–
amaliy seminarlarni uyushtirishni, hisobchilarning malakasini doimiy tarzda oshirib 
borishni va boshqalarni kiritish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin