Titul qismi – unda
hisobotning nomi, korxonaning nomi, adresi, bank
rekvizitlari, turli belgilari bo‗ yicha berilgan statistik kodlari ko‗rsatiladi.
Asosiy qism – unda hisoboti berilayotgan hisob ob‘ektiga doir yig‗ ma ma‘lumotlar
ko‗rsatiladi.
Rasmiylashtirish qismi - unda korxona rahbari va bosh hisobchisining familiyasi,
ismi-sharifi, hisobot tuzilgan sana ko‗rsatiladi. Shuningdek ushbu qismga ma‘lumotlarni
to‗g‗riligi hamda rahbar va bosh hisobchining imzolarini tasdiqlashga guvohlik beruvchi
korxona muhri qo‗ yiladi.
Moliyaviy hisobotning realligiga korxona rahbari javob beradi.
Moliyaviy hisobotni tuzishda hisobot sanasi bo‗lib hisobot davrining eng oxirgi
kalendar kuni hisoblanadi.
Hisobot davri bo‗lib quyidagilar hisoblanadi:
Hisobot yilida to‗liq yangi tashkiliy o‗zgarishlarsiz ishlagan korxonalar uchun –
hisobot yilning 1 yanvaridan shu yilning 31 dekabr kunining oxirigacha olingan davr . Hisobot yilida tuzilgan korxonalar uchun
– tashkil topgan kunidan hisobot yilning 31 dekabr kunining oxirigacha bo„lgan davr, 1 oktyabrdan keyin tashkil topgan
korxonalar uchun –
tashkil topgan kundan boshlab keyingi yilning 31 dekabr kunining oxirigacha bo„lgan davr. Hisobot yilida o‗z faoliyatini tugatgan korxonalar uchun –
hisobot yilning boshidan tugatilgan kungacha bo„lgan davr. Moliyaviy hisobotda ma‘lumotlar ming sum hisobida yaxlitlangan holda
ko‗rsatiladi. Unda tasdiqlangan Qoidalarga muvofiq ma‘lumotlarni o‗chirish, buzib
to‗g‗rilash hollari bo‗lmasligi shart.
Moliyaviy hisobot quyidagi instansiyalarga majburiy holda topshiriladi:
Soliq idorasiga;
Bankga;
Statistika organiga.
Yuqori tashkiloti bo‗lgan korxonalar moliyaviy hisobotini unga topshirishlari lozim.
Moliyaviy hisobotlar tasdiqlangan Nizomga muvofiq yuqorida nomlari zikr etilgan
organlarga quyidagi muddatlarda topshirilishi lozim:
Choraklik hisobotlar –
chorakdan keyingi oyning 25 sanasigacha bo„lgan muddatda; Yillik hisobotlar –
keyingi yilning 15 fevraligacha bo„lgan muddatda, qo‗shma
korxonalar esa –
keyingi yilning 15 martigacha bo„lgan muddatda .
Vazirliklar –
keyingi yilning 1 apreligacha bo„ lgan muddatda . Moliyaviy hisobotning alohida shakllarini tuzish tartibi va ulardan foydalanish
to‗g‗risida darslikning keyingi alohida bobida to‗xtalib o‗tamiz.