Xo„jalik usulidagi kapital investitsiyalar korxonaning o‗ z kuchi bilan amalga
oshirilgan yangi qurilish, kengaytirish, rekonstruksiya yoki modernizatsiya ishlarining
qiymatidan tashkil topadi. Bu usulda barcha ishlar korxonaning maxsus balansga
ajratilmagan qurilish guruhi yoki bo‗ limi tomonidan tasdiqlangan loyiha va harajat
smetalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bajarilgan ish xuddi pudrat usulidagidek
bosqichma-bosqich yoki to‗lig‗icha komissiya tomonidan qabul qilinadi va tegishli
dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Pudrat yoki xo‗jalik usulida amalga oshirilgan kapital investitsiyalarning hisobi
schyotlar rejasida ko‗ zda tutilgan № 0800 «Kapital qo‗ yilmalar hisobi schyotlari»
yordamida hisobga olinadi. 21-son BHMSda asosiy vositalarga doir kapital
investitsiyalarni hisobga olish uchun qo‗ yidagi schyotlar ko‗zda tutilgan:
0810 «Tugallanmagan qurilish»
0820 «Asosiy vositalarni sotib olish»
0840 «Asosiy podani shakllantirish»
0890 «Boshqa kapital qo‗ yilmalar»
0810 «Tugallanmagan qurilish» schyoti pudrat va xo‗jalik usullarida olib borilgan
yangi qurilishga sarflangan kapital investitsiyalarning hisobi uchun mo‗ljallangan. Uning
debetida sarflangan kapital qo‗ yilmalar to‗g‗risida ma‘ lumotlar jamlanadi, kreditida esa
kapital investitsiya summasini asosiy vositalarning boshlang‗ich qiymatiga kiritilishi aks
ettiriladi. Schyotning qoldig‗i faqat debet tomonida bo‗lib, u tugallanmagan qurilishga
to‗g‗ri keladigan kapital qo‗ yilmalar summasini ko‗rsatadi.
0820 «Asosiy vositalarni sotib olish» schyoti korxonaning yangi asosiy vositalarni
sotib olishga yo‗naltirgan kapital investitsiyalarini hisobga olishga mo‗ljallangan. Ushbu
schyotning debetida ta‘ minotchidan qabul qilingan asosiy vositaning qiymati, shuningdek
uni tashib keltirish, o‗rnatish, montaj qilish va boshqa harajatlari aks ettiriladi, kreditida
esa schyotning debetida to‗plangan summani asosiy vositalarning boshlang‗ich qiymatiga
kiritilishi ko‗rsatiladi. Debet va kredit oborotlari summalari teng bo‗lganligi uchun bu
schyot saldoga ega bo‗lmaydi.