Debet 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schetlari»
Kredit 8510 « Mulkni qayta baholash bo‗ yicha tuzatishlar»
Qayta baholashda mos ravishda asosiy vositaning jamlangan eskirish summasi ham
yuqorida keltirilgan ikki usulning biri bo‗ yicha qayta hisoblanadi. Eskirish summasi
oshirilganda unga qo‗ yidagi yozuv qilinadi:
Debet 8510 «Aktivlarni qayta baholash bo‗ yicha tuzatishlar»
Kredit 0211-0290 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schetlari»
Asosiy vositalarning boshlang‗ich qiymati qayta baholashda pasaytirilganda yangi
va eski qiymatlar o‗rtasidagi salbiy farq summasi ikki usulda hisobdan chiqariladi.
1-usul . Korxonada oldindan asosiy vositalarni qayta baholash natijasida rezerv
kapitali shakllantirilgan bo‗lsa, u holda pasaytirilgan qiymat shu rezerv kapitali evaziga
hisobdan chiqariladi. Bunda, mos ravishda, qo‗ yidagi yozuvlar kilinadi:
a) boshlang‗ich qiymatlar o‗rtasidagi salbiy farqga:
Debet 8510 «Aktivlarni qayta baholash bo‗ yicha tuzatishlar»
Kredit 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schetlari»
b) eskirish summalari o‗rtasidagi salbiy farqga:
Debet 0211-0290 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schetlari»
Kredit 8510 «Aktivlarni qayta baholash bo‗ yicha tuzatishlar»
2-usul . Rezerv kapitali mavjud bo‗lmagan holda qo‗llaniladi. Bu holda qayta
baholash natijasida asosiy vositalarning qiymatlari o‗rtasidagi salbiy farq summasi
korxona harajatiga olib boriladi va hisobda qo‗ yidagicha aks ettiriladi:
a) boshlang‗ich qiymatlar o‗rtasidagi salbiy farqga:
Debet 9430 «Boshqa operatsion harajatlar»
Kredit 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schetlari»
b) eskirish summalari o‗rtasidagi salbiy farqga (storno yozuvi )
Debet 9430 «Boshqa operatsion harajatlar»