48
Korxona rahbari, jumladan, qo‗ yidagilarni ta‘ minlashi lozim:
Hisob va hisobotning ichki tizimini ishlab chiqish;
Xo‗jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini belgilash;
Buxgalteriya hisobini to‗liq va aniq bo‗lishligi;
Hisob hujjatlarini butligi;
Moliyaviy hisobotni tashqi foydalanuvchilar uchun tayerlash;
Hisob-kitoblarni o‗z vaqtida amalga oshishi va taqdim etilishi;
Imzo chekish huquqiga ega shaxslarni belgilash;
Korxona aktivlarini inventarizatsiya qilish muddatlarini va komissiyalarini
belgilash, ularni o‗ z vaqtida amalga oshishini nazorat qilish.
Qonunning 7-moddasiga muvofiq korxonada buxgalteriya hisobini tashkil qilish
qo‗ yidagi to‗rtta shakllardan birida amalga oshishi mumkin.
1.
Bosh buxgalter rahbarligidagi maxsus buxgalteriyani tashkil etish.
2.
Shartnoma asosida jalb etilgan buxgalterni xizmatidan foydalanish.
3.
Shartnoma asosida buxgalteriya hisobini yuritish vakolatini maxsus buxgalterlik
(auditorlik) firmasiga yoki o„z birlashmasining markaziy buxgalteriyasiga berish.
4.
Buxgalteriya hisobini rahbarning o„zi tomonidan mustaqil olib borish.
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning birinchi shakli xodimlar soni ko‗p bo‗lgan,
ish hajmi katta bo‗lgan korxonalarda (zavod, fabrika, kompaniya, shirkat xo‗jaligi, jamoa
xo‗jaligi va boshqalar) qo‗llaniladi. Bu shaklda buxgalteriya hisobini korxonaning
maxsus bo‗linmasi, ya‘ ni buxgalteriya olib boradi.
Dostları ilə paylaş: