K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

Buxgalteriya
– bu korxonaning hisob-kitoblarni yurituvchi bo‗limi. 
Buxgalteriya o‗z ishini, odatda, rahbariyat tomonidan tasdiqlangan ―Korxona 
buxgalteriyasi to‗g‗ risida Nizom‖ga muvofiq yuritadi. Ushbu nizomda buxgalteriyaning 
maqsadi, vazifalari, tarkibiy tuzilishi, har bir tuzilmaning va uning lavozimli 
xodimlarining huquq va funksional majburiyatlari, javobgarliklari ko‗rsatiladi. 
Buxgalteriya ishiga rahbarlikni bosh buxgalter olib boradi. 
Bosh buxgalter
– korxona rahbari tomonidan hisob xizmatiga rahbarlikga 
tayinlangan shaxs. 
Bosh buxgalterning huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi Nizomda alohida aks 
ettiriladi. Bosh buxgalter korxona rahbaridan keyin hujjatlarga imzo chekish huquqiga 
ega bo‗lgan ikkinchi shaxs hisoblanadi. U rahbar bilan birga davlat qonunlari oldida 
javob beradi, xato va kamchiliklar uchun ma‘muriy, moliyaviy va jinoiy javobgarlikga 
tortiladi. Buxgalteriyaning tarkibiy tuzilishi, buxgalteriya xodimlarining iyerarxik 
bo‗ ysinishi 7-chizmada keltirilgan tartibda amalga oshiriladi. 
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning ikkinchi shakli kichik biznes korxonalariga 
(firmalar, xususiy korxonalar va boshqalar) taalluqli. Bu turdagi korxonalarda xodimlar 
soni kam, ish hajmi katta bo‗lmaganligi uchun maxsus buxgalteriya tashkil etilmaydi
lekinda buxgalteriya hisobini yuritish uchun aloxida shaxs (buxgalter) bilan mehnat 
shartnomasi tuziladi. Ushbu shartnomaga muvofiq buxgalter ishga asosiy xodim sifatida 
yoki o‗rindosh sifatida buyruk asosida qabul qilinishi mumkin. Ushbu shaklda 
buxgalteriya hisobini yuritish yuklatilgan buxgalter bosh buxgalterning huquqlari, 
majburiyatlari va javobgarliklariga ega bo‗ ladi. 
Buxgalteriya hisobini tashkil kilishning uchinchi shakli kichik va o‗rta biznes 
korxonalariga taalluqli bo‗lib, ular o‗ zlarida hisob xizmati bo‗limini tuzmaydilar, 
buxgalteriya hisobini yuritish vakolati shartnoma asosida maxsus ixtisoslashgan 
buxgalterlik (auditorlik) firmalariga yoki korxonaning birlashmasi qoshidagi markaziy 
buxgalteriyasiga berilgan bo‗ladi. Ushbu shaklda buxgalteriya hisobi ma‘lumotlaring 


49 
realligiga shartnoma asosida har ikkala tomon belgilab qo‗ yilgan tartiblarga asosan javob 
beradilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin